Биология ва генетика



Download 7,43 Mb.
bet9/110
Sana17.11.2022
Hajmi7,43 Mb.
#867602
TuriЛекция
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   110
Bog'liq
Мойли экинлар

Helianthus turkumi xromosom to‘plamini asosi n – 17 bo‘lgan poliploid qatorini hosil qiladi. Uning diploid (n = 34), tetraploid (2n = 68) va geksaploid (2n = 102) turlari mavjud.
Kungaboqarning ayrim turlari seleksiya jarayoniga sitoplazmatik erkak pushtsizligi (SEP) manbalari sifatida (subsr. retiolaris va lenticularis), yovvoyi turlar ham kasallik va zararkunandalarga chidamlilik manbalari sifatida foydalaniladi.
Kungaboqarda ko‘p miqdorda populyatsiya ichida va populyatsiyalararo belgilarning o‘zgaruvchanligi kuzatilgan, bu esa tanlashning turli usullarini muvaffaqiyatli qo‘llashga olib kelgan.
Kungaboqar ekini seleksiyasining intensivlashtirilishi bilan oxirgi yillarda erkak pushtsizlik va geterozisni, turlararo duragaylashni, mutagenez, poliploidiya va immunitetni genetik – seleksion tadqiqotlarini keskin rivojlanishga olib keldi.
Ayrim xo‘jalik belgi va xususiyatlarni antotsian rangi oddiy yashil rangga nisbatan dominant holatda bo‘ladi, ayrim vaqtlarda antotsian rangi nasldan naslga o‘tishi monogenli bo‘lmay, balki murakkabdir. Normal yashil ranglilik albinizmga nisbatan dominant holatda (geterozigotani ajralishi 3:1). Xlorofill mutatsiyalarning turli xillari borligi aniqlangan. Urug‘ palla osti tirsagi, barg plastinkasining chetlari va barg bandlarining antotsion rangi bo‘yicha pleyotropiya hodisasi kuzatilgan.
Duragaylashda quyidagi belgi va xususiyatlar ustun turadi (dominantlik holatda): barg plastinkasining normal nervlanishi kuchayganiga nisbatan; barg plastinkasining kuchli qirraliligi (arrasimon) – oddiy kuchsizga nisbatan, savatchaning tik turish holati egilganga; changdonlarning oranj (to‘q sariq) pigmentliligi va chang donachalarining sariq rangliligi ularning bo‘lmaganiga (rangsizligiga), chetdagi gullarning tilsimon shaklliligi naysimonga: gullashning proterandrik tipi proterogenikga; chaqiladigan shakllarning (urug‘ini) pistasini oq rangliligi gipodermasida qora pigmentining ta’siri ostida ko‘mirsimonga; urug‘ oldi gepodermasida suvda eruvchan to‘q binafsha rangli pigmentining (antotsian) borligi uning bo‘lmaganiga; epidermisda pigmentining borligi bilan bog‘liq meva po‘stlog‘i qobig‘i chiziq – chiziqligi uning bo‘lmaganiga.
Mevasining po‘chogi bo‘yicha nasldan – naslga o‘tishi oraliq uzatilishi kuzatiladi, ayrim holatlarda ona o‘simligining po‘choq qismining oshishi tomonga qarab borishi kuzatiladi.
A.V.Anashenkoning ishlari natijasida bir necha yil (avlod) davomida insuxt o‘tkazish natijasida yupka puchog‘li shakllarni hosil bo‘lish imkoniyatlari borligi aniqlangan.
Geterozis seleksiyasida va hashaki navlar yaratish maqsadida shoxlanib o‘suvchanlikning dominantlilik va retsessivlilik hodisalari o‘rganildi.
Kungaboqar o‘simligi poyasining bo‘yi bir necha genlar bilan aniqlanadi.
Bo‘g‘imlar orasi yaqinlashgan pakana bo‘yli o‘simliklarning baland bo‘ylilar bilan chatishtirishdan hosil qilingan duragaylarning birinchi bo‘g‘ini (F1) baland bo‘ylilik dominant holatda bo‘ladi, ikkinchi bo‘g‘inda (F2) esa o‘simliklar bo‘yi bo‘yicha cheksiz qator hosil qiladi.
Vegetatsiya davrining davomiyligi ertapishar shakllarning kechpishar shakllari bilan chatishtirganda oraliq holatni egallaydi.
Hosildorlik va moylilik – polimer sonli xususiyatdir.
Murakkab populyatsiyalarda yuqori moylilik yo‘nalishida cheksiz tanlashning muvaffaqiyati genlarning additiv xarakatini ko‘rsatadi. Yuqori moylilik shakllarni kam moylilik bilan chatishtirganda duragaylarning birinchi bo‘g‘inida (F1) yuqori moylilik ustun (dominant) turadi, ya’ni geterozisli nasl kuzatiladi.
Kasalliklarga chidamlilik xususiyatini nasldan – naslga o‘tkazish xarakterini o‘rganish ishlari muhim ahamiyatga ega. Izlanishlar natijasida zang kasaliligiga (R1 va R2), yolg‘on un shudring kasalligiga (Pl1 va Pl2), barg dog‘lanishi va shumg‘iyaga chidamlilik dominant holatda bo‘lishi aniqlangan. Yadroli erkak pushtsizlik gulning germofroditlik xiliga nisbatan retsessiv holatda bo‘lib, odatda nasldan naslga monogen (ms ms) holatda o‘tkaziladi, shu bilan bir vaqtda digenli nazorat va genlarning epistatik o‘zaro xarakatlari holatlari ham kuzatilgan.
P. Leklerk (Fransiyada) Armavirskiy 9345 navidan hosil qilingan erkak pushtsizligini ta’minlaydigan ms genining antotsian rangli gen bilan birlashishini aniqlagan. Rekombinatsiya darajasi 1 % tashkil qilgan.

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish