11-laboratoriya ishi
Ixtiyoriy diqqatning barqarorligini va ko‘chiruvchanligini aniqlash
Nazariy tushuncha: Ixtiyoriy diqqat mehnat faoliyatida rivojlanadi. Mehnatning turlari ixtiyoriy diqqatning har xil xususiyatlarini rivojlantirib boradi. Masalan: Ekranda aniq bir informatsiyaning paydo bo‘lishini kuzatib turgan operatorning diqqat e`tibori juda yuqori turg‘unlikda bo‘ladi. Axborotni eshitib qabul qilish, uni yodda saqlashda ixtisoslashgan telegrafda, diqqatning hajmi rivojlanib boradi. Avtobua haydovchisi o‘z diqqat-e`tiborini bir joydan ikkinchi joyga, (yo‘l, avtobus saloni, richagi, boshqaruv qurilmalari) tez o‘zgartirish qobilyatiga ega bo‘lishi kerak.
Ish anjomlari: Egri-bugri chizilgan chiziqlarni tasvirlovchi maxsus jadval, ikki xil tasvirli rasm, sekundomer.
Do'stlaringiz bilan baham: |