107
Biologiya 10
4.4 JINS GENETIKASI
Tayanch bilimlarni sinang.
Siz tabiatda erkak va urg’ochi organizmlarning bir-biri-
dan farq qilishini kuzatganmisiz? Izohlang.
Tabiatda bakteriyalar, tuban o’simliklarda jins boimaydi. Shunga kо‘га ular bo‘linish
orqali ko‘payadi. Organik olam evolyutsiyasining ma’lum bosqichida yer yuzida ayrim
jinsli organizmlar paydo bo’lgan. Ayrim jinsli organizmlaming paydo bo‘lishi organik
olam taraqqiyotida muhim biologik ahamiyatga ega. Jinsning paydo bo’lishi
avlodlarda
irsiy axborotining xilma-xilligini orttirishga va o’zgargan muhit sharoitiga moslanishlarn-
ing paydo bo’lishiga imkoniyat yaratdi.
Jins
organizmning gametalar hosil qilish orqali nasl qoldirish, irsiy axborotni kelgusi
avlodga uzatishni ta’minlaydigan belgi va xossalar yig’indisidir.
Yuksak hayvonlarda jinsiy
farqlarni hosil qiluvchi belgi xossalar birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarga ajratiladi.
Birlamchi jinsiy belgilarga jinsiy organlardagi farqlar kiradi. Ikkilamchi jinsiy belgilar jin-
siy bezlardan ajralgan garmonlar ta’sirida yuzaga chiqadigan belgilardir. Bular qushlar,
sut emizuvchilarning erkagi gavdasining yirik, chiroyli bo‘lishi, odamlaming
erkaklarida
soqol, mo‘ylovning bo‘lishi, ovozning yo‘g‘on bo‘lishi kabilardir. Tirik organizmlarda irsiy
axborot hisobiga urg‘ochi va erkak jins farq qilinadi. Organizmlarda jinsiy farqlar mor-
fologik, �iziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xattiharakatlari orqali namoyon
boʻladi. Erkak va urg‘ochi organizmlarning tashqi ko‘rinishidagi farq jinsiy dimor�izm
deyiladi.
Jinsiy dimor�izm ayrim jinsli hayvonlarning ko’pchiligida kuzatiladi va jinslarning
nisbati bir xil 1:1 bо‘ladi. Jins ko‘pincha urug‘lanish jarayonida ma’lum bo‘ladi.
Jinsni
aniqlashda kariotip asosiy rol o‘ynaydi. Erkak va urg‘ochi jinsda bir xil bo‘lgan xromo-
somalar – autosomalar, erkak va urg‘ochi jinslarni bir-biridan farq qilishini ta’minlay-
digan xromosomalar – jinsiy xromosomalardan iborat bo’ladi va erkak organizmlarda XY,
urg’ochi organizmlarda XX xromosomalardan tashkil topadi.
108
Biologiya 10
Masalan, drozo�ila pashshasining kariotipi 6 ta autosoma va ikkita jinsiy xromasomadan
iborat
Kariotipi bir xil jinsiy xromosomalarga ega, bir xil gametalar hosil
qiladigan jins go-
mogametali jins deyiladi. Kariotipi har xil jinsiy xromosomalarga ega, har xil gametalar
hosil qiladigan jins geterogametali
jins deyiladi. Odam, sutemizuvchilar,
ayrim hasharotlarning urg‘ochilari go-
mogametali, erkaklari geterogametali
bo‘ladi. Qushlar,
sudralib yuruvchilar
va ayrim hasharotlarda esa aksincha,
erkaklari gomogametali, urg‘ochisi
geterogametali bo‘ladi. Meyoz jaray-
onida geterogametali individlar bir
xil miqdorda X va Y xromosomali ga-
metalar hosil qiladi.
Shu sababli, jin-
siy ko‘payishdan keyin hosil bo‘lgan
erkak va urg‘ochi individlar soni teng
bo‘ladi. Masalan, odamlarda kariotip
ayollarda 44+XX, erkaklarda 44+XY
bo’ladi.
Ayrim organizmlarda bir jinsiy xromosomani yo‘qolishi hisobigaham geterogametali-
lik kuzatiladi. Natijada
gomogametali organizm XX, geterogametali organizm XO bo‘ladi.
109
Biologiya 10
Qandalalar va ninachilarning urg‘ochi organizmda XX, erkagida XO,
kuyakapalagida esa aksincha urg‘ochilarida XO, erkaklarida XX jinsiy xromosomalar
mavjud. Shunga ko‘ra qandala erkagida 13 ta xromosoma, urg‘ochisida 14 ta xromosoma
bo‘ladi. Undan 12 tasi autosoma xromosomalari hisoblanadi.
Odamlarda spermatozoidlarda 22+X yoki,
22+Y, tuhum hujayralarida esa 22+X
ko’rinishida irsiy material bo’ladi.
Chigirtkalarda,
suvaraklarda va ayrim
hasharotlarda jinsiy xromosomaning
faqat bitta turi mavjud.Urg’ochilari XX,
erkaklarda XO bo’ladi.
Qushlarda, ba’zi baliqlarda va ba’zi
hasharotlarda tuxumda jinsiy xromosomalar
ZW, erkaklar esa ZZ ko’rinishida bo’ladi.
Asalari va chumolilarda urg’ochilar
urug’langan tuxumdan rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: