3. Simbioz yashovchi organizmlar va ularning o‘zaro bog‘liqligini misollar asosida tushuntiring.
4. Odam organizmida nafas olishning boshqarilishi.
2016 yil 9 sinf Biologiya
I variant
1. Qaysi zamburug‘lar chorva mollari va parrandalar ovqatiga qo‘shib beriladi?
A. Qalpoqchali zamburug‘lar, achitqi zamburug‘lar.
B. Zang zamburug‘i.
C. Mog‘or zamburug‘lari.
D. Qalpoqchali zamburug‘lar, achitqi zamburug‘lar.
2. Fagotsitoz qanday jarayonga kiradi?
A. Ekzotsitoz. B. Endotsitoz. C. Osmotik. D. Gidrolitik.
3. Gulli o‘simliklar endospermida xromosoma to‘plami qanday bo‘ladi?
A. Diploid. B. Gaploid. C. Poliploid. D. Triploid.
4. Tufelka sitoplazmasida qaysi organizm yashaydi va uni ozuqa bilan ta’minlaydi?
A. Xlamidomonada. B. Amyoba. C. Evglena. D. Xlorella.
5. No‘xot o‘simligining qaysi belgisi retsessiv holda irsiylanadi?
A. Gul rangining qizilbo‘Iishi. B. Don shaklining silliq bo‘lishi.
C. Poyasining uzun bo‘lishi. D. Dukkagining bo‘g‘imliligi.
6. Mikroskopning ko‘rish kuchi nimaga teng?
A. 600 marta. B. 400 marta. C. 200- 300 µmk. D. Yorug‘lik to‘lqin uzunligiga.
7. "Steroidlar" qaysi organik moddalar guruhiga kiradi?
A. Oqsillar. B. Lipidlar. C. Nukleotidlar. D. Uglevodlar.
8. Simbioz gipotezasiga ko‘ra qaysi organoidlar yadro membranalaridan kelib chiqqan?
A. Xloroplast, sentrosoma. B. Endoplazmatik to‘r, Golji majmui.
C. Golji majmui, lizosoma, sentrosoma. D. Lizosoma, ribosoma.
9. Biogeosenozlar nimalarni o‘z ichiga oladi?
A. Anorganik va organik moddalar, avtotrof va geterotrof organizmlar.
B. Faqat mikroorganizmlar. O‘simliklar, hayvonlar.
C. Molekula, hujayra, organizm, populyatsiyalar.
D. Anorganik moddalar, topograftk omillar, iqlim, mikroorganizmlar va antropogenomillar.
10. Qaysi hujayra chang naychasini hosil qiladi?
A. Generativ hujayra. B. Tuxum hujayra.
C. Vegetativ hujayra. D. Markaziy hujayra.
11. Tuxum hujayraning rivojlanishi nima deb ataladi?
A. Gametogenez. B. Ovogenez. C. Spermatogenez. D. Ontogenez.
12. Organizmlarning individual rivojlanishi nima deb ataladi?
A. Gametogenez. B. Ovogenez. C. Spermatogenez. D. Ontogenez.
13. Murtakning tashqi qavati nima deb ataladi?
A. Mezoderma. B. Endoderma. C. Ektoderma. D. Blastosel.
14. Embrionlarning o‘xshashlik qonunini yaratgan olimni aniqlang.
A. K. Ber. B. F. Myuller. C. E. Gekkel. D. G. Mendel.
15. Organizmning barcha genlari yig‘indisi nima deb ataladi?
A. Fenotip. B. Genotip. C. Kariotip. D. Allel genlar.
16. Yomg‘ir chuvalchangining muskul qavati ostida qanday toq‘ima joylashgan?
A. Nerv. B. Biriktiruvchi. C. Epiteliy. D. Hosil qiluvchi.
17. Quyidagi tormozlanish turlaridan qaysi biri taasurot birinchi marta qo‘llanilganidayoq ro‘y beradi?
A. So‘nish to‘rmozlanishi. B. Kechikuvchi to‘rmozlanish.
C. Chegaradan tashqari to‘rmozlanish. D. Farqlash to‘rmozlanishi
18. Qumliklarda birgalikda o‘sadigan o‘simliklarni aniqlang.
A. Saksovul, sag‘an, qumtariq, juzg‘un, silen, iloq.
B. Saksovul, turang‘il, qumtariq, yantoq, silen, iloq.
C. Yulg‘un, saksovul, sag‘an, shuvoq, juzg‘un, silen.
D. Ermon, oqquray, juzg‘un, silen, iloq, baliqko‘z.
19. Qaysi organizmlar butun umri davomida o‘sadi?
Javob______________________________________________________________
20. Kurtaklanib ko‘payadigan bir hujayrali organizmni yozing.
Javob_____________________________________________________________
21. Tokdoshlar oilasining gul formulasini yozing.
Javob______________________________________________________________
22. Iplari shoxlanmagan va yirik silindrsimon hujayralardan tuzilgan suvo‘t nima deb ataladi?
Javob______________________________________________________________
23. Ituzumdoshlarga mansub qaysi o‘simlik O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan?
Javob_____________________________________________________________
24. Faqat O‘rta Osiyo xududida tarqalgan va boshqa joylarda uchramaydigan hayvonlarni yozing.
Javob_____________________________________________________________
25. Yassi chuvalchanglar tipiga mansub parazit hayot kechiruvchi hayvonlarni yozing.
Javob_____________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |