IV.Yangi mavzuni bayoni
Strategik yo’l — uzoqqa mo 'Ijallangan, umumiy maqsadlarni ifoda etadigan asosiy taraqqiyot yo 'li.
O'zbekistonning strategik yo'li bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan mustaqil taraqqiyot yo'lidir.
U o'z umrini o'tab bo'lgan eski sovet tuzumidan mutlaqo yangi, demokratik tuzumga o'tishni ta'minlab beradigan taraqqiyot modeli hisoblanadi.
Bu modelning eng muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u inqilobiy ravishda emas, balki tadrijiy yo'l bilan rivojlanib borishni nazarda tutadi. Tadrijiy rivoj- lanish ko'zlangan maqsad sari qadam-baqadam, pog'o- nama-pog'ona borishni anglatadi.
Shuni bilingki, islohotlarni inqilobiy yo'l bilan amalga oshirish- ning bir qancha usullari bor. Shulardan biri «shok terapiyasi» deb ataladi.
Yillar davomida shakllangan boshqaruv usullari, hayot tartiblarini, odamlarning dunyoqarashini birdaniga o'zgar- tirishga urinish, yangi munosabatlarni qisqa muddatda joriy etish «shok terapiyasi»ning asosiy mazmunini tashkil etadi. Eskijarohatni bir urinishda bartaraf etishni da 'vo qilgani uchun bu yo 7 aynan shunday nom bilan ataladi.
Bu yo'l bizning yurtimizga mutlaqo to'g'ri kelmas edi. Buning sabablarini Prezidentimiz Islom Karimov
bunday izohlaydi:
«Agarki biz mustaqillikka erishganimizdan so'ng bos- qichma-bosqich rivojlanish yo'lini emas, balki «shok terapiyasi» deb nom olgan inqilobiy sakrash yo'lini tanlasak, eng qiyin vaziyatlarda aksariyat aholimiz qanday ahvolga tushib qolgan bo'lar edi? Hech shubhasiz, stixiyali tarzda yuz beradigan shiddatli o'zgarishlar to'fonida odamlarning moddiy turmush sharoiti keskin yomonlashib, ularning hayot tarzi, axloqiy qadriyatlari, milliy-ma'naviy qiyofasi butunlay izdan chiqib ketishi hech gap emas edi. Bir so'z bilan ayt- ganda, bunday biryoqlama siyosat hech kutilmagan oqibat- larga, o'rnini yuz yillarda ham to'ldirib, qoplab bo'lmaydigan og'ir yo'qotishlarga olib kelishi muqarrar edi»1.
Yurtimiz aholisining yarmi- dan ko'pini bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar tashkil qilgani, milliyqadriyatlarimiz har qanday yangilikka ham bos- qichma-bosqich, vazminlik bilan borishni taqozo etgani tufayli ham «shok terapiyasi» kabi inqilobiy yo'l biz uchun nomaqbul edi. Shuning uchun bizningrivojlanish yo'limizning asosiy mazmuni jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki bosqichma- bosqich, evolyutsion, ya'ni tadrijiy ravishda
isloh etishni nazarda tutadi. Prezident Islom Karimov asoslab berganjamiyatni isloh etishning besh tamoyili bu modelning negizini taslikil etadi.
«Bu modelning asosiy tamoyillari — ya'ni, iqtisodning siyosatdan xolikani, davlatning bosh islohotchi bo'lishi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiysiyosat, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsiplari barchamizga yaxshi ayon»2, — deb ta'kidlaydi Yurtboshimiz
Iqtisodning siyosatdan xoli bo 'lishi iqtisodiyotning о 'z qonuniyatlari asosida rivojla- nishini, uni turli siyosiy maqsadlarga qaram qilib qoymaslikni bildiradi Mustaqillikka erishguni- mizga qadar hukmron bo'lgan sovet mafkurasi o'z siyosati bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga xalaqit berar edi. Ya'ni, u «xu- susiy mulk zararli», «bozor mu- nosabatlari bo'lmasligi kerak», «mulkdorlar — jamiyat uchun ziyon» degan siyosiy qarashlar bilan odamlarning erkin melinat qilislii, mulk egasi bo'lib, tadbir- korlik bilan shug'ullanishini ta-qiqlab qo'ygan edi. Buning oqibatida siyosat iqtisodiyotning ustidan hukmron bo'lib oldi. Eski tuzumdan yangi jamiyatga o'tishda davlatdan boshqa uyushgan, jamiyatni ortidan ergashtira oladigan qudratli kuch bo'lmaydi. Bu paytda siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar hali to'la shakllanmagan bo'ladi. Shuning uchun davlat barcha islohotlar uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi. Bu esa yangi jamiyat qurishga qarshilik ko'rsatadigan eski tuzum tarafdorlarini jilovlab qo'yish, endigina oyoqqa turib kelayotgan bozor tuzilmalarini qo'llab-quvvatlash, eng muhimi, islohotlarning izchillik bilan davom etisliida katta rol o'ynaydi.
Qonun ustuvorligi tamoyili hammaning qonun oldida tengligini, shu asosda yangi jamiyatning huquqiy asosla Yangi jamiyat qurish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, kam ta'minlangan, yordamga muhtoj kishilarni, yosh oilalarni davlat tomonidan qo'llab- quwatlash, jamiyatning bir qismi o'ta boyib, boshqa qismi esa o'ta qashshoqlashib ketishiga yo'l qo'ymaslikni nazarda tutadi.
Mustaqillik yillarida diyorimizda kuchli ijtimoiy muhofaza tizimi shakllandi. Siz keksa va nogiron, muhtoj kishilarga mahalla yordam ko'rsatayotgani, davlat pensiya yoki nafaqalar berayot- gani, yosh oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilayotgani, oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan aka-opalaringizga o'qish joyidan stipendiya to'lanayotgani haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Bularning barchasi ijtimoiy himoyaning ko'rinishidir.
O'zbek modelining negizini belgilab beradigan beshinchi tamoyil — islohotlarni tadrijiy asosda, bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsipi va uning ahamiyati haqida yuqorida fikr yu- ritdik.rini mustahkamlashni nazarda tutadi.
Ana shu tamoyillar qatori «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang», «Islohot — islohot uchun emas, awalo inson uchun», «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» kabi qoidalar ham o'zbek modelida muhim o'rin tutadi. Bu model xalqimizning milliy davlatchilik an'analari, qadriyatlari va turmush tarziga, shuningdek, dunyodagi ilg'or davlatlarning jamiyatni isloh etish tajribasiga asoslangani uchun hayot sinovlarida o'zini oqladi. Shu bois O'zbekiston- ning eski ma'muriy-buyruq- bozlik tuzumidan bozor muno- sabatlari hukmron bo'lgan erkin demokratik jamiyatga o'tishida, mamlakatimizning dunyo ham- jamiyatida munosib o'rin egalla- shida bu modelning ahamiyati beqiyos bo'ldi. Aynan shu model tufayli biz murakkab o'tish davrida ortiqcha talafotlarga yo'l qo'ymadik, xalqimizni ijtimoiy jihatdan kuchli himoyalab, mustaqil rivojlanish yo'lida katta yutuq va marralarga erishdik.
Xulosa qilib aytganda, o'zbek modeli jamiyat hayotini tubdan isloh etishning o'ziga xos yo'li bo'lib, Vatanimiz uning tamo- yillariga asoslangan holda izchil rivojlanib bormoqda.
Sana:_____________ O’qituvchi: ________ __________________
Do'stlaringiz bilan baham: |