Ishning bajarilishi
100 mg kazein kukuni 3 ml 10% li oʻyuvchi natriy eritmasida eritiladi. Probirkani shisha nay oʻtkazilgan probka bilan (sovitgich sifatida) berkitiladi va asbest to'r bilan jihozlangan shtativga mahkamlab, qizdiriladi (7-rasm). 1 soatdan keyin gidroliz toʻxtatiladi va suyuqlik filtrlab olingach, filtrdan 2—3 tomchi olib, unga 1 ml molibden reaktivi qoʻshib qizdiriladi. Limon sarigʻi rangli ammoniy-fosfomolibdat choʻkmasi hosil boʻladi.
Qon zardobidan albuminni ajratish
Ishning ummumiy izohi. Hayvon (olam) qoni zardobidan 50% darajada tuz bilan to’yintirish yo’li bilan globulinlar (alfa, betta, gamma ) cho’ktiriladi, so’ngra cho’kma ustidagi suyuqlikdan tuz bilan to’yintirish darajasini 70% ga etkazib turib, zardob albumini cho’ktiriladi va dializ yo’li bilan tuzsizlantiriladi.
Jihozlar va reaktivlar. 50 ml o’lchagich silindr, 50 ml stakan, sentrifuga (vakuum – filtrlagich qurilmasi), SF – 26, 10 ml qon zardobi, ammoniy sulfat, dializ membramasi, hajmi 1 l bo’lgan dializ uchun kamera.
Do'stlaringiz bilan baham: |