Ishning bajarilishi
3 ta probirka olib, ularga 5 tomchidan 0,5% li kraxmal eritmasidan tomiziladi, birinchi probirkaga 10 tomchi distillangan suv, ikkinchisiga8 tomchi suv bilan 2 tomchi 1% li NaCl eritmasi, uchinchisiga 8 tomchi suv bilan 2 tomchi 1% li CuSO4 eritmasi quyiladi, hammasiga 5 marta suyultirilgan so’lakdan 10 tomchidan qo’shib, yaxshilab aralashtirib, xona haroratida qoldiriladi. 5 minutdan keyin uchala probirkaga 10 tomchidan distillangan suv, 1 – 2 tomchidan 0,1% li yod eritmasidan aralashtiriladi. Ularning ustiga tajribadagi uchala probirkadagi arlashmaning har biridan 2-3 tomchidan alohida probirkalarga tomiziladi. Yod bilan qilinadigan reaksiya 10-15 minutda yana takrorlanadi. Birinchi probirkadagi suyuqlik binafsha yoki qizil rangga, ikkinchi qizil yoki sariq, uchinchisi esa ko’k rangga kiradi. Demak, ikkinchi probirkada kraxmal yaxshiroq, gidrolizlangan, uchinchisida esa gidroliz umuman ketmagan. Ish natijasi 10 – jadvalda qayd qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |