Quruqlik biomassasi. Qutblardan ekvatorgacha biomassa miqdori va turlar xilma-xilligi, hayot zichligi ortib boradi. Ekvator biotsenozlarida yashash joyi, oziq-ovqat, yorug‘lik, kislorod uchun kuchli raqobat kuzatiladi. Inson ta’sirida biomassa hosil bo‘ladigan maydonlar keskin o‘zgaradi. Quruqlik yuzasining asosiy qismini tuproq biogeotsenozlari egallaydi. Tuproq biogen va abiogen usulda hosil bo‘ladi, u anorganik va organik moddalardan tashkil topadi. Biosferadan tashqari tuproqning hosil bo‘lishi mumkin emas. Tog‘ jinslariga mikroorganizmlar o‘simlik va hayvonlarning ta’sirida Yerning tuproq qatlami asta-sekin shakllanadi. Organizmlar tarkibida to‘plangan biogen elementlar ular o‘lganidan keyin yana tuproq tarkibiga o‘tadi.
Tuproqda kechadigan jarayonlar moddalarning biosferadagi davriy aylanishining tarkibiy qismidir. Odamning xo‘jalik faoli- yati tuproq tarkibining o‘zgarishiga, undagi mikroorganizmlar nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |