Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari



Download 6,28 Mb.
bet14/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

Ish o’lchash asboblari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida amaliy
o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan. Ular anikligi orttirilgan o’lchash asboblariga va
texnik o’lchash asboblariga bo‘linadi. Namuna o’lchash asboblari ish o’lchash asboblarini tekshirish va ularni o‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi.
Etalon asboblari fizik kattalik biriklarini qayta tiklash va saqlash, ularning o‘lchamlarini namuna o’lchash asboblari orqali xalq xo‘jaligida qo‘llanadigan ish
o’lchash vositalariga o‘tkazishga xizmat qiladi. Fizik kattaliklarning birliklari
o‘lchami shu usul bilan etalonlardan namuna o’lchash asboblari yordamida boshqa
o’lchash asboblariga o‘tkaziladi. O‘lchash vositalarining ko‘rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning ko‘rsatishlariga tuzatish kiritish maqsadida o’lchash vositalari ko‘rsatishlarini namuna o’lchash asboblarining ko‘rsatishlariga taqqoslash deb ataladi. Shkala asbobni tekshirish bo‘linmalariga qabul qilingan o’lchash birliklarida ifodalangan qiymatlar berish operasiyasi darajalash deb ataladi. O‘lchash vositalari yordamida o‘lchanayotgan fizik kattaliklar o‘lchash
axboroti signali foydalaniladigan biror chiqish kattaligiga o‘zgartiriladi.
Fizik kattalikni o‘lchashda o’lchash qurilmasi (asbobi) fizik kattalikni
ko‘rsatkichning mutanosib siljitadi:

f (B) (1.4)

bu yerda, φ — asbob ko‘rsatkichining burchakli yoki chiziqli siljishi, V — o‘lchanayotgan fizik kattalik.
(1.4) bog‘lanish asbob shkalasining tenglamasi yoki xarakteristikasi deyiladi.
Har qanday o’lchash asbobining ishi oqibat natijada o‘lchanadigan kattalikni
ko‘rsatkichning siljishiga moslab o‘zgaririshga keltiriladi. Shu sababli o‘lchash
asbobini sxematik ravishda, o‘lchanayotgan fizik kattalik V ni ko‘rsatkichning
mexanik siljish miqdori φ ga o‘zgartiradigan o‘zgartkich deb qarash mumkin.
Oraliq o‘zgartishlar soniga qarab asbobni bo‘g‘inlarga bo‘lish mumkin, bu
bo‘g‘inlarning har biri asbob ichida V miqdorni ma’lum tarzda o‘zgartiradi. Ana shu bo‘g‘inlar majmuasi o‘lchanayotgan kattalikning talab etilgan o‘zgarishini
ko‘rsatkichning siljishi φ ga o‘zgartiradi.

Istalgan o’lchash asbobining struktura sxemasi, uning ishlash, prinsipidan qat’i nazar, ketma-ket ulangan o‘lchash bo‘g‘inlari O‘B1, O‘B2, O‘B3,.....,O‘Bn, (1.2-rasm) qatoridan tuzilgan zanjir kabi tasvirlanishi mumkin. Birinchi bo‘g‘in O‘B1uchun kirish qiymati bo‘lib V kattalik xizmat kiladi. Har bir bo‘g‘inning chikish qiymati keyingi bo‘g‘in uchun kirish qiymati bo‘lib xizmat qiladi. Oxirgi O‘Bn bo‘g‘inning chikish qiymati ko‘rsatkichning Vn= φ siljishini anglatadi.
Umumiy holda o’lchash vositalarining struktura sxemasini qurish prinsipiga
qarab ikki guruhga bo‘lish mumkin: to‘g‘ri o‘zgartiradigan o‘lchash sxemasi va
signali moslashtiriladigan o‘lchash sxemalari. To‘g‘ri o‘zgartirish prinsipi bo‘yicha qurilma o’lchash vositalarida o‘lchanayotgan kattalik dastlabki o‘zgartkichga yoki uning o‘lchash zanjiri qismidan iborat bo‘lgan sezgir elementga keladi. O‘lchash zanjirida, odatda, o‘lchanayotgan kattalikni axborotning biror eltuvchisi (elektr toki kuchi yoki kuchlanishi. siqilgan havo bosimi va boshqalar) signaliga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha amalga oshiriladi. So‘ngra mazkur signal kuchaytiriladi va sanash qurilmasiga uzatiladi. Eng sodda variantda shu sxemadan faqat sezgir element va sanash qurilmasi qolishi mumkin. To‘g‘ri o‘zgartkich sxemalari sodda, ishonchli, etarli tezkorlikka ega hamda uncha qimmatga tushmaydi. Ammo ulardan, amalda, kichik signallarini o‘lchashda foydalanib bo‘lmaydi. Defferensial o‘zgartkichlar va ular bilan o‘lchash sxemalari signali to‘g‘ri o‘zgartkich sxemalari turlaridan biridir.

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish