O`tgan mavzu bo`yicha o`quvchilardan so`rash
|
10 minut
|
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
|
O`qituvchi tarqatma materiallardan foydalangan holda darsni tashkil etish
|
15 minut
|
Yangi mavzuni bayoni
|
Guruhlara ajratilagan holda yangi mavzuni bayon etish
|
10 minut
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Guruhlarga tarqatma materiallardan foydalanishY
|
5 minut
|
O`quvchilarni baholash
|
Yangi mavzu bo`yicha o`quvchilar baholanadi
|
1I minut
|
Uyga vazifa
|
Yangi mavzu bo`yicha test tuzib kelish
|
1minut
|
IV.Yangi mavzuni bayoni
Biz haqiqiy madaniyat namunasi bo'lgan kinofilm, teatr yoki tasviriy san'at asarlarini ko'rganda, ulardagi ijobiy qahramonlarni sevib qolamiz, ulardan ibrat olishga, ular kabi el-yurt manfaati yo'lida sadoqat bilan xizmat etishga, odamlarga yaxshilik qilishga intilamiz. Chunki, haqiqiy madaniyat namunalari insonni ezgulikka, ulug' g'oyalar yo'lida kura- shishga, ona Vatanning sha'n-u g'ururini asrab-avaylab, uni yuksaklarga ko'tarib yashashga da'vat etadi. Lekin, afsuski, bugungi kunda yurtimizga chetdan kirib kelayotgan soxta madaniyat namunalari ham ko'p. Ulardan eng keng tarqalgani «ommaviy madaniyat» deb ataladiBir qarashda o'ta jozibali, bezarar va beozor bo'lib tuyuladigan «ommaviy madaniyat» namunalari asta-sekin qalbimiz, ongimizga ta'sir etib, his-tuyg'ularimizni o'ziga band qilib oladi. Dilimiz, sezgilarimiz, tafakku- rimiz ana shu soxta axborotlarga moslashib, o'zligidan yiroqlashadi,ruhimiz tanballashib, mustaqil fikrlash, hayotga sergak nigoh bilan qarash yoqmay qola boshlaydi. Natijada faqat yolg'on va soxta hayotni haqiqiy hayot sifatida qabul qiladigan, o'zimizni o'rab turgan, voyaga yetkazgan sog'lom muhitdan — xalqimizning asrlar sinovidan o'tgan urf- odat va an'analari, go'zal qadriyatla- ridan uzoqlashayotganimizni bilmay qolamiz. Bamisoli oyog'imiz yerdan uzilgandek bo'ladi. Qalbimiz, ongimiz o'zimizniki emas, boshqa bir kuchga tegishlidek bo'lib qoladi. Faqat ana hu kuchga bo'ysunib, uning ta'sirida harakat qiladigan bo'lib qolamiz. Bu aslida manqurtlikning zamonaviy ko'rinishi, ma'naviy qaramlik alomatidir.
Hozirgi kundagi axborot xurujlari va «ommaviy madaniyat» deb olgan tahdidlar bizning tanamizga zarar yetkazmaydi, biron joyimizni qonatmaydi ham. Lekin ular ota-onamizdan о'tgan, bizni tabiatga, go'zallikka yaqinlashtirib turadigan his-tuyg'ularimizni о'ldiradi, qalbimiz va ongimizni butunlay egallab, о'ziniki qilib oladi, ajdodlarimizdan meros bo'lib kelayotgan ma'naviyatimizga chang soladi. Shuning uchun bunday zararli ta 'sirlarni ma 'naviy tahdidlar deb ataymiz.«Ma'naviy tahdid deganda, awalo tili, dini, e'tiqodidan qat'i nazar, har qaysi odamning torn ma'nodagi erkin inson bo'lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko'zda utadigan mafkuraviy, g'oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o'ylayman»1.Odam qachon torn ma'noda mustaqil bo'ladi? Qachonki qalbi va ongi, butun vujudi uning o'ziga tegishli bo'lsa, u faqat o'z xohish- irodasiga tayanib harakat qila olsa. Ma'naviy tahdidlar bizni bu dunyoda inon-ixtiyori o'zida bo'lgan, ozod va hur inson bo'lib yashash baxtidan judo qilmoqchi, boshqacha aytganda, insonni yoshligidan boshlab ma'naviy qui etmoqchi bo'ladi.Biz hech qachon bunga yo'l qo'ymasligimiz zarur. Chunki, biz ham ma'naviy, ham jismoniy jihatdan hamisha mustaqil va erkin bo'lib kelgan, shu bois tarixda butun insoniyatni qoyil qoldiradigan tengsiz mo'jizalar yaratgan buyuk xalqning farzandimiz. Bu xalq o'z far- zandlarining faqat sog'lom va barkamol bo'lishini istaydi. Dunyo maydonida hech kimdan kam bo'lmasdan, ajdodlari boshlagan ulug' ishlarni munosib davom ettirishini xohlaydi. Shuning uchun ham Prezidentimiz Islom Karimov hozirgi murakkab dunyoda tobora avj olib borayotgan shafqatsiz musobaqada o'zligimizni boy berib qo'ymaslik, aksincha, qanday buyuk ishlarga qodir ekanimizni amalda namoyon etib, ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan chiniqib, kamol topib borishga da'vat etadi.«Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig'iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo'q, deb beparvo qarab bo'lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas».
O`quvchilar yangi mavzu bo`yicha guruhda savollarga javob beradilar
V.Darsni yakuniy qismi,
Uyga vazifa: O`quvchilar yangi mavzu bo`yicha test tuzib keladilar.
Sana:_____ O’qituvchi: ________ _____________________
Shovot tumanidagi 28-umumiy o’rta ta’lim maktabining Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fani o’qituvchisi Saparboev Komiljonning __________ yil VII- sinfda Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fanidan “Hushyorlik va ogohlik” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars
BAYONNOMASI.
Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fani o’qituvchisi Saparboev Komiljonning fikri tinglandi.
O’qituvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erisha olganini aytdi.
Matqurbonova F-Tarix fani o’qituvchisi.
Dars davomida har bir guruh faol ishtirok etdi. O’qituvchi maqsadni to’g’ri tanlay olgan. O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi yaxshi.
Abdullayev Ruslon -Geografiya fani o’qituvchisi.
O’quvchilarni faolligini oshirish uchun ularni ko’proq mustaqil ishlashlari kerakligini aytdi.Yig’ilish.
Matyoqubova .G- o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
O’qituvchi o’zini erkin tutdi. Guruxlar ishi o’z vaqtida rag’batlantirildi. O’quvchilar kompyuterdan mustaqil foydalana oldilar.
Polvonova L-matematika fani o’qituvchisi.
O’quvchilar darsga puxta tayyorgarlik ko’rishgan. O’qituvchi vaqtdan to’g’ri foydalandi. Ko’rgazmali qurollardan, tarqatmalardan o’rinli foydalandi. O’quvchilar juda faol ishtirok etishdi.
QAROR QILDI.
1 Darsda qatnashgan kuzatuvchilarning fikr va mulohazalari ma’lumot
uchun qabul qilinsin.
2 Kuzatuvchilarni fikrlariga ko’ra maktabning Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fani o’qituvchisi Saparboev Komiljonning ___________ yil.7–sinfda o’tgan Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fanidan ochiq darsi namunali deb topilsin.
3 O’qituvchining darsda qo’llagan uslublari va yutuqlari barcha uslubiy birlashma a’zolariga yetkazilsin.
Majlis raisi: Matyoqubova .G
Kotib: Matqurbonova.F
28-umumiy o’rta ta’lim maktabining Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fani o’qituvchisi Komiljon Saparboevning IX-sinflar uchun Taraqqiyotning O’zbek modeli va uning ahamiyati. mavzusidan bir soatlik dars ishlanmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |