Biologiya fakulteti, biologiya yo’nalishi 203-guruh talabasi Ro’ziboyev Sanjarbek Mavzu


Mushak elementlari o’rtacha taraqqiy etgan venalar



Download 38,04 Kb.
bet10/15
Sana21.06.2022
Hajmi38,04 Kb.
#687910
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Қон айланиш доиралари(1-u)[1]

Mushak elementlari o’rtacha taraqqiy etgan venalar (masalan, yelka venasi) devorida ham 3 ta qavat farq qilinadi. Ichki qavat endoteliydan iborat bo’lib, uning hujayralari arteriyalardagiga nisbatan kaltaroq. Biriktiruvchi to`qimadan iborat endoteliy osti qavati sust rivojlangan bo’lib, u yerda uzunasiga yo’nalgan ayrim mushak hujayralari kuzatiladi. Vena ichki elastik membranasi sust rivojlangan bo’lib, u o’rta va tashqi qavatlarning elastik elementlari bilan tutashib ketgan elastik tolalar to’ridan iborat. O’rta qavat sust rivojlangan va unda kollagen tolalar ko`proq bo’ladi. Mushak hujayralari bu yerda aylanasiga yo’nalib, ayrim tutamlar hosil qiladi. Elastik elementlar oz miqdorda bo’ladi. Tashqi qavat bu venalarda eng kuchli taraqqiy etgan. Unda uzunasiga yo’nalgan kollagen tolalar ko’proq bo`ladi. Elastik tolalar esa ozroq. Tashqi qavatda, shuningdek, uzunasiga yo’nalgan silliq mushak tutamlari ham uchraydi.

  • Mushak elementlari kuchli taraqqiy etgan venalarga tananing pastki qismidagi yirik venalar kiradi. Ular tuzilishining o’ziga xosligi, qon oqish tezligining keskin susayishi, tomirda qon bosimining pasayishi qonning o’z og’irlik kuchini yengishi uchun kerak bo’ladigan qo’shimcha zaruriyatlar bilan bog’liq. Tomir devorining har uchala qavatida mushak ele-mentlarining kuchli rivojlanganligi va ichki qavatda klapanlarning borligi ana shu bilan izohlanadi.

    Limfa sistemasi dastlab umurtqalilarda paydo bo’lib, sut emizuvchilarda eng yuqori darajada takomillashgan bo’ladi. To’qimalarda limfa tomirlari bir uchi berk naychalar shaklida boshlanadi va ular o’zaro tutashib limfa kapillyarlari to’rini hosil qiladi. Kapillyarlar a’zo ichidagi limfa tomirlariga aylanadi, bular esa, o’z navbatida qo’shilib, a’zodan limfa suyuqligini olib ketuvchi tomirlarni hosil qiladi. Barcha a’zolardan chiqqan limfa tomirlari o’zaro qo’shilib borib, nihoyat ikkita yirik limfa tomirini hosil qiladi. Ular esa yirik venalarga ochiladi. Limfa tomirlari sistemasining vazifasi modda almashinuvi mahsulotlarini saqlovchi to’qima suyuqligi-ni barcha to’qimalardan olib chiqishdan iborat.
    Limfa kapillyarlari tuzilishi bo’yicha qon kapillyarlariga o’xshasada, bir qator farq qiladigan xususiyatlari ham bor. Limfa kapillyarlari qon kapillyarlaridan keng bo’lib, bir uchi berk naychalar shaklida boshlanadi. Ularning devori bir qavat endoteliy hujayralaridan iborat bo’lib, ular qon kapillyarlarining endoteliy hujayralaridan bir necha marta kattadir. Shu bilan birga limfa kapillyarlari endoteliy hujayralarining ultrastrukturasi birmuncha farq qiladi. Jumladan, limfa kapillyarlarining endoteliy hujayralarining mitoxondriyalari qon kapillyarlarinikiga nisbatan yirikroq va sitoplazmada bir tekis joylashadi. Endoplazmatik to’r, mikropinotsitoz pufakchalari ancha kam uchraydi. Limfa kapillyarlarining endoteliy hujayralari sitoplazmasining elektron zichligi qon kapillyarlarinikiga nisbatan kamroq. Limfa kapillyarlari endoteliy hujayralari plazmolemmasining ichki yuzasi silliq, juda oz sitoplazmatik o’simtalarga ega.
    Limfa kapillyarlarida bazal membrana va peritsitlar bo’lmaydi. Shu sababli limfa kapillyarlari endoteliysi biriktiruvchi to’qimaning oraliq asosiy moddasiga bevosita tutashadi. Limfa kapillyarlari devori tuzilishining xususiyatlari ularning drenajlash funksiyasiga nihoyatda mos keladi.
    Limfa tomirlarini kichik, o’rta va yirik tomirlarga bo’lish qabul qilingan. Limfa tomirlari tuzilishi bo’ycha venalarga o’xshaydi. Ularning o’xshashligi limfa tomirida va venada qon oqish sharoitlari bir xil bo’lishi bilan bog’liqdir. Limfa tomirlari ham venalar kabi mushakli va mushaksiz bo’lishi mumkin. Mayda limfa tomirlari (30–40 mkm) asosan a’zolar ichidagi tomirlar bo’lib, ularda mushak elementlari bo’lmaydi, devori endoteliydan va biriktiruvchi to’qimadan iborat pardadan iborat. O’rta va yirik limfa tomirlari (0,2 mkm dan katta) devorida uch qavat farq qilinadi. Ichki qavatida endoteliy hamda elastik va kollagen tolalaridan iborat endoteliy osti qavati, hamda unchalik yaxshi ifodalanmagan ichki elastik membrana farq qilinadi. Ichki qavat klapanlar hosil qiladi. Klapanlarning asosini biriktiruvchi to`qima tashkil etib, yuzasi bir qavat endoteliy hujayralari bilan qoplanadi. O’rta qavat aylana va qiyshiq yo’nalishdagi silliq mushak hujayralari, shuningdek, kollagen va elastik tolalardan tuzilgan. Tananing pastki qismida joylashgan limfa tomirlarida bu qavat yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi. Adventitsiya qavati biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, unda uzunasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralarining tutamlari uchraydi. Tashqi qavat biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan va unda bo’ylama yo’nalgan silliq mushak hujayralarining yaxshigina rivojlangan tutamlari yotadi. Tashqi qavat eng qalin qavat bo’lib, ichki va o’rta qavatlar qalinligi yig’indisidan ham bir necha marta kattadir.
    11. Yurakda 4 xil klapan mavjud:

    • Aortal

    • Mitral

    • O’pka arteriya klapani

    • Trikuspidal klapan

    Yurak o’zining uzluksiz faoliyati tufayli qonni qon tomirlarga haydab beradi vas hu tariqa uning to’xtovsiz harakatlanishi ta’minlanadi. Ushbu jarayonning buzilishi to’qimada kislorod va oziq moddalarning yetib borishi hamda parchalanish mahsulotlarning organlardan olib ketilishining buzilishiga sabab bo’ladi. Yurak klapanlari qonni bir xil yo’nalishda bo’lmachalardan qorinchalarga, qorinchalardan esa tomirlarga uzatilishini amalga oshiradi. Bordi-yu yurak klapanlarida biror o’zgarish masalan, torayish (stenoz), kengayish kelib chiqsa, har yurak qisqarishida qon odatdagidek harakatlanmay qorincha yoki bo’lmachada yig’ilib boradi yoki noto’g’ri yo’nalishda, ya’ni orqaga harakatlanadi. Oqibatda, yurak kameralariga zo’riqish tushib, faoliyati sustlashadi. Yurakda kengayishlar va yurak yetishmovchiligi kelib chiqadi. E’tiborsizlik qilinganda esa yurak urish maromining buzilishi, yurakda qon laxtasi (tromb) hosil bo’lishi mumkin.

    Download 38,04 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish