Elektr taxometrlar mexanizm va mashinalar vallarining aylanish chastotasini masofadan turib o‘lchash imkonini beradi. Taxometrlarda datchik sifatida o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok generatorlaridan foydalaniladi, ko‘rsatuvchi asboblar sifatida esa shkalasi tegishlicha graduslarga ajratilgan strelkali elektr o’lchash asboblaridan foydalaniladi. Taxometrlar val mexanizmlari bilan bikr ulanadi yoki turli xil tuzilishdagi ulash muftalari orqali ulanadi. Yo‘l qo‘yiladigan xato o‘lchamining yuqori chegarasidan 1,5% bo‘ladi. Taxometr atrofidagi havoning harorati 10÷60 °C bo‘lganda va nisbiy namlik 80% gacha bo‘lganda ishlashga mo‘ljallangan. Texnologik mashinalarning aylanish (burchak) tezliklarini o‘lchash uchun kichik quvvatli o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan
tok mashinalari — taxogeneratorlardan foydalaniladi (7.6-rasm).
7.6 – расм. Тахогенераторлар
а,б – ўзгармас ток тахогенератори
ва унинг характеристикаси; в,г -
ўзгарув чан ток тахогенератори ва
унинг стакансимон ротори; 1 ва 2 –
статор чулғамлари
Taxogeneratorning vali texnologik mashinalar valiga mexanik bog‘langan
bo‘lib, undan chiqadigan signal — elektr yurituvchi (EYUK) texnologik mashina va mexanizmlarning aylanish tezligi p ga mutanosib bo‘ladi.
O‘zgarmas tok taxogeneratorining sxemasi 7.6-rasm, a da ko‘rsatilgan. Undan olinadigan elektr yurituvchi kuch (EYUK):
Kollektor bilan cho‘tka orasidagi qarshilikning o‘zgaruvchanligi
taxogeneratordan chiquvchi signal e ning qiymatiga ta’sir qiladi. Ish vaqtida
taxogeneratordan chiqadigan ovozning yuqoriligi, gabarit o‘lchamlari va massasining katta bo‘lishi taxogeneratorning asosiy kamchiliklari hisoblanadi.
Bunday kamchiliklardan bir muncha holi bo‘lganligi uchun hozirgi paytda
o‘zgaruvchan (asinxron, sinxron) tok taxogeneratorlari keng qo‘llanilmoqda.
7.6-rasm, v da asinxron taxogeneratorning tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan.
Asinxron taxogenerator statorida o‘zaro 900 ga burilgan ikki chulg‘am o‘rnatilgan.
Birinchi chulg‘am I o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanadi. Ikkinchi chulg‘amdan
olinadigan EYUK esa tezlikni o‘lchash uchun xizmat qiladi. Taxogeneratorning
rotori 1 jez yoki alyuminiydan stakansimon kilib yasalgan bo‘lib, uning vali 2
stakanning tub tomonida bo‘ladi (7.6-rasm, g).
Statorning manbaga ulangan chulg‘amida hosil bo‘ladigan pulsasiyalanuvchi
oqim F1 rotor devorlarida induksiyalanadigan o‘zaro 90° burchakka burilgan ikki xil tok va ular tufayli vujudga keladigan Fd va Fq oqimlarni hosil qiladi.
Taxogeneratorning ikkinchi chulg‘amida induksiyalanadigan EYUK qiymati
rotorning aylanish tezligi p ga mutanosib (Fq = const) bo‘lgani uchun
bo‘ladi. Bunday EYUK ni ko‘rsatuvchi millivoltmetr shkalasidan texnologik
mashinaning aylanish chastotasi (tezligi) p aniqlanadi. Elektron taxometrlarning ishlash prinsipi berilgan barqaror vaqt oralig‘ida birlamchi o‘zgartkichdan chiqadigan impulslar sonini elektron qurilma yordamida sanashga asoslangan. Birlamchi o‘zgartkich o‘zgaruvchan tokni kuchaytiruvchisi
bo‘lgan magnitoelektrik o‘zgartkichdan iborat. Nazorat qilinayotgan ob’ektning
valida mahkamlangan ferromagnit materialdan yasalgan tishli disk aylanganda,
birlamchi o‘zgartkichning chulg‘amida o‘zgaruvchan kuchlanishli impulslar paydo
bo‘lib, ular kuchaya boradi va taxometrning elektron blokiga keladi. Impulslarning
chastotasi tishli diskning aylanish chastotasiga mutanosib, demak, nazorat
qilinayottan ob’ektning aylanish chatotasiga ham mutanosib bo‘ladi. Elektron blokiga
kelayotgan impulslarning o‘zgarishi o‘lchangan aylanish chastasining zarur tarzda
axborot berishini ta’minlashga imkon beradi, shuningdek, berilgan aylanishlar soniga etganda elektr signali agregati tomonidan boshqarish tizimiga signal berishga va chiqarishga imkon beradi. Aylanish tezliklarini o‘lchash oraliqlari 2—4000 ayl/min. Asosiy o‘lchashning yo‘l qo‘yiladigan xatolik chegarasi ko‘pi bilan 0,5%. Taxometr atrof havosining harorati 10÷50°C bo‘lganda va nisbiy namlik 80% gacha bo‘lganda ishlash uchun mo‘ljallangan.
7-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI
1. Mexanik parametrlarni o‘lchashda nimani tushunasiz?
2. Siljishni o‘lchash usullarini izohlab bering.
3. Tenzometrik o‘lchagichlarning ishlash prinsipini tushuntiring.
4. Taxometrlarning qanday turlarini bilasiz va ularning ishlash prinsipini
izohlab bering.
5. Profilometr qanday asbob va uning ishlash prinsipini tushuntiring
6. Profilometr va profilograf orasida qanday farq bor.
7. Velosimetr va akselometr asboblarning ishlash prinsipini tushuntiring.
8. Mikrometr qanday asbob va u kayorlarda qo‘llaniladi?
9. Tezlikni o‘lchashda qanday asboblardan foydalaniladi
10. Taxogeneratorlarning necha turi mavjud, ularning ishlash prinsiplari birbiridan nimasi bilan farq qiladi?
11. Tenzoo‘lchagichlar qanday afzalliklarga ega?