Adsorbsion immobilizasiya qilish uchun "tashuvchi" lar
Adsorbsion immobilizasiya uchun ishlatiladigan "tashuvchi" larni ikki sinfga - organik va
noorganik tashuvchilarga bo’lib o’rganish mumkun.
Noorganik tashuvchilar sifatida kremnezem, alyumin, titan va boshqa elementlar oksidlari,
alyumosilikatlar (loylar), shisha, sopol, faollashtirilgan ko’mir va boshqalar keng ishlatiladi.
Organik tashuvchilar orasida keng tarqalganlari har xil polisaxaridlar polimerli ionalmashuv
smolalari, kollagen, tovuq suyaklari va boshqalardir. Tashuvchilar kukun, kichik sharchalar,
granulalar sifatida ishlatiladi. Ba’zi bir holatlarda, gidrodinamik qarshilikni pasaytirish maqsadida,
tor parallel kanallar saqlovchi monolitlar sifatida ham chiqariladi.
Tashuvchilarni eng asosiy xususiyati sorbsiya qilish qobiliyati, teshikchalarini o’lchami,
mexanik va kimyoviy barqarorligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |