Nazariy tushuncha: Xotira deganda ruhiy jarayonlarning miya po`stlog`ida muhrlanishi, saqlanishi, barcha hayotiy tajribalarni esda saqlashdan iborat. Odamda xotira jarayoni ikkinchi signal sis-temasining ishi bilan chambarchas bog`liq. Tasavurlar odatga ko`ra mustahkam bo`lmaydi.Ular doim o`zgaradi va inson ongida saqlanishi ancha qiyinroq o`tadi. Ko`z o`ngimizda o`tadigan voqe`liklar bizga bog`liq bo`lmasdan sodir bo`ladi. Masalan Buxorodan yoki Toshkentdan Orol dengizini ko`rib bo`lmaydi. Lekin kitobdan, televizor ko`rsatmalaridan kitoblardan Orol to`g`risida ko`p fikrlar, yoki gapirib berish mumkin. CHunki o`qigandan keyin u to`g`risida axborot tushunchalar paydo bo`ladi. Xotira orqali ko`rmagan narsalar to`g`risida fikr yuritish mumkin. Xotira eslash va saqlash jarayonida namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |