Биология ва генетика


-mavzu: Kunjut seleksiyasi



Download 7,43 Mb.
bet11/110
Sana17.11.2022
Hajmi7,43 Mb.
#867602
TuriЛекция
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
Bog'liq
Мойли экинлар

2-mavzu: Kunjut seleksiyasi.


Reja:
1. Kunjutning ahamiyati va ekilish tarixi.
2. Kunjut seleksiyasining yo‘nalishlari va vazifalari.
3. Kasalliklarga chidamli navlar yaratishga qaratilgan seleksiya.
4. Kunjut seleksiyasi usullari.

Kunjut- O‘zbekistonda kadimdan ekiladigan asosiy moyli ekinlardan biri. U urug‘i tarkibidagi moy miqdori bo‘yicha moyli ekinlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Sovuq presslash yo‘li bilan olingan kunjut xushta’mligi bo‘yicha tenglashadi.


Kunjut urug‘idan konditer sanoati, meditsinada, shuningdek, konservalar, non mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.
Issik presslash yo‘li bilan olingan o‘simlik moyi texnik maqsaddlarda ishlatiladi, shuningdek, uni kuydirib qurimidan a’lo sifatli tush tayyorlanadi.
Kunjut urug‘ 48-65 % moy, 16-19 5 oqsil, 15,7-17,5 % eriydigan uglevodlar saqlanadi. Sovuq presslanganda olingan kunjarasi tarkibida 40% oqsil, 8% moy saqlanadi va u konditerlikda ishlatiladigan un, holva tayyorlashda, chorva mollari uchun kontsentratlangan ozik sifatida foydalaniladi. Issik presslashda hosil bo‘lgan 100 kg kunjarasida 132 o.b. saqlanadi.
Kunjut moyli ekinlarning eng qadimgilaridan hisoblanadi. Arxeologik qazilmalariga ko‘ra yegipetda fir’avinlarning maqbaralaridan, Samarqanda Sug‘diyona qazilmalarida kunjut urug‘lari va o‘simligi suratlari topildi. Bu ekinning tarqalishi eramizgacha bo‘lgan IV asrga borib tarqaladi va Aleksandr Makedonski nomi bilan bog‘liq. Uning sipoxlari kunjut moyi bilan oziqlanishgan, o‘zlari bilan kunjut urug‘lari olib yurganlar. Kunjut urug‘lari ularning otlaridagi xurjunlardan to‘kilgan, shuningdek, moyini ajratib olishayotganda urug‘i yerga tushgan, kunjut shu tariqa bir kator mamlakatlarga tarqalgan.
Kunjutning madaniy o‘simlik sifatida qachondan ekila boshlagani noma’lum. Gerodot shunday deb yozadi: «Assiriyada zaytun moyi yo‘q, assiriyaliklar daraxtday bo‘lib o‘sadigan kunjut o‘simligi moyini ishlatadilar». Ksenofont «Greklar tarixi» nomli kitobida askarlar yuzlari va badanlarini sovuqdan himoya kilish uchun kunjut moyi bilan moylaydilar, deb ma’lumot bergan. Katta Pliniy «Batiiy tarix» kitobida Gresiya va Kichik Osiyoda kunjutning o‘sishi haqida to‘xtalib, kunjut Hindistondan kelib qolgan, degan g‘oyani ilgari so‘radi. Hindistonda qadimgi adabiyotlarda kunjut haqida ko‘p ma’lumotlar berilgan. Xitoyda kunjut eramiz boshlarida ekilgan. Kunjutning vatani Janubiy Afrika va Hindiston degan qarama-qarshi fikrlar mavjud. Aslida esa, kunjut avlodlarining 35 tasidan 28 tasi Afrikadan tarqalgan. Shuni hisobga olib, uning vatani Janubiy Afrika, deyish mumkin.
Kunjut Hindistonga ehtimol aholining kuchib yurishi natijasida Efiopiya va Eritriyadan kelib qolgandir. Kunjut Hindistondan g‘arbga va sharqqa, Xitoyga, so‘ngra Yaponiyaga tarqalib, o‘ziga xos hosildor turlari shakllanadi. G‘arbga O‘rta Osiyo va Afg‘oniston orqali O‘rta yer dengizi mamlakatlari va Shimoliy Afrikaga yoyildi. Shimoliy Afrika va O‘rta yer dengizi mamlakatlarida bir xil kunjut turlari uchraydi.
Rossiyada kunjut XVIII asr oxirlarida tarqaldi, urug‘lari O‘rta Osiyodan keltirilib ekildi. Kunjut moyi sifat jihatlari bilan zaytun moyiga o‘xshashligi uchun mamlakatning shimoliy va janubiy hududlarida yetishtirilgan, kunjut ekkanlarga bepul yer, shuningdek, mukofotlar berish yo‘lga qo‘yildi. Lekin barcha o‘rinishlar kutilgan samarani bermadi. Havo harorati pastligi, hududda yangi ekin bo‘lgani tufayli kunjut katta maydonlarda yetishtirilmagan.
Turkistonda kunjut juda qadimdan ekilib kelinadi. Mahalliy aholini kunjut yetishtirgani uchun hech qanday mukofot va qo‘shimcha daromad olmagan, ammo ular moyini iste’mol qilishi uchun kunjutni eramizgacha bo‘lgan davrdan bugungi kungacha yetishtirib kelmoqdalar. Turkmaniston, Tojikiston va Qirgizistonda tuprok-iklim sharoiti mos bo‘lgani bois dehqonlar kunjut yetishtirishga alohida e’tibor qaratishgan. Havo xushbo‘y moy beradi.
Mustakillikka erishilganidan so‘ng ham kunjut mamlakatimiz miqyosida katta maydonlarga ekilmadi, uning moyini sevib iste’mol qiluvchi ayrim hamyurtlarimiz tomonidan yetishtirildi.
Kunjutning vatani Afrika. O‘zbekistonga kunjut Panjob (Pokiston) orqali kirib kelgan. Markaziy Osiyo mamlakatalarida keng tarqalgan.
Jahon dehqonchiligida kunjut 7 mln. gektar maydonda ekiladi. U Hindiston, Pokiston, Xitoy, Birma, Meksika, Afrikada ko‘p ekiladi.
O‘zbekistonda kunjut sug‘oriladigan va lalmikorlikda yetishriladi. Sug‘oriladigan yerlarda hosildorligi 2-2,5 t\ga, lalmikorlikda 1-1,5 t/ga.
Madaniy yoki ind kunjut – Sesamum indicum L. bir yillik usimlik. Kunjutsimonlar oilasiga mansub. Uning 19 turi ma’lum, ammo kiladigan hamma navlar madaniy kunjut turiga kiradi.
Kunjut tuprokda 1,2-1,5 m chuqurlikda kirib boruvchi o‘qildizga ega. Poyasining bo‘yi sug‘oriladigan yerlarda 100-150 sm, lalmida 50-80 sm, to‘rt yoki sakkiz qirrali, yashil tuklar bilan qoplangan. Turlar nav xususiyatlariga qarab zich yoki siyrak bo‘lishi mumkin. Poyasi ayrim navlarida shoxlanuvchan, shoxlari yuqori qarab o‘sadi. Bir tup o‘simlikda 4-12 shox hosil bo‘ladi. Shoxlanmaydigan shakllari ham bor.

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish