Rossiya Federatsiyasiga iqtisodiy geografik tavsif Poytaxt: Moskva



Download 0,53 Mb.
Sana06.01.2020
Hajmi0,53 Mb.
#32117
Bog'liq
rossiya

Rossiya Federatsiyasiga iqtisodiy geografik tavsif

Poytaxt:Moskva

  • Poytaxt:Moskva
  • Rasmiy til(lar):Ruscha
  • Hukumat:Semi-Prezidentlik Davlat •
  •  Prezident :Vladimir Putin •
  •  Bosh Vazir Dmitriy Medvedev
  • Mustaqillik  • Sana 24 avgust 1991
  • Maydon  • Butun17,098,246 km² (1-) • Suv (%)4,22
  • Aholi  • 2013 roʻyxat 143.548.980 kishi (9- oʻrin) • 
  • Zichlik8,36/km²
  • YaIM (XQT)2018- yil roʻyxati Butun$1.610 trillion (11-
  • Jon boshiga$11,191
  • Pul birligiRus Rubli (RUB)
  • Vaqt Mintaqasi(UTC+2...+12) • Yoz (DST)(UTC+2...+12)

Rossiya (ruschaРоссия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha: Российская Федерация) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), BeringOxotaYapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan.

  • Rossiya (ruschaРоссия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha: Российская Федерация) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), BeringOxotaYapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan.

Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi 145,3 mln. kishi (2002).

  • Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi 145,3 mln. kishi (2002).
  • Poytaxti – Moskvashahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt:
  • 21 respublika AdigeyaBoshqirdistonBuryatiyaDogʻistonIngushiyaKabarda-BalkariyaKareliyaKomiMariyElMordoviyaOltoySaxa (Yakutiya), TataristonTuvaUdmurtiya, Haqasiya, ChechenistonChuvashiyaShimoliy Osetiya, Qalmoq, Qorachoy Cherkasiya
  • 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl)
  • 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg),
  • 1 muxtor viloyat (Yahudiylar),
  • 10 muxtor okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (Dolgan Nenets), Ust Ordinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga boʻlinadi.
  • Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000 yil Markaziy, Shimoliy-Gʻarbiy, Janubiy Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq, federal okruglari tashkil etildi.

Rossiya poytaxti ya’ni Moskva shahri

Davlat boshqaruvi

  • Rossiya – boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993 yil 12 dekabrda qabul kilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2000 yildan Vladimir Putin), u umumiy, teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Rossiya fuqarolari tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi.

Tabiati

  • Rossiya hududi meridian boʻylab 2,5–4 ming km ga, gʻarbdan sharqqa 9 ming km ga choʻzilgan. Mamlakatning eng gʻarbiy nuqtasi Polsha bilan boʻlgan chegarada (Kaliningrad viloyati), sharqiy nuqtasi Bering boʻgʻozidagi Ratmanov orolda, chekka jan. nuqtasi Ozarbayjon bilan boʻlgan chegarada, chekka shim. nuqtasi FransIosif Yeri arxipelagidagi Rudolf orolda, Rossiya hududining 45% oʻrmon, 4% suv, 13% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar, 19% bugʻu yaylovlari, 19% boshqa yerlardir.

Xo`jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari

  •   Rossiya Federatsiyasi - Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlari ichida kattaligi va aholisining soni bo`yicha eng yirik suveren davlatdir. U ulkan tabiiy, iqtisodiy va ilmiy imkoniyatlarga ega. MDH davlatlari doirasida YMDning 60 foizi va sanoat ishlab chiqarishning 2/3 qismi Rossiyaga to`g`ri keladi. Rossiya iqtisodiyoti keng tarmoqlidir. Sanoat mahsuloti hajmining 1/3 qismi yoqilg`i-energetika majmuyi tarmoqlariga to`g`ri keladi. Energetika tarmog`i ishlan chiqarish kuchlari rivojlanishining, jamiyat moddiy- texnika bazasini yaratishning asosi hisoblanadi. Rossiya yoqilg`i-energetika balansining taxminan 70% i neft va gazga to`g`ri keladi.   2012-yilda 420 mln. tonna neft va 670 mlrd. m kub tabiiy gaz hamda 300 mln. tonna atrofida ko`mir qazib chiqarildi. Neft, gaz va ko`mirdan tashqari Rossiyaning ba`zi hududlarida torf va yonuvchi slaneslar energetikada muhim o`rin tutadi. 

Sanoati

  •  Neft sanoati. Konlardan qazib olingan neftning katta qismi mamlakat ichkarisida uzunligi 70 ming km ga yaqin bo`lgan neft quvurlari orqali tashiladi. Bu quvurlar neft qazib oluvchi rayonlarni davlatning boshqa barcha hududlari bilan bog`lab turadi. Neft MDH davlatlariga, Sharqiy va G'arbiy Yevropa mamlakatlari va Xitoyga eksport qilinadi. So'nggi yillarda o'rtacha hisobda yiliga 150 mln. tonnagacha neft eksport qilinmoqda.   Gaz sanoati. Rossiya tabiiy gazning sanoat zaxiralari va uni qazib olish hajmi bo'yicha dunyoda birinchi о`rinni egallaydi. Bu xomashyoning asosiy qismi G'arbiy Sibirning shimolida, Shimoliy Kavkazda, Ural rayonida, Volgabo`yida, Komi Respublikasida, Yakutiyada, Saxalinda qazib olinadi. Uning asosiy qismi G'arbiy Sibirga to'g'ri keladi.  Magistral quvurlarining asosiy tizimlari - G'arbiy Sibirdagi gazga boy yerlardan, (Volgabo'yidan, Uraldan, Shimoliy Kavkazdan) gazni Markaziy Rossiyaga hamda xorijga yuboradi.    Ko`mir sanoati. Rossiyada toshko`mir ham, qo'ng'ir ko'mir ham qazib olinadi. 2012- yilda 300 mln tonna ko'mir qazib olindi. Bundan 30 mln. tonnasi chet el davlatlariga eksport qilindi.    Elektroenergetikasi. Elektroenergiya ishlab chiqarish bo'yicha Rossiya dunyoda AQSH, Yaponiya va XXR dan keyin to'rtinchi o'rinda turadi (2008-yilda 940 mlrd kVt/s). Elektr quvvatining eng katta qismi issiqlik stansiyalarida ishlab chiqariladi (70% dan ortiq). Elektroenergetika balansida gidravlik elektr stansiyalarning hissasi - 18% ga, atom elektr stansiyalarning hissasi 12% ga teng.

Neft va gaz sanoati

Metallurgiya sanoati

  • Qora metallurgiya. 2012-yilda jami 80,0 mln. t temir rudasi qazib olindi. Qora metallurgiyaga zarur bo`lgan kokslanadigan ko'mir Kuzbass va Pechora havzalaridan keltiriladi.    2012-yilda 40 mln. t cho'yan, 50 mln. t po`lat eritildi. Bu ko'rsatkich bo‘yicha Rossiya, Yaponiya, Xitoy, AQSH va Koreya Respublikasidan keyin to'rtinchi o'rinni egallaydi. Rossiyada qora metall ishlab chiqarish, asosan, uchta muhim qora metallurgiya markazlari - Ural, Markaziy qoratuproq va G'arbiy Sibir iqtisodiy rayonlarida jamlangan. Yirik markazlari: Nijniy Tagil, Magnitogorsk, Chelyabinsk, Novotroitsk, Novokuznetsk, Cherepoves, Stariy Oskol, Lipetsk va boshqalar.  Rangli metallurgiya. Qo'rg`oshin-rux sanoati ishlab chiqarishning joylashishi murakkabligi bilan xarakterlanadi. Polimetall rudalari Shimoliy Kavkaz, Zabaykalye, Uzoq Sharq va Primoryeda qazib olinadi. Xomashyoni metallurgik qayta ishlash, odatda, boshqa rayonlarda amalga oshiriladi (qo'rg'oshin-rux konsentratlari tashish uchun qulay).  Achinsk, Bratsk. Boksitogorsk, Volxov, Volgograd, Kamensk-Uralsk, Kan­dalaksha, Krasnoyarsk, Novokuznetsk, Shelexov aluminiy sanoatining asosiy markazlaridir.

Mashinasozlik

  • Mashinasozlik Rossiyaning barcha hududlarida bir tekis tarqalgan. Lekin ba’zi rayonlarda u asosiy tarmoq hisoblansa, boshqa rayonlarda ichki ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan, xolos.   Energetika mashinasozligi korxonalauda bug' qozonlari, bug' turbinalari va generatorlar, yidroturbinalar, dizel va elektrodvigatellar tayyorlanadi. Bunday korxonalar Biysk, Barnaul, Taganrog, Belgorod, Sankt-Peterburg, Novosibirskda ishlab turibdi.   Stanoksozlik korxonalari birmuncha tekis tarqalgan. Biroq mahsulotning katta qismi Markaziy, Shimoli-g'arbiy iqtisodiy rayonlarda va Uralda ishlab chiqariladi.   Rossiyaning avtomobil sanoati yengil avtomashinalar, yuk mashinalari, avtobuslar, trolleybuslar ishlab chiqaradi. Bu tarmoqning ilk yirik korxonalari Moskva, Yaroslavl va Nijniy Novgorodda qurilgan edi. Hozirgi vaqtda Nijniy Novgorod, Ijevsk, Miass, Ulyanovsk, Moskva, Tolyatti shaharlaridagi korxonalarda yengil avtomobillar ishlab chiqariladi. Pavlovo (Nijniy Novgorod oblasti) va Likino (Moskva oblasti) shaharlarida avtobuslar ishlab chiqariladi. Yuk avtomobillari Moskva, Nijniy Novgorod, Ulyanovsk, Naberejniye Chelni shaharlarida ishlab chiqariladi. Shu bilan bir qatorda motorlar va dizellar ishlab chiqaruvchi maxsus korxonalar ham faoliyat ko`rsatib turibdi. Engels shahrida (Saratov oblasti) trolleybuslar ishlab chiqariladi.   Temiryo'l mashinasozligining yirik korxonalari Nijniy Novgorod Sankt-Peterburg Ulan-Ude, Nijniy Tagil, Kolomna, Kaluga, Lyudinov, Murom, Novocherkassk shaharlarida joylashgan. Vagonlar (metro vagonlari, tramvaylar va temiryo`l vagonlari) Bryansk, Mitishi, Nijniy Tagil, Tver hamda Abakan, Altaysk, Sankt-Peterburg, Ust-Katav va boshqa shaharlarda ishlab chiqariladi.   Dengiz va daryo kemasozligi, kema ta’mirlash Sankt-Peterburg, Astraxan, Nijniy Novgorod, Tyumen, Krasnoyarsk, Xabarovsk, Blagoveshensk, Komsomolsk-Amur, Arxangelsk, Murmansk, Yaroslavl, Ribinsk, Zelenodolsk shaharlarida amalga oshiriladi.   Samolyotsozlik Moskva, Qozon, Samara, Voronej, Saratov, Smolensk, Rostov-Don, Taganrog kabi yirik sanoat markazlarida rivojlangan.

Kimyo va neft kimyo sanoati

  • Kimyo va neft kimyo sanoati.  Superfosfat sanoatining eng yirik korxonalari Voskresensk (Moskva oblasti), Sankt-Peterburg, Kingisepp (Leningrad oblasti)dagi kombinatlardir. Azot o‘g‘itlarini ishlab chiqarish bo'yicha esa Dzerjinsk (Nijniy Novgorod yaqinida), Novomoskovsk (Tula oblasti), Nevinnomisk (Stavropol o'lkasi), Kemerovo shaharlaridagi kombinatlar katta ahamiyatga ega. Uralda (Solikamsk, Berezniki) kaliy o'g'itlari ishlab chiqariladi. So'nggi yillarda organik sintez kimyosining ahamiyati o'sib bormoqda.   Sun’iy va sintetik tola yetkazib beruvchi kimyo korxonalari Tver, Ryazan, Balakov (Saratov oblasti), Barnaul Kursk, Engels, Voljskiy, Krasnoyarsk kabi shaharlarda joylashgan.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish