Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari


TermoEYUKning me’yorlovchi o‘zgartkichi



Download 6,28 Mb.
bet34/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

TermoEYUKning me’yorlovchi o‘zgartkichi.

Termoelektrik o‘zgartkichlardan olingan axborotni EHMga yoki avtomatik
rostlash tizimiga kiritish uchun me’yorlovchi o‘zgartkich keng qo‘llanadi. U
termoelektr o‘zgartkichlarning signallarini 0—5 mA o‘zgarmas tokdagi bir
xillashtirilgan signalga almashtirish uchun mo‘ljallangan.
Me’yorlovchi o‘zgartkichning ishlashi ish toki o‘zgaruvchi kuchga ega
bo‘lgan potensiometrning sxemasidan foydalangan holda termo EYuK ning
kompensasiyalovchi o‘lchash usuliga asoslangan.

2.12 – rasm. Termoelektr termometr (termojuft) bilan ishlaydigan
me’yorlovchi o‘zgartkichning sxemasi.

O‘zgartkichning sxemasi 2.12-rasmda keltirilgan. Bu erda, I — o‘lchash
konturi; II — kompensasiya konturi. I konturda tuzatuvchi ko‘prik TK, chiqish toki
Ic
hiq bo‘lgan kuchaytirgich K1 va rezistor Rt bor. I konturga G‘ va D uzayturuvchi o‘tkazgichlar yordamida termojuft AV ulangan. Tuzatuvchi (korrektorlovchi) ko‘prik termojuftning bo‘sh uchi haroratining o‘zgarishiga avtomatik tuzatma kiritish uchun, shuningdek, o‘lchashning kuyi chegarasi 0°S ga teng bo‘lmagan o‘zgartkichlarda boshlang‘ich termo EYuK ni kompensasiyalash uchun mo‘ljallangan. Ko‘prik manbaining ab diagonaliga o‘zgarmas tokning barqarorlashtirilgan kuchlanishi ulangan. R1,R2 va R3 rezistorlar
— manganindan, Rm rezistor esa misdan yasalgan. K1 kuchaytirgich ikkita kaskaddan iborat: ikki taktli ikki yarim davrli sxema bo‘yicha bajarilgan magnit MK va o‘zgarmas tokning kuchayishi rejimida ishlovchi yarim o‘tkazgichli kuchaytirgich K. Kuchaytirgich K1 - nol—indikator vazifasini bajaradi.
II kompemsasiya konturiga Rkk rezistor va teskari bog‘lanish (aloqa)
kuchaytirgichi K2 kiradi. Bu kuchaytirgich K1 kuchaytirgichga o‘xshaydi, lekin
kuchaytirgichning chiqish toki bo‘yicha chuqur manfiy bog‘lanish bilan ulangan. K2 kuchaytirgichning Imb, chiqish toki II konturning ishchi toki hisoblanadi va bu tok Rkk qarshilik bo‘ylab o‘tganda unda II kontur tomonidan Ukk =Imb·Rkk
kompensasiyalovchi kuchlanish vujudga keltiriladi. I kontur tomonidan Rab rezistorga tuzatuvchi ko‘prik TK ning sd o’lchash diagonalida vujudga keluvchi Ucd(1 kuchlanish bilan ko‘shilgan EAB(t,t0) termoelektr o‘zgartkich signali keltiriladi. Bu kuchlanish, yuqorida aytilganidek, termoo‘zgartkichning bo‘sh uchlaridagi haroratning tuzatmasiga teng, ya’ni Ucd=EAB(t’0,to).
SHunday qilib, bu EAB(t,t0)= EAB(t,t’0)+Ucd ga teng yakka signal Ukk kuchlanish
bilan taqqoslanadi. ∆U=EAB(t,t0)-Ukk ga teng nobalanslik K1 kuchaytirgichga beriladi, u erda o‘zgarmas tokning ∆U signali avval magnit kuchaytirgich MK da o‘zgaruvchi tok signaliga aylantiriladi, so‘ngra kuchaytiriladi va yana o‘zgarmas tok signaliga aylantiriladi, u o‘zgarmas tokning yarim o‘tkazgichli kuchaytirgichi YAK da ko‘shimcha ravishda kuchaytiriladi. K1 kuchaytirgichning chiqish signali Ichiq tokini vujudga keltiradi, u RTN tashqi zanjirga keladi va keyin kuchaytirgich orqali teskari aloqa kuchaytirgichi K2 ga keladi. K2 ku chaytirgichning It6 chiqish toki o‘zgaradi va Rkk rezistorda Ukk, kuchlanish pasayishini (tu shishini) ∆U nobalans kompensasiyalashning statik xatosi deb ataluvchi biror kichik δU kattalikkacha o‘zgartiradi.
Kompensasiyalashning statik xatosining mavjud bo‘lishi I o‘lchash konturida kompensasiyalanmagan tok o‘tishga olib keladi. Bunda o‘lchanuvchi termoEYuK
qanchalik katta bo‘lsa, bu tok shunchalik katta bo‘ladi.
Statik avtokompensasion sxema bo‘yicha bajarilgan qurilmalarda bunday
xatolikni yo‘qotib bo‘lmaydi, chunki o‘zgartkichning Ichiq chiqish toki va
kompensasiya konturining Itb toki bu xatolikning mavjudligi bilan aniqlanadi va unga mutanosibdir. Shu bilan birga avtokompensasion sxemaning statik xatosi, agar kuchaytirish koeffisienti katta bo‘lgan kuchaytirgich foydalanilsa, ancha
kamaytirilishi mumkin. Endi o‘lchanayotgan termo EYuK EAV(t,t0) bilan o‘zgartkichning chiqish toki Ic hiq orasidagi matematik bog‘lanishni qarab chikamiz.
Yuqorida aytilganlarga muvofiq
∆U=EAB(t,t0)-Ukk (2.43)
K1 va K2 kuchaytirgichlarning chiqishida quyidagi signallar shakllanadi:

кир
k
U
K
1

k
K I
1

I

(2.44)

чик
k
IТб
K2 I

(2.45)







кир
чик R
bu erda, Kk1 va Kk2 — kuchaytirgich K1 va K2 larning kuchaytirish
koeffisientlari; Ikir = ∆U/Rkr kuchaytirgichning kirish zanjirida ∆U signal vujudga
keltiradigan tok; Rkir — K1 kuchaytirgich kirish zanjirining qarshiligi. Rkk rezistorda
kuchlanishning tushishini topamiz:
чик kk
к
Ukk
IТб Rкк К2 I R (2.46)
(2.43), (2.44) va (2.46) ifodalar orqali ushbuni topamiz:
Ichiq=K·EAB(t,t0) (2.47)
bunda me’yorlovchi
kk
k k
кир
R K K R
K


/ 1 2
1
o‘zgartkichning o‘zgartirish koeffisienti


K1k да K 1/(K2k Rkk )
Shunday qilib, me’yorlovchi o‘zgartkichning chiqish toki termoelektr
o‘zgartkich (TEO‘) ning signaliga mutanosib bo‘ladi. Kirish signalining qiymatiga qarab, termoelektr o‘zgartkichlar bilan ishlovchi me’yorlovchi o‘zgartkichlar 0,6...1,5 aniqlik sinflariga ega.


Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish