Suyuq oziqa muhitida o’stirish usulidagi fermentasiya
Aspergillus niger zamburug’larini suyuq oziqada o’stirish orqali lizin olish jarayoni 100m3 hajmdagi fermentyorlarda amalga oshiriladi. Ekish materiali sifatida 10m3 hajmdagi ekish fermentyorlarida olingan o’suvchan miseliylar qo’llaniladi.
Melassa eritmasi ekish va ishlab chiqarish fermentyorlari uchun xuddi yuza qismda o’stirish usulidagidek olinadi, faqatgina suyuqlikda fermentasiya uchun dastlabki melassa eritmasi 4% dan kam bo’lmagan shakar saqlashi lozim. Agarda fementasiya jarayonida shakar miqdori keskin kamaysa, 25-28% shakar saqlovchi steril melassa eritmasi (quyuluvchi eritma) quyish amalga oshiriladi. Ushbu eritma shunday miqdorda quyiladiki, bunda fermentyordagi shakar miqdori 1215% ni tashkil etsin.
Oziqa muhiti bilan to’ldirilgan ekish uskunasiga, dastlab termostatda 320S haroratda 5-6 soat saqlangan konidiy suspenziyasi quyiladi. Kultura doimiy aralashtirish va aerasiyada 34-350S haroratda o’stiriladi. O’stirish jarayonida fermentatorga havo uzatilishi qat’iy nazorat qilinadi, ya’ni havoning sarfi fermentasiya oxirlariga borib deyarli 10 barovar oshadi.
Jadal ko’piklanish davomida ko’p bo’lmagan miqdordagi kimyoviy penogasitel
(ko’piksizlantiruvchi) solinadi (olein kislota).
Miseliy etilish jarayoni 30-36 soatdan keyin kultural suyuqlik kislota miqdorini 1-2% saqlaganda tugallanadi. Etilgan miseliylar ishlab chiqarish fermentyoridagi oziqa muhitiga ekish uchun yuboriladi.
1.7-rasm. Suyuqlikda o’stirish usulida limon kislota olishning texnologik chizmasi (Karklinsh va Probok, 1972): 1-melassali bak; 2-qabul qiluvchi bak; 3-tarozilar; 4-qaynatuvchi qozon; 5-markazlashtiruvchi nasos; 6oraliq idish; 7-steril kolonka; 8-saqlagich; 9-muzlatgich; 10-ekish fermentatori; 11-ishlab chiqarish fermentatori; 12-bakteriologik filtr; 13-melassani saqlash uchun idish; 14-oraliq yig’gich; 15-barabanli vakuum filtr; 16-miseliyni qabul qiluvchi idish; 17-miseliyni yig’ish uchun vakuum yig’gich; 18filtrlangan (bijg’igan) eritmalarni yig’ish uchun vakuum-yig’gich.
Fermentyorda kislota hosil bo’lish jarayoni uzluksiz aerasiya va 31-320S haroratda 5-7 sutka davom etadi. Havo sarfi boshlang’ich davrda 400m3/s, fermentasiya oxirlarida esa 2200m3/s gacha oshib boradi. SHakar miqdorini mo’’tadillashtirib turish uchun quyish eritmasidan vaqti-vaqti bilan 2-3 marta qo’shiladi. Bunda shakar miqdori eritmada 12-15% ni tashkil etishi lozim. Jarayon oxirida esa umumiy kislotalik va shakar miqdori aniqlanadi.
Fermentasiya jarayoni tugagandan so’ng kultural suyuqlik 60-650S haroratgacha bo’lgan o’tkir bug’da qizdiriladi va yig’gichga quyiladi. U erdan esa miseliy biomassalarini yuvish va alohidalash uchun vakuum-filtrga uzatiladi. YUvilgan miseliylar qoramol oziqasi sifatida qo’llaniladi.
Asosiy limon kislota eritmasi esa suv tarkibida kimyoviy sexga limon kislotasini ajratish uchun uzatiladi (9-chizmaga qarang).