LABORATORIYA ISHI №6
SUT TARKIBIDAGI KAZEINNI AJRATIB OLISH, XOSSALARINI O’RGANISH
Kerakli asbob va idishlar: oʻlchov probirkasi, shtativ, probirkalar, pipetkalar, filtr qogʻoz, voronka.
Reaktivlar: kazein kukuni, natriy gidroksidning 10% li eritmasi, sirka kislotaning 10% li eritmasi, mis (II)-sulfatning 1% li eritmasi, konsentrlangan nitrat kislota.
Sutda kazein suvda eriydigan kalsiy tuzi koʻrinishida uchraydi.Kislotali muhit yaratilsa,kalsiy tuzi parchalanib kazein choʻkadi.Bunda ortiqcha miqdorda kislota qoʻshishdan ehtiyot boʻlish kerak,chunki oqsil izoelektrik nuqtadan past pH(kazeinning izoelektrik nuqtasi pH-4,7 ga teng) koʻrsatkichida qayta zaryadlanib erib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |