Fermentlar adsorbsiyasiga ta’sir etuvchi omillar
Adsorbsiya o’tish jarayoni va ferment bilan "tashuvchi" orasidagi bog’ni mustaxkamligi,
ko’pchilik hollarda immobilizasiya qilish sharoitiga bog’liq bo’ladi.
Ferment adsorbsiyasiga ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: tashuvchini g’ovakligi va
sirtini faolligidir.
Tashuvchini sorbsiya qilish hajmi uning sirtini faolligiga to’g’ri proporsional oqsil yoki
fermentga kelganda bu qonuniyat faqatgina tashuvchini g’ovakligi oqsil molekulasidan anchagina
katta bo’lgandagina o’z kuchini saklaydi. Tashuvchini g’ovakligi juda kichik bo’lganda, fermentlar
g’ovaklarga sig’masalar, fermentlar uchun tashuvchilar satxining ma’lum bir qismigina foydali
bo’ladi xolos.
Bunday paytlarda tashuvchining sorbsiya qilish imkoniyatlari juda kam bo’ladi, boshqacha
qilib aytganda, g’ovaklar qancha kichik bo’lsa, tashuvchining adsorbsiya qilish imkoniyatlari
shuncha kam bo’ladi. G’ovaklarni mo’tadil hajmini hisoblashni birinchilardan bo’lib buni 1976
yilda R.Messing taklif etgan.
U shisha va sopol materiallardan tashuvchi sifatida foydalana turib, ularni g’ovaklarini
kattaligini (hajmini) o’lchab chiqdi va g’ovaklarni kattaligi ferment bo’yidan taxminan 2 marotaba
katta bo’lgan hollarda tashuvchini adsorbsion imkoniyatlari maksimum bo’lishini tajribalardan
isbotlab berdi.
Bunday holda substratni molekulyar o’lchami fermentdan ancha kichik bo’lmog’i va sorbsiya
qilingan ferment g’ovaklariga bemalol kirib turishlari lozim, albatta.
Substrat molekulasining hajmi fermentnikidan katta bo’lgan hollarda tashuvchining g’ovakligi
substrat molekulasi bilan belgilanadi. Ba’zi bir hollarda substratni o’zi tashuvchi vazifasini bajarishi
ham mumkin. Masalan, sellyulaza fermentini immobilizasiya qilish uchun uning substrati bo’lgan
sellyulozadan keng foydalaniladi.
rN belgilari
Reaksiya muhiti immobilizasiya qilish jarayonida juda katta ahamiyatga ega, ayniqsa sorbsiya,
elektrostatik o’zaro ta’sir yordamida amalga oshirilgan holatlarda.
Bunga asosiy sabab rN o’zgarishi bilan oqsil yoki tashuvchining sorbsiya uchun javobgar
bo’lgan ionogen guruhlarni ionizasiyasi o’zgaradi. Ionalmashuv xossalariga ega bo’lmagan
tashuvchilardan foydalanganda, sorbsiya oqsil yoki fermentni izoelektrik nuqtasida amalga oshirilsa
yaxshi natija beradi.
Ammo bu qonuniyatni chetlab o’tish hollari ham uchrab turadi. Masalan, albuminni lateksga
sorbsiya bo’lishini har xil rN da o’rganib chiqilganda bu jarayonni rN ga aloqadorligi W simon
bo’lganligi, ko’mirda adsorbsiya qilinganda esa mo’tadil rN 3 dan 6 gacha o’zgarishi, bu o’zgarish
ko’mirni tabiatiga bog’liqligi isbotlangan.
Ion kuchi
Ferment bilan tashuvchi orasidagi bog’lanishni kuchiga ta’sir ko’rsatuvchi omildir. Tuzlarni
yuqori miqdorda tashuvchi sirtidan elektrostatik yo’l bilan bog’langan fermentni siqib chiqaradi.
Boshqacha qilib aytganda, ion kuchini oshishi bilan fermentni desorbsiyasi oshib boradi. Ba’zi
hollarda bunga aksincha ta’sir ham uchrab turadi, buni oqsilni "tuzlanishi" deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |