O‘simlik turli organlarining O2 yutishi va CO2 ajratishi.
Ishning maqsadi. O’simlik turli organlarining O2 va CO2 ajratishini titrlash usuli yordamida aniqlash.
Kerakli reaktiv va asboblar:1.Unayotgan har xil o‘simlik urug‘lari. 2.0,02 n li HCl eritmasi. 3. 0,02nli Ba(OH)2 4.Byuretka. 5. 300-500ml hajimli kolbalar. 6. 1%li fenolftalein eritmasi. 7. Tarozi va uning toshlari. 8.Mis yoki dokadan tayyorlangan qopcha. 9.Ilgak o‘rnatilgan tiqin. 10.Soat.
Bu usul, 1g o‘simlik organlarining 1soat davomida nafas olishi natijasida ajratib chiqargan CO2 miqdorini hisobga olishga asoslangan. Nafas olish jarayonida ajratib chiqargan CO2 idishdagi Ba(OH)2 eritmasi bilan bog‘lab olinadi. Natijada bariy gidroksid konsentratsiyasi kamayadi. Reaksiya ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi.
Ba(OH)2 +CO2→ BaCO2 +H2O
Karbonat angidrid bilan bog‘lanmasdan qolgan bariy gidroksid eritmasi, HCl yordamida titirlanadi.
Ba(OH)2 +2HCl→ BaCl2+2H2O
Tajriba variantiga olingan Ba(OH)2 ni titirlashga ketgan kislota miqdori nazorat varyantiga sarf bo‘lgan kislota miqdori bilan solishtiriladi. Nazorat varianti bilan tajriba varianti o‘rtasidagi farq (ayirma), nafas olishda ajralib chiqqan CO2 miqdorini bildiradi. Tajribaga ajratiladigan vaqt, olinadigan o‘simlik organlar turiga va ularning qancha miqdorda olinishiga qarab belgilanadi. Shu bilan birga, tajribadan ishonchli natijalar olish uchin nafas olish jarayonida ajralib chiqadigan CO2 olingan bariy gidroksid eritmasining 50 % dan kam bo‘lmagan mikdorini neytrallash zarurligini ham unitmaslik kerak.
Ish tartibi va topshiriqlar: Tajriba uchun 250-500 millilitr hajmli bankadan ikkita olib, ularga 3 ta rezina tiqin tayyorlanadi. Shulardan ikkitasi tajriba varianti uchun ishlatiladi. Tiqinlardan biriga, ulanayotgan urug‘ solinadigan savat uchun ilgak o‘rnatiladi. Ikkinchi tiqinga 2 ta teshik ochib, ulardan biriga, ohak solingan shisha naycha o‘rnatiladi, ikkinchi teshikka esa, bariy gidroksidini titrlash paytida byuretka uchini kiritib qo‘yishga mo‘ljallangan shisha naycha o‘rnatiladi.
Uchinchi tiqin, nazorat variant uchun ishlatiladigan kolba og‘zini berkitishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda hech qanday teshik bo‘lmaydi.
Tajriba boshlanganga qadar har ikkala kolbaning og‘zi 10-15 daqiqaga ochib qo‘yiladi. Shu davr ichida 5-10 g unayotgan urug‘dan olib savatga solinadiva uni tiqindagi ilgakka osib qo‘yiladi. So‘ngra, har ikkala kolba og‘zi, maxsus tayyorlangan tiqin bilan bekitilib, unga 20-25 ml Ba(OH)2 eritmasidan quyiladi. Kolbaga eritmani qo‘yib bo‘lgach, bu tiqin chaqqonlik bilan olinadi va uning o‘rniga unayotgan urug‘ ornatilgan tiqin qo‘yiladi.nazorat variant uchun olingan kolbaga ham xuddi, shu tartibda bariy gidroksid eritmasi maxsus tiqindagi teshik orqali quyiladi, va uning og‘zi oddiy tiqin bilan bekitiladi.
Unayotgan urug‘ joylashtirilgan savatcha ilingan tiqinni kolba og‘ziga qo‘yish bilan tajriba boshlangan hisoblanadi. Tajribanini boshlanish vaqti daftarga yozib qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, mabodo tajriba uchun o‘simlikning yashil organlaridan olingan bo‘lsa, kolba ustiga qora material yoki qora qog‘oz o‘raladi.bunday qilishimizga asosiy sabab, yashil pigment tutgan o‘simlik qisimlarida, nafas olish bilan bir vaqitda, fotosintez jarayoni ham ketishi tabiiy. Tajriba paytida kolbadagi bariy gidroksid eritmasi ustida oq parda qavatining hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida,kolba vaqti-vaqti bilan chayqatilib turiladi. Xuddi shu tartibdagi amaliy ishlar,nazorat variantiga olingan kolbada ham olib boriladi.
Tajribaga ajratilgan vaqt (30-60daqiqa) tamom bo‘lishi bilan, kolba og‘ziga qo‘yilgan (material osilgan) tiqin olinib, bariy gidroksid eritmasi ustiga 1-2 tomchi fenolftalein tomiziladi va kolba og‘ziga maxsus tiqin bekitilib, eritma 0,02 n li HCl bilan rang o‘chgunga qadar titrlanadi. So‘ngra nazorat variantdagi Ba(OH)2 eritmasi ham xuddi shu usulda HCl bilan titrlanadi.
Nazorat kolbasidagi bariy gidroksid eritmasini titrlashga ketgan HCl miqdoridan, tajriba variantiga sariflangan kislota miqdori ayirib tashlanganda, topilgan qiymatni0,44 ga ko‘paytirsak, ma’lum vaqt ichida urug‘ning nafas olishi natijasida ajralib chiqqan CO2 ning milligrammlar mikdorini topamiz.
Bariy gidroksid 0,02 n li eritmasining har millilitri 0,44 mg CO2 ga to‘g‘ri kelganligi sababli ham, nazorat bariant bilan tajriba varianti o‘rtasidagi ayirmani shu songa ko‘paytiriladi. Bariy gidroksid titri quyidagicha topiladi.
T=HCl/Ba(OH)2
Bundan chiqqan natija yuqoridagi jadvalga yozib olinadi. Nafas olish jadalligi (NOJ)esa quyidagi formula bilan topiladi.
NOJ=(a-b)*T*0,44/ p*t
nazorat kolbadagi bariy gidroksidini titrlash uchun ketgan HCl miqdori (ml. hisobida)
tajriba variantidagi Ba(OH)2 ni titrlash uchun sarf bolgan HCl ning miqdori,(ml).
T-barit titri (ml).
p- tajribaga olingan unayotgan urug‘ (g).
t- tajribaga ketgan vaqt, soat hisobida
0,44-0,02 normalli HCl ning har bir millilitriga to‘g‘ri keladigan CO2 ning mg miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |