Bioorganik kimyo



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/138
Sana26.06.2021
Hajmi2,76 Mb.
#102105
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138
Bog'liq
bioorganik kimyo

oqsillari 
organizmni 
patologik 
holatlar 
yoki 
turli 
kasallik 


 
47 
qo’zg’otuvchilarga  (bakteriya,  virus  va  toksin)  qarshi  kurashini 
ta’minlaydilar.  Himoya  oqsillarga  immunoglobulin,  limfokinin, 
monokin,  interferon,  fibrinogen,  fibrin  va  trombinlar  kiradi.  Tuzilma 
oqsillari to’qima va organlarni tuzilish asosi bo’lib xizmat qiladilar va 
ularni  mexanik  xossalarini  belgilaydilar.Tuzilma  oqsillarga  kollagen, 

-keratin,  sklerotin,  fibroin,  proleoglikanlar  kiradi.  Bu  guruh 
bakteriya  hujayrasi  devorlari  proteoglikanlari,  virus  qobig’i  oqsillari, 
ba’zi  membrana  va  ribosomal  oqsillar  kiradi.  Harakat  oqsillarga 
muskullar  qisqarishigi  javobgar  aktin  va  miozin  kiradi.  Reseptor 
oqsillarga rodopsin va bakteriorodopsin kirib, ular yorug’lik signalini 
qabul  qiladilar  va  uzatilishini  ta’minlaydilar.  Boshqaruv  oqsillari  va 
peptidlarini  vazifasi  to’liq  o’rganilmagan  bo’lib,  giston  va 
repressorlar,  inisirlash  va  elongirlash  omillari  kiradi.  Tabiiy  peptidlar 
karnozin  va  anserin  ham  shu  guruhga  kiradi.  Zahira  oqsillari  oziq 
manbaini  saqlash  vazifasini  bajarib,  tuxum  oqsili  albumini,  sut 
kazeini, bug’doy gliadini, arpa gordeini va ferritin (o’t pufagida temir 
“depo”si)lar  kiradi.  Oqsillar  inson  ozuqasi  va  hayvonlar  yemishining 
asosiy  tarkibiy  qismidir.  Insonga  o’rta  hisobda  bir  kunda  70  gramm 
oqsil zarurdir.  Ozuqa yoki yemishni to’yimlilik darajasi aminokislota 
tarkibiga  bog’liqdir.  Oqsillar  bir-biri  biln  aminokislota  tarkibi  bilan 
farq qiladi. Aminokislotalar o’z navbatida organizmda sintezlanadigan 
va 
sintezlanmaydigan 
guruhlarga 
bo’linadilar. 
Organizmda 
sintezlanmaydigan aminokislotalar almashinmaydigan aminokislotalar 
guruhini  tashkil  etib,  quyidagilar  kiradi:    gistidin,  izoleytsin,  leytsin, 
lizin,  metionin,  fenilalanin,  treonin,  triptofan,  valin  va  arginin.  Ba’zi 
organizmlar  oz  bo’lsa  ham  argininni  sintez  qilish  qobiliyatiga 
egadirlar. 
           Fermentlar  oqsil  moddalarni  eng  muhim  sinfi  bo’lib, 
o’zlarining  biologik  vazifalar  bo’yicha  universaldir.  Fermentlar  tirik 
hujayrada  sodir  bo’ladigan  kimyoviy  reaksiyalarni  o’ziga  xos  va 
yuqori  samarali  katalizatorlaridir.  Hozirgi  vaqtgacha  bir  necha  ming 
fermentlar  tavsiflab  o’tilgan  bo’lib,  mingdan  ortig’i  toza  holatda 
ajratib  olingandir.  Yuzlab  oqsil-fermentlarni  aminokislota  ketma-
ketligi  aniqlangan  bo’lib,  eng  ma’lumlari  rentgen  tahlil  usuli  bilan 


 
48 
to’liq  fazoviy  tuzilishi  aniqlangan.  Hayot  faoliyatini  o’rganish 
sohasidagi  istalgan  muammoni  tekshirish  albatta  tegishli  fermentlar 
sistemasi  bilan  bog’liqdir.  Fermentativ  jarayonlar  insoniyatga 
qadimdan  ma’lum  dir.  Yunonlar  tomonidan  bijg’itib  vino  olish  keng 
qo’llanilgan.  Qadimgi  dunyoning  ko’pchilik  halqlari  o’simlik  va 
hayvon  xomashyosiga  ishlov  berib  non,  sirka  va  pishloq  olishni 
bilganlar.  Ammo  enzimalogiya  fanining  zamonaviy  rivojlanish  davri 
faqatgina 
   -asrni  boshlaridan  boshlangan.  1814  yilda  rossiyalik 
olim  K.Kirxgof  kraxmal  unayotgan  arpa  donlari  tarkibidagi  ba’zi 
moddalar    ta’sirida  shakarga  aylanishini  kuzatgan.  Farang  olimlari 
A.Payen  va  J.Pirso  1833  yilda  solod  ekstraktidan  olingan  termolabil 
omil  kraxmalni  gidrolizlash  xossasiga  ega  bqlishini  aniqlab  uni 
diastaza  deb  ataganlar.  1837  yilda  I.Berzellus  fermentlar  tirik 
organizmlar  yetkazib  beradigan  katalizatrorlar  ekanligini  ko’rsatib 
berdi. Ana shu vaqtda “ferment”(lot.fermentatio-bijg’ish) va “enzim” 
(yunoncha.

 

-achitqida)  terminlari  paydo  bo’ldi.  1897  yilda 
nemis olimlari H. Buchner va  E.Buchnerlar achitqini infuzor tuprog’i 
bilan aralashtirish natijasida olingan suyuqlik qandni bijg’itib spirt va 
  
 
 
hosil  qilishini  ko’rsatib  berdilar.  Achitqi  suyuqligi  o’z  tarkibida 
fermentlarni  murakkab  aralashmasini  (zimaza)  tutib,  bu  fermentlar 
hujayra  ichida  va  tashqisida  faoliyat  ko’rsatishlari  ma’lum    bo’ldi. 
Birinchi  kristall  holatdagi  ferment  amerikalik  biokimyogar  J.Sumner 
1926  yilda  kanavali  urug’laridan  ajratib  olgan  ureaza  fermentidir. 
1930  yilda  u  pepsin,  tripsin  va  ximotripsinni  ajratib  olib  barcha 
fermentlar  oqsillar  ekanligi  ma’lum    bo’ldi.  Fermentlar  molekulyar 
massasi  10000  dan  1000000  gacha  va  undan  yuqori  bo’ladi.  Ular  bir 
yoki  bir  necha  polipeptid  zanjirlaridan  iborat  bo’lib,  o’z  tarkibida 
nooqsil tarkibiy qismlar(kofaktorlar) -metall ionlari, kichikroq organik 
molekulalar  vitaminlarni  tutadilar.  Fermentlar  yuqori  samarali 
katalizatorlardir: ular reaksiya tezliklarini million va milliardlab marta 
oshirishlari  mumkin.  Masalan,  ureaza  fermenti 
              
mochevina  gidrolizini  10
14
  marta  oshiradi.  Fermentlar  yuqori  o’ziga 
xos  katalizatorlardir.  Shu  bilan  bir  qatorda  ular  substrat  o’ziga 
xoslikka  ega  bo’lib,  yuqori  stereoo’zigaxoslikni  namoyon  qiladilar. 


 
49 
Hozirgi  paytda  qabul  qilingan  tasniflashga  asosan  fermentlar 
katalizlovchi reaksiyalarga ko’ra 6 sinfga bo’linadilar: 
 
1.Oksidoreduktazalar. 
2.Transferazalar. 
3.Gidrolazalar(  bir  guruh  atmolar  ajralib  chiqib  qo’shbog’  hosil 
qiilsh). 
4.Liazalar(qo’shbog’ bo’yicha birikish). 
5.Izomerazalar. 
6.Ligazalar (sintetaza). 
 
Fermentlar bir sinfni ichida kichik va eng kichik sinflarga bo’linadilar, 
shu  asosida  ularni  kodli  raqamlash  (shifr)  qabul  qilingan.  Ferment 
shifri  to’rtta  bir-biridan    nuqta    bilan  ajratilgan  raqamlardan  iborat: 
birinchi  raqam  ferment  sinfini,  ikkinchi  va  uchinchisi  guruh    va 
subguruhni,  to’rtinchisi  esa  fermentni  subguruhcha  pog’onalarini 
tartib raqamini ko’rsatadi. Masalan, kislotali fosfataza 3.1.3.2 shifriga 
ega;  bu  uni  gidrolazalar  sinfiga  (3.1.3.2),  murakkab  efirlar  bog’iga 
ta’sir  etuvchi  guruhga  (3.1.3.2),  fosfat  kislota  monoefirlarini 
gidrolizlovchi  subguruhga  (3.1.3.2)  va  shu  subgurhchadagi  tartib 
raqami 

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish