lig. veuosum) aylanadi. O‘pka poyasini aorta bilan qo‘shib turuvchi arteriya nayining ikki uchida bosim kichik qon aylanish ishga tushganidan keyin tenglashadi va unda qon oqishi to‘xtaydi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda nay teshigi torayib bekiladi. Bu jarayon nay o‘rtasidan boshlanib, avval o‘pka poyasi tomoniga keyin esa aortaga qarab yuradi. Nay 8-10 kun davomida butunlay puchayib, arteriya boylamiga (lig. arteriosnm) aylanadi.
Agar arteriya nayi bekilmay qolsa, bolada tug‘ma nuqson paydo bo‘ladi. O‘ng va chap bo‘lmachalardagi bosimning tenglashishi natijasida ular o‘rtasidagi to'siqda joylashgan oval teshik ham asta-sekin bekiladi. Ba’zan bu teshikning bekilishi uzoq vaqt (6-8 oy) davom etishi mumkin. Bu teshik bir yilgacha bekilmasa, bola yuragida tug‘ma nuqson paydo bo'ladi.
14. Jigar qon aylanishi tizimi embrionda mavjud bo’ladi. Homilaga ona qornida rivojlanishining ikkinchi oyidan boshlab bola tug’ulgunigacha davom etadigan plasentar qon aylanishi o’rnatiladi.
Plasentadan homilaga kindik venasi borsa, homiladan plasentaga – ikkita kindik arteriyasi boradi. Bu tomirlar kindik arqonchasini tashkil qiladi va u homilaning kindik teshigidan plasentagacha cho’zilgan bo’ladi. Kindik arqonchasining uzunligi homiladorlikning oxiriga kelib 50-60 sm gacha yetadi. Homilada qonning kislorod bilan to’yinishi va uning karbonat angidrid gazidan tozalanishi plasentada yuz beradi. Homilaning to’qimalari aralash qon bilan ta’minlanadi.
Arterial qon plasentadan kindik venasi orqali homila organizmiga tushadi, kindik venasi homilani jigariga kelib u ikkita shoxga bo’linadi. Ulardan biri pastki kovak venaga venoz oqimi shaklida boshqasi esa qopqa venasiga tushadi. Shu yerda arterial qon venoz qoni bilan aralashadi, jigar venasi orqali pastki kovak venaga qo’yiladi. Shu yo’l bilan pastki kovak venada arterial qon bilan venoz qonining birinchi aralashuvi yuz beradi.
Aralashgan qon pastki kovak vena orqali o’ng bo’lmachaga kelib quyiladi. Bu yerga yana yuqorigi kovak vena orqali ham venoz qoni kelib quyiladi. O’ng bo’lmachada yana qonlarning to’liq bo’lmagan ikkinchi aralashishi amalga oshadi. O’ng bo’lmachadan ancha arteriallashgan qon o’ng va chap bo’lmachalar orasidagi oval shaklidagi teshik orqali chap bo’lmachaga tushadi va undan avval chap qorinchaga va nihoyat aortaga chiqadi.
Ancha venozlashgan qon o’ng bo’lmachadan o’ng qorinchaga va nihoyat o’pka arteriyasi orqali o’pkaga tushadi, nihoyat to’rtta o’pka venasi orqali chap bo’lmachaga kelib quyiladi. Homilada o’pka o’z funksiyasini bajarmaydi. Homilada o’pka arteriyasi keng arterial oqim aortasi yoki botallov oqimi bilan birikadi. Shu sababli ancha yengil yo’l bilan o’ng qorinchadan haydalgan qonning asosiy massasi harakatlanadi. Qonning uchinchi aralashishi amalga oshadi. Aralashgan qon katta qon aylanish doirasi tomirlari bo’ylab organlar va to’qimalarga kelib tushadi, ularga kislorod va to’yimli moddalarni yetkazib beradi, ulardagi karbonat angidrid gazi va almashinuv mahsulotlari bilan to’yinib kindik arteriyasi orqali yana plasentaga qaytadi.
Shunday qilib, homiladagi yurakning har ikkala qorinchalari katta qon aylanish doirasini qon bilan to’ldirib turadi, homilani arterial qon bilan to’yintirib turadi. Homilada arterial qon faqat kindik venasida va venozli yo’lda oqadi. Homilaning barcha arteriyalarida aralash qon aylanadi.