Biosferaning chegaralari. Tirik organizmlar Yerning gazsimon (atmosfera), suyuq gidros fera) qattiq (litosfera) qismlarida joylashgan (94-rasm). Bios fe raning yuqori chegarasi dengiz
94-rasm. Yer geosferalari.
sathidan 15—25 km balandlikda, atmosferaning quyi qatlami troposferada joylashgan (95-rasm). Bu chegarada quyosh nurlari energiyasi ta’sirida kislorod ozonga aylanadi va ozon ekrani hosil bo‘ladi. Ozon ekrani tirik organizmga ko‘p miqdorda zararli ta’sir ko‘rsat uvchi kosmik va ultrabinafsha nurlarining asosiy qismini Yer yuzasiga o‘tkazmaydi.
Biosferaning eng yuqori chegarasida noqulay sharoitga o‘ta chidamli bakteriyalar, zamburug‘lar, moxlar va paporotniklar ning sporalari uchraydi. (Ular aeroplankton deyiladi.) Kapa- laklar, o‘rgimchaklar va ba’zi qushlar 6—7 km gacha ko‘tarilishi kuzatilgan.
Gidrosferani okeanlar, dengizlar, ko‘llar va daryolarning suvlari hosil qiladi. Gidrosfera Yer kurrasining 70 foizga yaqin qismini egallaydi. Hayot gidrosferaning hamma qismida, hatto eng chuqur — 11 km gacha bo‘lgan joylarida ham uchraydi.
Litosferada hayot uning yuqori qatlamlarida, 3—4 km chuqurlikkacha masofada tarqalgan. Missisipi daryosi havzasidan neft quduqlari kovlanganda 7,5 km chuqurlikda anaerob bakteriyalar topilgan. Shunday qilib, biosfera — Yerning tirik organizmlar yashaydigan geologik qobiqlarining bir qismidir. Sayyoramizdagi hayot chegarasi biosferaning chegaralari bilan aniqlanadi.
Biosferaning tarkibi. Biosferaning tarkibi xilma-xil bo‘lib,
100000 m
5 00001
20000
10000 2000
1000
2
100
20
3
10
1
4
-0,1 -1
-10
-100
5
-1000
95-rasm. Biosferada hayotning tarqalish chegaralari.
uni 4 qismga ajratish mumkin: 1. Tirik moddalar. 2. Biogen moddalar. 3. Qattiq jismlar. 4. Biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalar.
Sayyoramizda yashaydigan hamma tirik organizmlarning yig‘indisi biosferaning tirik moddasini tashkil qiladi. O‘zining massasiga ko‘ra tirik modda biosferaning juda kichik tarkibiy qismi bo‘lsa ham geologik davrlar mobaynida ularning faoliyati Yerning rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
V.I. Vernandskiy Yerning paydo bo‘lishidan ko‘p o‘tmasdan unda hayot paydo bo‘lgan va u sayyoramizning qiyofasini o‘zgartiruvchi asosiy omillardan biri bo‘lgan deb ta’kidlaydi.
Biogen moddalar — tirik organizmlar faoliyatining mahsulotlaridir. Ularga neft, toshko‘mir, ohaktosh va atmosfera gazlarini kiritish mumkin.
Qattiq jismlar — tirik organizmlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmasdan tabiiy jarayonlar, masalan, vulqonlar otilishidan hosil bo‘lgan tog‘ jinslari.
Biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalarga tirik organizmlar ta’sirida hamda organik tabiat jarayonlari ta’sirida hosil bo‘ladigan tuproq misol bo‘la oladi. Biosferaning tarkibida kam miqdorda radioaktiv moddalar, tarqoq atomlar, meteoritlar, kosmik chang zarrachalari ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |