Ish uchun kerakli jihozlar: Baqa, to`g`ri va egri uchlik ko`z qaychilari, pinset, skal`pel`, suv solingan idish, paxta, bint.
Ish bajarish tartibi. Baqaning kalla suyagi ochilib, skal`pel` yordamida miyachasining yarmini extiyotlik bilan kesib tashlanadi, qolgan yarmiga esa shikast etkazmaslik kerak, operasiyadan keyin 5 minut o`tkazib baqaning turish holati kuzatiladi. Bunda baqaning tanasi miyachasi kesilgan tomonga qayishib turadi, chunki baqa miyachasining yarmi saqlangan tomonidagi muskullar tonusi qarama qarshi tomondagi muskullar tonusiga nisbatan ortiq bo`ladi. baqa oyog`iga ta`sir etilsa u aylanma harakat qiladi. Bu ayniqsa suvda suzganda ko`zga yaqqol tashlanadi.
Tajriba laboratoriya daftariga baqaning fazodagi holati va harakatini xulosalab yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |