Biologiya
II variant
1. Quyosh energiyasidan foydalanuvchi organizmlar qanday nomlanadi?
A. Geterotrof. B. Xemotrof. C. Fototrof. D. Saprofit.
2. Embrional rivojlanish davri tugagandan keyin bo‘linmaydigan va organizmning umri davomida o‘z funksiyasini bajaruvchi hujayrani aniqlang.
1. Nerv, 2. Suyak iligi, 3. Muskul. 4. Epidermis. 5. Ichak epiteliysi.
A. 1, 2. B. 4, 1. C. 3, 5. D. 1, 3.
3. DNK sinteziga tayorgarlik davrida qanday jaraynlar sodir bo‘ladi?
1. Oqsil va RNK sintezlanadi. 2. DNK molekulasi ikki hissa ortadi. 3. Fermentlarning faolligi ortadi. 4. Hujayra jadal o‘sadi. 5. Hujayra markazi soni ikki marta ortadi.
A. 1, 3, 4. B. 2, 3, 5. C. 2, 3, 4. D. 1, 2, 5.
4. Fototrof organizmlarni aniqlang.
1. Ochiq urug‘lilar. 2. Yopiq urug‘lilar. 3. Qiriqquloqlar. 4. Plaunlar. 5. Gidra. 6. Assidiya.
A.1,2,5,6. B.2,3,4,6. C.1,2,4,5. D.1,2,3,4.
5. Tangachaqanotlilar turkumiga kiruvchi hashorotni belgilang.
A. Shira bitlari. B. Osiyo chigirtkasi. C. G‘o‘za tunlami. D. Hasva qandalasi.
6. Qaysi o‘simlikning gultojibargi qo‘shilgan bo‘lib changchilari va urug‘chisi ustida qalpoqqa o‘xshab yopib turadi va gul ochilganda tushib ketadi?
A. Madaniy tok. B. Oq akatsiya. C. Zangori sachratqi. D. Oq saksovul.
7. Soyabonguldoshlarga mansub bo‘lmagan o‘simlikni aniqlang.
A. Kovrak. B. Shuvoq. C. Zira. D. Ukrop.
8. Qaysi suvo‘t tarkibida shakar ko‘p to‘planadi?
A. Laminariya. B. Fillofora. C. Ulva. D. Makrosistis
9. Funariya (a), dala qirqbo‘g‘imi (b), qirqquloqqa (d) xos xususiyatlarni aniqlang.
1) yuksak o‘simliklarning eng qadimiy va juda sodda tuzilgan vakillari hisoblanadi.
2) poyasi va shoxlarining uchida spora beruvchi boshoq hosil bo‘ladi.
3) yosh barglarning uchi o‘ralgan bo‘lib, barg o‘sgan sari yozila boradi.
4) yer betiga ularning bir to‘p patsimon qirqilgan uzun barglari o‘sib chiqadi.
5) nam tuproqqa tushgan sporasi o‘sib, ko‘p hujayrali, shoxlangan, ingichka yashil iplarni beradi.
6) sporalari barglarining ostki tomonida yoki chetida joylashgan qo‘ng‘ir rangli bo‘rtmalar (soruslar) ichiga joylashgan sporangiylarda yetishadi.
7) uning shoxlari faqat poya bo‘g‘imlaridan chiqadi va bo‘g‘imlarda halqa hosil qilib joylashadi.
8) barglari mayda bo‘lib, poya va shoxlardagi bo‘g‘imlarda halqa hosil qilib o‘rnashgan.
9) ayrimlarining tanasi, xuddi suvo‘tlarning tanasiga o‘xshash, bargsimon tallomdan iborat.
10) erta bahorda ildizpoyasidagi kurtaklardan qo‘ng‘ir rangli, shoxlanmagan poya o‘sib chiqadi.
A. a- 9, 2, 5; b- 7, 8, 6; d- 1, 10, 4, 3. B. a- 6, 1, 10, 8; b- 9, 2 , 7; d- 4, 3, 5.
C. a- 5, 1, 9; b- 8, 2, 10, 7; d- 4, 3, 6. D. 7, 1, 3; b-4, 2, 10, 5; d- 8, 9, 6.
10. Mitoz jarayoni bosqichlarining ketma-ketligini to‘g‘ri belgilang.
1. Anafaza. 2. Profaza. 3. Interfaza. 4. Metafaza. 5. Telofaza.
A. 3,2,1,5. B. 2,4,1,5. C. 3,4,5,1. D. 2,1,4,5,3.
11. Jinsiy bezlarda hosil bo‘lgan maxsus jinsiy hujayrlar hisobiga nasllar gallanishi va rivojlanishi nima deb ataladi?
A. Jinsiy ko‘payish. B. Jinsiz ko‘payish. C. Vegetativ ko‘payish. D. Gametogenez.
12. Organizmlar genotipini xilma-xil bo‘lishida katta ahamiyatga ega jarayonni belgilang.
A. Jinsiy ko‘payish. B. Jinsiz ko‘payish. C. Vegetativ ko‘payish. D. Partenogenez.
13. Kolorado qo‘ng‘izi tuxumini qayerga qo‘yadi?
A. Daraxtlarning barglariga. B. Daraxtlarning po‘stlariga.
C. Barglarning ostlariga. D. Tuproqqa.
14. Moyli o‘simliklarni aniqlang.
1) kungaboqar; 2) makkajo‘xori; 3) zig‘ir; 4) g‘o‘za; 5) soya; 6) loviya; 7) kunjut; 8) maxsar; 9) bug‘doy;
A. 1,2,4,6,8,9. B. 1,3,4,5,7,8. C. 2,3,5,7,8,9. D. 1,3,5,6,8,9.
15. Glyukozaning parchalanish reaksiyalarida ajralgan energiya nimaga sarf bo‘ladi ?
A. Oqsil biosinteziga. B. ATF sinteziga. C. Fotosintezga. D. Xemosintezga.
16. Prokariot organizmlarni toping.
1. Bakteriyalar. 4. Infuzoriya tufelka. 7. Nostok.
2. Archa. 5. Achitqi zamburug‘i. 8. Ossilatoriya.
3. Lishayniklar. 6. Hayvonlar.
A. 1,7,8. B. 1,4,5. C. 3,5,8. D. 1,3,7.
17. Eukariot hujayraga xos belgilarni toping.
1. Yadrosi shakllanmagan. 2. Yadrosi shakllangan. 3. DNKsi halqasimon shaklda.
4. DNKsi oqsillar bilan kompleks hosil qilmaydi. 5. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. 6. Jinsiy yo‘l
bilan ko‘paymayadi. 7. Mitoxondriya, plastidalari bor. 8. Ribosomalari mavjud.
A. 1,3,4,6,8. B. 2,5,7,8. C. 2,3,5,7,8. D. 2,3,4,5,7.
18. Sitoplazmaning ma’lum vazifani bajarishga ixtisoslashgan tuzilmasi nima deb ataladi?
A. Yadro. B. Organoid. C. Kiritma. D. Sitoplazma.
19. Qirqquloqlarning tuproqqa tushgan sporalaridan o‘sib chiqadigan yuraksimon o‘simta nima deb ataladi?
Javob_____________________________________________________________
20. Archaning urug‘kurtagidagi arxegoniy ichida qanday hujayra yetiladi?
Javob_____________________________________________________________
21. Markaziy nerv sistemasiga nimalar kiradi?
Javob_____________________________________________________________
22. Sechenov qanday sezuvchanlikni yashirin sezgi deb atagan?
Javob______________________________________________________________
23. Qaysi qushlar daraxt kovagiga uya quradi?
Javob______________________________________________________________
24. Tuxum yo‘nalishida boqiladigan tovuq zotlarini yozing.
Javob______________________________________________________________
25. Ko‘z funksiyasiga ko‘ra qanday qismlarga bo‘linadi?
Javob___________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |