YUqori ko’rsatib o’tilganidek, fermentni immobilizasiyasi deyilganda, uni (fermentni) qanday bir alohida fazaga kiritilishi suv fazasidan ajralib turadigan va shunday vaziyatda o’zini asosiy xususiyati - substrat yoki effektorlar bilan aloqada bo’lish imkoniyatidan judo bo’lmasligini tushiniladi.
SHu aniqlikdan kelib chiqqan holda, fizikaviy immobilizasiya qilish usullarini to’rt guruhga bo’lish mumkin:
suvda erimaydigan "tashuvchi" larga adsorbsiya qilish; gel teshikchalariga kiritish;
yarim o’tkazgich membranalar yordamida fermentni reaksion tizimini boshqa qismidan ajratish;
fermentni ikki fazalik reaksion muhitga kiritish, bunday sharoitda ferment suvda eruvchan bo’ladi va ikkinchi fazaga kira olmaydi.
Keltirilgan klassifikasiya shartlidir, chunki bu usullar orasida aniq ajrimlarni o’rnatish mumkin emas. Masalan, gel teshikchilariga kiritish usuli bilan immobilizasiya qilishni, yarim o’tkazgich membranalar orqali ajratib turish deb ham qarash mumkin. SHunga qaramasdan bu klassifikasiya fizikaviy usullar bilan immobilizasiya qilishni bir tizimga solishda yordam bera oladi.
Adsorbsiya qilish orqali immobilizasiya qilish, eng ko’hna usullaridan hisoblanadi. YUqorida aytib o’tilganidek, 1916 yilda Dj.Nilson va E.Grifin invertaza fermentini foallashtirilgan ko’mirda va alyuminiy gidroksidi gelida immobilizasiya qilganlar. Xuddi shu usuldan keyinroq, 1969 yilda I.SHibata L-aminoasilaza fermentini immobilizasiya qilishda foydalangan. L-aminoasilaza fermenti N-asetil-DL- aminokislotalarni bir birlaridan ajratishda sanoat miqyosida hozirgacha ishlatilib kelinmoqda. Umuman adsorbsiya usulida immobilizasiya qilish boshqa usullardan osonligi, vazifani tez bajarish mumkinligi, tashuvchilarni arzonligi va boshqa bir qator ustunliklarga ega bo’lganligi uchun fermentlar muxandisligida keng qo’llanilib kelinmoqda.
Adsorbsion immobilizasiya qilish uchun "tashuvchi" lar
Adsorbsion immobilizasiya uchun ishlatiladigan "tashuvchi" larni ikki sinfga - organik va noorganik tashuvchilarga bo’lib o’rganish mumkun.
Noorganik tashuvchilar sifatida kremnezem, alyumin, titan va boshqa elementlar oksidlari, alyumosilikatlar (loylar), shisha, sopol, faollashtirilgan ko’mir va boshqalar keng ishlatiladi.
Organik tashuvchilar orasida keng tarqalganlari har xil polisaxaridlar polimerli ionalmashuv smolalari, kollagen, tovuq suyaklari va boshqalardir. Tashuvchilar kukun, kichik sharchalar, granulalar sifatida ishlatiladi. Ba’zi bir holatlarda, gidrodinamik qarshilikni pasaytirish maqsadida, tor parallel kanallar saqlovchi monolitlar sifatida ham chiqariladi.
Tashuvchilarni eng asosiy xususiyati sorbsiya qilish qobiliyati, teshikchalarini o’lchami, mexanik va kimyoviy barqarorligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |