Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni millatlararo hamjihatlikka chorlash,
Dars turi: Yangi tushuncha bilimlarning shakillantirish.
Dars metodi: Guruhlarda ishlash sinqveyn
Dars jihozi: Darslik proiksion qo’llanma va mavzuga oid slaytlar
Yangi mavzuning bayoni
O'zbekistonimiz ko'p millatli davlat. Yurtimizda o'zbeklar bilan birga bir yuz o’ttizdan ziyod millat va elat vakillari ahil va inoq yashaydi.
Millatlararo hamjihatlik — umumbashariy qadriyat. U bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo lida mehnat qila- yotgan turli millat va elat vakillarining ahilligini mustah- kamlaydi, tinchlik va barqarorlikning, taraqqiyotning muhim omili bo'lib xizmat qiladi.
Bu dunyodagi har bir millat — Yaratganning buyuk mo'jizasi. Chunki har bir millat jami odamzotga xos o'ta noyob fazilatlarni o'z tili, an'ana va qadriyatlari, betakror turmush tarzi orqali go'zal bir shaklda namoyon etadi. Bir millat vakili boshqa millatning hayoti, turmush tarzi bilan tanishar ekan, o'zi uchun yangi bilim va xulosalar oladi, tajriba orttiradi.
Millat va elatlarning ko'pligi va xilma-xilligi insonga o'zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyat- larning inson hayotidagi o'rni va ahamiyatini tushunib yetish imkonini beradi.
Ma'lumki, barcha insonlarning qadimiy ildizlari umumiy va mushtarak. Jahondagi turli millatlarning tili, turmush tarzi va urf-odatlari bir-birinikidan farq qilsa-da, ularning orzu-inti- lishlari, moddiy va ma'naviy ehtiyojlari, hayot falsafasi bir-biriga yaqin. Barcha millat vakillari ozod va erkin yashashni, oila qurib, farzand o'stirib, o'zidan munosib zurriyod qoldirishni, kuy- qo'shiqlar kuylab, hayotdan zavqlanishni, baxtli bo'lislini is- taydi. Shu bilan birga ezgulikni qadrlab, yovuzlikni qoralaydi.
Bizning milliy g'oyamiz xalqimizning orzu-intilishlarini haq- qoniy aks ettirgani uchun har qanday millatchilikdan, boshqa elat va xalqlarga nisbatan mensimaslikdan mutlaqo xoli. Xalqimiz azaldan do'stlik, birodarlik g'oyalarini ulug'lab, boshqa millat vakillari bilan tinchlik, hamkorlik, hamjihatlik, mehr-oqibat asosida yashaydi.
El-yurtimiz yon-atrofdagi, dunyoning olis mintaqalaridagi xalqlar bilan ham qadim-qadimdan hamkorlikka intilib kelgan. Sohibqiron Amir Temur bobomizning Fransiya qiroli bilan maktub orqali fikr almashgani, Yevropaning boshqa mam- lakatlari, jumladan, Angliya qiroli Genrix IV, Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamaralar bilan diplomatik aloqalar o'rnatgani buning yaqqol dalilidir.
Millatlararo hamjihatlik g'oyasi xalqimizning ezgu insoniy fazilatlarini ifoda etadi va kelajakda bu an'analarni yanada boyitish va rivojlantirislini nazarda tutadi. Mustaqillik yillarida O'zbekiston dunyodagi barcha xalqlar va mamlakatlar bilan do'stona hamkorlik aloqalarini o'rnatib, ularni doimo mustahkamlab kela- yotgani millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga munosib hissa bo'lib qo'shilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimiz jahondagi turli davlatlar bilan uzoq muddatga mo'ljallangan hamkorlik shartno- malari asosida o'zaro manfaatli do'stona munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda. Millatlararo hamjihatlikka raxna soluvclii illat, bu — millatchi- lik va shovinizmdir. Bunday zararli g'oyalar ta'siriga tushgan jamiyat halokatga ucliraydi. XX asrda dunyoning ko'plab xalqlarini asoratga solishga intilgan fashizm g'oyasi bunga misol bo'la oladi.
Shovinizm — millatchilikning bir turi bo'lib, boshqa millatlarni mensimaslik, o'zini ularga nisbatan ustun qo'yishga intilish.
«Fashizm» italyancha so'z bo'lib, to'da, bog'lam degan ma'nolarni anglatadi hamda ommaviy qirg'in va zo'ravonlik bilan siyosat olib boradigan yovuz kuchlarga aytiladi. Hozirgi kunda ham turli g'oyaviy va mafkuraviy yo'llar bilan biron-bir xalq yoki millatga xos urf-odat, an'ana hamda qad- riyatlarni kamsitish, yo'q qilishga qaratilgan tahdidlar sezilib turibdi. Bunday tajovuzlar ta'siriga tushmaslik uchun doimo hushyor va ogoh bo'lish, ilm-ma'rifatga tayanib yashash talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |