Variant.
Xlorofillning fotokimyoviy faolligini aniqlash.
Kerakli reaktiv va asboblar: 1.O‘simliklar bargi yoki uning novdasi. 2. 0,025 n Ba(OH)2 eritmasi. 3. 0,025 n HCl eritmasi, 4. 1% li fenoftalien. 5. 1,5-2 l hajmdagi yumaloq qolba, 6. Qolba uchun tiqin, 7. 200-500 vattli elektr lampa, 8, Kristallizatorlar, 9. Pichoq, 10. Qaychi, 11.Byuretka, 12.Texnik tarozi va uning toshlari. 13.Shtativ, 14.Qaynatilgan suv, 15. Millimetr qog‘ozi, 16.Filtr qog‘oz, 17. Oq mato, 18.Qora mato.
Bu usul fotosintez jarayonida barg tomonidan yutilgan CO2 miqdorini aniqlashga asoslangan. Fotosintez tezligini bu usul bilan aniqlashda, o‘simlik bargi yoki uning novdasi, og‘zi germetik ravishda berkitiladigan qolbaga joylashtiriladi va ma’lum vaqt davomida yorug‘likka qo‘yiladi. Qolbalarda CO2 miqdorini ochiq xavodagidek bo‘lishligini ta’minlash uchun ularning og‘zi, tajriba boshlangunga qadar bir xil sharoitda ochiq qoldiriladi. So‘ngra, qolbalarning bittasiga o‘simlik bargi yoki novdasi o‘rnatilgan tiqin, ikkinchisiga esa , bargsiz tiqin germetik ravishda berkitiladi va ma’lum vaqtga har ikkala qolba bir xildagi yorug‘likda qo‘yiladi. O‘simlik novdasi solingan qolbani yorug‘likka qo‘yish bilan uning ichidagi CO2 miqdori kamaya boradi. CO2 miqdorining kamayishi fotosintez jarayonining boshlanganligidan dalolat beradi. Barglarga qancha miqdorda CO2 yutilganligini qolbaga solingan bariy gidroqsidni, kislota bilan titrlash orqali aniqlanadi.
Buning uchun, tajribaga berilgan vaqt tamom bo‘lishi bilan , qolba ichidagi o‘simlik novdasi olinadi va katta tezlik bilan tiqindagi teshik orqali 20 ml Ba(OH)2 eritmasini solib, unga 2-3 tomchi fenoftalien tomiziladi va qolba og‘zi berkitilgan holda yaxshilab chayqatiladi. Natijada, qolba ichida fotosintez davrida bargga yutilmasdan qolgan CO2 bariy gidroksidi bilan bog‘lanadi.
Ba(OH)2+CO2=BaCO2+H2O
Xuddi shu tartibdagi ishlar nazorot qolbada ham olib boriladi. Ma’lumki, o‘simlik tushirilmagan qolbada CO2 o‘zlashtirilishi bo‘lmaganligi sababli, qolbaga bariy gidroqsidini solgan paytdagi neytrallanish tajribadagiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Mana shu nazorot va tajriba qolbalariga olingan Ba(OH)2 ni HCl bilan titrlashga ketgan farqqa qarab, o‘simlikka yutilgan CO2 miqdori topib olinadi.
Ba(OH)2+ HCl=BaCl2+2H2O
Tenglamadan ko‘rinib turibdiki, reaktsiyaga har bir mol HCl ga 0,5 mol CO2 ya’ni 44:2=22 CO2 to‘g‘ri keladi. Demak, tajribaga ishlatiladigan 0,025 n. HCl ning har bir millilitrida 0,000025 mol HCl bo‘lar ekan. Bu son o‘z navbatida 22 x 0,000025=0,00055 g yoki 0,55 mg CO2 ekvivalentdir.
Eslatib o‘tamiz, tajriba davrida tiqinlarni olyotgan yoki berkitilayotgan paytda kolbaga ko‘l tekkizmasdan toza oq latta bilan ushlansa, bu usul yaxshi natija beradi.
Fotosintez tezligini yanada aniqroq olib borish uchun, barglarning nafas olishini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Buning uchun 3 ta kolba olib, ularning atrofi qora qog‘oz yoki qora material bilan o‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |