«biologiya» kafеdrasi


Variant. Ishning maqsadi



Download 3,14 Mb.
bet44/62
Sana11.04.2022
Hajmi3,14 Mb.
#542262
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62
Bog'liq
Osimliklar fiziologiyasi fanidan laboratoriya ishlanmasi 2021-2022oquv yili

Variant.

Ishning maqsadi. Unayotgan urug’lar va o’simliklarda nafas olish jadalligini CO2 miqdorini hisobga olish usuli bilan aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar. 300-500 sm3 hajmli kolbalar, ilmoqli tiqinlar, doka xaltacha, 0,1 NaOH yoki KOH , 0,1 n HCl, fenolftalein, byuretkalar, analitik tarozi, qora xaltachalar, unayotgan urug’lar va o’simliklar.
Umumiy tushuncha: O’simliklarning nafas olish jarayoni turli xil usullar bilan, ya’ni qabo`l qilingan kislorod miqdorini yoki ajralib chiqayotgan karbonat angidridni hisobga olish va boshqa usullar bilan aniqlash mumkin. O’simliklarning nafas olish jarayonida ajralib chiqqan karbonat angidridning miqdorini maxsus yutuvchi eritma NaOH yoki KOH eritmalarini ishlatib aniqlash mumkin. Bu reaksiya tenglamasi quyidagicha yoziladi:
C O2 +NaOH Na2CO3 + H2O
O’z navbatida qolgan ishqor miqdorini esa neytrallash reaksiyasidan foydalanib aniqlash mumkin:


NaOH +HCl NaCl + H2O


Ish tartibi va topshiriqlar: Bu mashg’ulotni o’tkazish uchun 300-500 sm3 hajmdagi kolbalardan foydalaniladi. Kolbalarning og’ziga maxsus ilmoqli tiqinlar germetik holatda o’rnatiladi. Ishni boshlashdan oldin bir necha minut (10-15) davomida kolbalarning tiqinlari ochilib laboratoriyadagi bir xil havo bilan ta’minlanadi. So’ngra maxsus byuretkadan foydalanib, kolbalarga 25 ml dan kontsentratsiyasi 0,1 n normal bo’lgan NaOH solib chiqiladi va kolbalarning tiqini bekitiladi. Tekshirilayotgan o’simlik namunasidan (o’simlik bargidan esa 5 g) yoki urug’lardan 10 g tortib olinib, dokadan tayyorlangan xaltacha solinadi (10-rasm).


10-rasm. Urug’larning nafas olish jarayonini aniqlash
a-ilmoqli tiqin, b-kolba, v-urug’ solingan xaltacha, g- ishqor

Bu xaltachalar kolba tiqinning ostki ilmog’iga osib qo’yiladi. O’simlikning yashil qismlari ishlatilganda esa ularni xaltachaga solinmasdan osib qo’yish mumkin. Tajribada o’simliklarning yashil qismidan foydalanilganda kolbalarning usti qora xaltacha yoki qora qog’oz bilan yopib qo’yiladi.


Urug’lar ishlatilganda esa kolbalarning ustini yopish shart emas. Tajriba 30 minut davomida o’tkaziladi. Bu vaqt ichida kolbalardagi eritma ustiga parda hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun 2-3 marotaba sekinlik bilan chayqatiladi. Tajribaning eng muhim talablaridan birishuki ilmoqda osilgan urug’li xaltacha yoki o’simlik qismi ishqorga tegmasligi kerak.
Tajriba vaqti tugagandan so’ng kolbadagi urug’lar yoki o’simliklar olinadi va undagi ishqorga 2-3 tomchi fenolftalein tomiziladi. Kolbalarda hosil bo’lgan rangli eritma kontsetratsiyasi 0,1n HCl eritmasi bilan titralanadi. Titrlash uchun sarflangan kislota miqdori belgilab olinadi.
Nazorat uchun yuqorida o’tkazilgan tajriba kolbalarga urug’ yoki o’simlik solmasdan takrorlanadi. Olingan natijalar jadvalga yozib boriladi.

jadval


O’simlik yoki urug’

Tajriba vaqti

Titrlash natijasi

Nafas olish
jadalligi

boshlanishi

oxiri

Tajriba uchun

Nazorat uchun

















Olingan natijalardan foydalanib quyidagi tenglama bo’yicha nafas olish jalalligi aniqlanadi:

D=



    1. nafas olish jadalligi (bir soatda 100 g urug’ yoki o’simlikdan ajralgan CO2 miqdori, mg), a- nazorat (o’simliksiz) variantdagi ishqorni titrlash uchun sarf bo’lgan kislota miqdori (ml), b – tajriba variantidagi ishqorni titrlash uchun sarf bo’lgan kislota miqdori (ml), k – titr to’g’rilagich (10 ml 0,1 n NaOH ni titrlash uchun sarflangan HCl ning nisbati ), 2,13- 1 ml CO2 ning 1 ml 0,1 n HCl ga teng bo’lgan ekvivalenti, P – tajribadagi urug’ yoki o’simlik og’irligi (g), t-tajriba davom etgan vaqt (daqiqa), 60- minutni soatga aylantirish koeffisiyenti, 100 – 100 g o’simlikka o’tkazish koeffitsiyenti.



Vazifa:

  1. Kolbalarni, eritmalarni, urug’lar va o’simlik namunalarini tayyorlash.

  2. Tajribani o’tkazish.

  3. Olingan natijalarga binoan nafas olish jadalligini hisoblash va xulosa.





  1. Download 3,14 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish