Biosferaning biomassasi. Biosferadagi tirik moddalarning umumiy massasi biomassa deyiladi. Hozirgi davrda Yerda yashaydigan o‘simliklarning 500 mingga yaqini, hayvonlar ning 2,0 milliondan ortiq turi aniqlangan. Shularning 93%i quruqlikda, 7% suvda yashaydi. Quyidagi jadvalda suvda va quruqlikdagi organizmlarning quruq massasi tonnalarda ifodalangan.
28-jadval Yerdagi organizmlar biomassasi
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, okeanlar yer yuzining 70 foizini egallashiga qaramasdan, uning biomassasi Yer biomassasin ing 0,13 foizini tashkil qiladi.
Quruqlikda o‘simliklar biomassasi (fitobiomassa) umumiy biomassaning 99 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Hayvonlar biomassasi (zoobiomassa) esa 1 foizdan ham kamroq.
Okeanlar biomassasining asosiy qismini (93,7%) zoobiomassa tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |