Artеriya, vеna va limfa tomirlari dеvorining mikroskopik tuzilishi, vazifasiga moslanishi.
Yurak klapanlarining dеfеktlari va asoratlari.
Yurak va tomirlar tizimining rivojlanishi.
Embrionda kichik va katta qon aylanish tizimi.
Jigar qon aylanish tizimi.
Javoblar: 1. Katta qon aylanish doirasi qon tomirlariga quyidagilar kiradi:
yurakning chap qorinchasidan boshlanuvchi aorta
undan chiqqan bosh, bo‘yin, tana, qo‘l va oyoq arteriyalari
ularning tarmoqlari
a’zolarning mikrosirkulator tomirlari
mayda va yirik venalar
o’ng bo‘lmachaga quyiluvchi yuqori va pastki kovak venalar
2. Aorta (aorta) katta qon aylanish doirasining eng katta toq arteriya tomiridir. Unda uch qism tafovut qilinadi:
aortaning yuqoriga ko'tariluvchi qismi
aorta ravog'i
pastga tushuvchi qismi
Aortaning ko‘tariluvchi qismi (pars ascendens aortae) chap qorinchadan to‘sh suyagining chap chekkasida uchinchi qovurg'a oralig‘ida chiqadi. Boshlangan yerda u piyozga o‘xshab kengayib, 25-30 mm kenglikdagi aorta piyozchasi (bulbus aortae) ni hosil qiladi. Bu sohada aorta devori bilan yarimoysimon qopqoqlar o‘rtasida aortaning uchta sinusi bo‘ladi. Aortaning ko‘tariluvchi qismining boshlanish joyidan yurakning o‘ng va chap tojsimon arteriyalari boshlanadi. Aortaning ko'tariluvchi qismi o‘pka poyasining orqa qismidan ko‘tarilib, II o‘ng qovurg‘a tog‘ayini to‘sh suyagiga qo‘shilgan joyida aorta ravog‘iga o‘tib ketadi. Bu sohada uning kengligi 21-22 mm gacha kamayadi. Bolalarda yurakning yuqori joylashishi munosabati bilan ko'tariluvchi aorta II qovurg‘a tog‘ayi sohasida aorta ravog'iga o‘tadi. Bu soha yoshga qarab o‘zgarib 17-20 yoshda II, 25-30 yoshda III ko‘krak umurtqasi sohasiga tushadi.
Aorta ravog‘i (arcus aortae) II qovurg'a tog‘ayi orqa yuzasidan chapga va orqa tomonga yo'nalib, IV ko‘krak umurtqasi sohasida pastga tushuvchi aortaga o‘tib ketadi. Shu yerda biroz toraygan qism aorta bo‘yinchasi (isthmus aortae) bor. Aorta ravog‘ining ko‘tarilgan yuzasidan uchta yirik arteriya:
yelka-bosh poyasi
chap umumiy uyqu arteriyasi
chap o‘mrov osti arteriyasi
boshlanadi. Uning botiq yuzasidan kekirdak, bronx va qalqonsimon bezga bir nechta mayda arteriyalar chiqadi.
Aortaning pastga tushuvchi qismi (pars desendens aortae) IV ko'krak umurtqasi sohasidan boshlanib, IV bel umurtqasi sohasida o‘ng va chap umumiy yonbosh arteriyalariga bo‘linadi. Bo‘lingan joyi bifurcatio aortica deb ataladi. Aortaning davomi esa ingichka dumg‘azanmg o’rta arteriyasiga (a. sacralus mediana) aylanib, dumg‘azaning chanoq yuzasidan pastga tomon yo'naladi. Aortaning pastga tushuvchi qismi, o‘z navbatida, ko‘krak va qorin qismlariga ajratiladi.