AKSONOMETRIK PROEKSIYALAR TURI
Izometriya.
To`g`ri burchakli izometriyada koordinata o`qlari orasidagi burchak-
lar o`zaro teng, ya`ni 1200 bo`ladi. 4.1a-shakl.
40
Muhandislik va kompyuter grafikasi
3.1-shakl
Qiyshiq burchakli frontal izometriyada (3.1b-shakl), qiyshiq burchakli gorizontal
izometriyada (3.1c-shakl) koordinata o`qlarining o`zaro joylashishiga e`tibor bering.
To’g’ri burchakli izometriyada aylananing ellips shaklida chiziladi, bunda ellipsning
katta o’qi 1.22d ga va kichik o’qi 0.7d ga teng bo’ladi.(3.2-shakl)
3.2-shakl
Dimetriya. To’g’ri burchakli dimetriyada koordinata o’qlari 3.3-a-shaklidagidek,
qiyshiq burchakli dimetriyada 3.3-b-shaklidagidek chiziladi.
41
Muhandislik va kompyuter grafikasi
3.3-shakl
To’g’ri burchakli dimetriyada aylananing ellips shaklida quyidagicha chizuladi. 3.4-
shakl.
Proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan parallel joylashgan aylanalar ellipslarining
kichik o’qlari izometriyaga o’xshash tegishli o’qqa parallel joylashgan bo’ladi, katta
o’qi unga perpendikulyar bo’ladi.
Ortogonal dimetriyada ellipslarning o’qlari quydagicha boladi: ellipsning katta o’qi
1.06d, kichik o’qi esa 0.35d ga teng. Frontal proyeksiyalar tekisligida yotgan aylana
ellipsining katta o’qi 1.06d ga, kichik o’qi esa 0.95d ga teng bo’ladi.
3.4-shakl
42
Muhandislik va kompyuter grafikasi
ТЕKIS FIGURALARNING AKSONOMETRIK PROEKSIYALARNI QURISH
To’rtburchakning izometrik proyeksiyasini yasash
3.5-shaklda proyeksiyalarning oqlari bo’ylab parallel bo’lgan, to’rtburchakning
izometrik proyeksiyasi qurilishi ko’rsatilgan. Qurilishning ketma-ketligi quyidagicha:
XOZ tekisligida bizga berilgan to’rtburchakni yasaymiz, masalan C nuqtadan X va Z
o’qlariga parallel ravishda tekis chiziqlar chizamiz.
2. X o’qi bilan parallel ravishda, C nuqtasining chap tomonida, to’rtburchakning n
uzunligiga tenglashtiramiz va D nuqtasini belgilaymiz.
3. Z o’qi bilan parallel ravishda, C nuqtasidan biz to’rtburchakning balandligiga teng m
uzunligini ajratamiz va B nuqtasini belgilaymiz.
4. B nuqtadan X o’qiga parallel va D nuqtasidan Z o’qiga parallel bo’lgan nuqtadan
to’g’ri chiziqlar chizamiz va ularning kesuvchi A nuqtasini topamiz.
3.5-shakl
Xuddi shu tarzda, proyeksiyalarning gorizontal va profilli tekisligidagi to’rtburchakning
izometrik proyeksiyalari yaratiladi. Gorizontal izometrik proektsiya uchun to’rtburchak
-
ning tomonlari X va Y o’qlariga parallel, profilning izometrik proyeksiyasi uchun esa Y va Z
o’qi bo’ladi.
Muntazam olti burchakning izometrik proyeksiyasini yaratish
3.6-shaklda radius r ning aylanasida yozilgan muntazam olti burchak ko’rsatilgan va
bu olti burchakning izometrik proyeksiyalari yaratilgan. Buning uchun biz X, Y va Z aksono
-
metrik proyeksiyani chizamiz.
XOZ tekisligini qurish tartibini ko’rib chiqing.
43
Muhandislik va kompyuter grafikasi
1. XOZ tekisligida olti burchak nuqtasi O1 ning markaziga e’tibor bering. Shu nuqtadan
X va Z o’qlariga parallel ravishda tekis chiziqlar chizamiz.
2. Nuqtani O1 o’ngdan X o’qiga parallel radiusi kattaligi teng chiziladi, r o’lchamlari
o’lchanib oltiburchakning 1 va 4-niqtalari aniqlanadi.
3. Z o’qiga parallel ravishda tekis chiziqda O1 nuqtasidan yuqoriga va pastga qarab
to’g’ri chiziq bilan chizib k nuqtaga tenglashtiramiz. Ushbu chiziqlarning nuqtalari A va B
bilan belgilanadi.
4. A va B nuqtalaridan X-o’qiga parallel ravishda, biz r/2 ga teng bo’lgan masofani to’g’ri
chiziqlarda belgilaymiz. Olingan nuqtalar 2, 3, 5 va 6-gachasi oltita burchakning qolgan
burchaklaridir.
3.6-shakl
Olingan natijalar proyeksiyalarning old tekisligida bir oltiburchakning izometrik proyek
-
siyasi. Xuddi shu tarzda, proyeksiyalarning gorizontal va profilli tekisligidagi oltiburchak
-
ning izometrik proyeksiyalari yasaladi.
a) Aylana izometriyasini yasash. XY o‘qlari kesuvch markazi O1 belgilanadi R o‘lchanadi
1,2,3,4 nuqtalar belgilanadi. (3.7 a-shakl) O2 1 va 2 nuqtalarni R (radius) hamda O3 3 va
4 nuqtalarni ham R (radius) bilan tutashtiriladi. O4 va O5 topish uchun 1(nuqta)ni O2 va
2(nuqta)ni tutashtirib topiladi. O4 1 va 3 nuqtalarni hamda O5 2 va 4 nuqtalarni R1 (radi
-
us) bilan tutashtiriladi. (3.7—shakl)
3.7-shakl
44
Muhandislik va kompyuter grafikasi
Aksonometrik proyeksiyalar uch o‘lchamli yaqqol tasvir hisoblanadi. Ular X, Y, Z koor
-
dinata o‘qlari tizimida hosil bo‘lishiga qarab to‘g‘ri va qiyshiq burchakli turlarga ajraladi
Agar koordinata o‘qlari orasidagi burchaklar o‘zaro teng bo‘lsa, ya’ni jism o‘lchamlari
ushbu X, Y, Z o‘qlarga o‘zgarmasdan bir xilda tasvirlansa, to‘g‘ri burchakli aksonometriya
deyiladi. Mabodo X, Y, Z o‘qlari orasidagi burchaklardan bittasi qolgan ikkitasiga
nisbatan o‘zgarib tasvirlangan bo‘lsa, ya’ni jism o‘lchamlari X, Y, Z lardan bittasiga o‘zgarib
(kichiklashib) proyeksiyalansa, qiyshiq burchakli aksonometriya deyiladi. (3.8-shakl)
Teng yoqli uchburchaklikning frontal dimetriyasini V, H va W tekislikda tasvirlang.
1. Uchburchaklik V tekisligida buzilmasdan o‘zining haqiqiy kattalikdagi ko‘rinishida
tasvirlanadi (3.8-chizma, a).
Do'stlaringiz bilan baham: |