.
Fragmentatsiya
– tana bo‘laklari orqali ko‘payish
usuli bo‘lib, regeneratsiya jarayoniga asoslangan. Frag-
mentatsiya suvo‘tlari (spirogira)da, g‘ovak tanlilarda,
bo‘shliqichlilarda, yassi chuvalchanglarda, igna tanlilar-
da kuzatiladi.
Yuksak hayvonlarda (zirhlilar) zigotadan rivojlan-
ayotgan embrion ilk rivojlanish bosqichida bir necha
fragmentlarga bo‘linib, har bir fragmentdan yangi orga-
nizm rivojlanadi. Bu hodisa
poliembrioniya
deyiladi.
Odamlarda bir tuxumli egizaklarning rivojlanishi ham
buning yaqqol misolidir.
Jinssiz ko’payishning ahamiyati:
Jinssiz ko‘pay-
ishning evolutsiyadagi ahamiyati. Qulay sharoitda in-
dividlarning tez va ko‘p nasl qoldirishini ta’minlashdir.
Lekin jinssiz ko‘payishda organizmning yangi muhit
sharoitiga moslanishni ta’minlovchi genetik axborot-
ning o‘zgarishi, almashinishi va xilma-xillikning ortishi
kuzatilmaydi. Shuning uchun ham ko‘pchilik organizm-
lar nafaqat jinssiz balki jinsiy usulda ham ko’payadi.
Demak, ko’payish tirik organizmlarning genetik ax-
borotdan foydalangan holda o’ziga o’xshaganlarni yara-
83
Biologiya 10
ta olish xususiyatidir. Ko’payishning asosini tashkil qiladigan hujayraning turiga qarab
jinssiz va jinsiy ko’payish farqlanadi. Bugungi kunda mikroklonal ko’paytirish usulida
yog’ochligi yirik darahtlar, ayniqsa ignabarglilar, dorivor o’simliklar, oziq ovqat o’sim-
liklari hamda manzarali o’simliklar ko’paytirilmoqda. Jinssiz ko‘payishning evolutsi-
yadagi ahamiyati qulay sharoitda individlarning tez va ko‘p nasl qoldirishini ta’minlash-
dir.
Yangi bilimlarni qo’llaymiz:
Bilish va tushunish:
1. Jinssiz ko’payish hujayra bo’linishining qaysi usuli asosida amalga oshadi?
2. Bir hujayrali organizmlarda jinssiz ko’payishning qanday turlari uchraydi?
3. Jinssiz ko’payishning o’ziga xos hususiyatlari nimalardan iborat?
4. Mikroklonlash usulining mohiyati nimadan iborat?
Qo’llash.
Organizmlar va ularning jinssiz ko’payish usullari haqidagi ma’lumotlarni
juftlab ko’rsating.
1
Gidra
A
Spora orqali, vegetativ tananing bo’laklarga bo’linishi
2
Spirogira
B
Spora orqali
3
Mog’or zamburug’i
D
Binar bo’linish
4
Qirqquloq
E
Fragnentatsiya
5
Amyoba
F
Kurtaklanish
Tahlil.
Quyi sin�larda o’simliklar vegetativ ko’payishining payvandalash usuli bilan
tanishgan edingiz. Mikroklonlash usuli payvandlash usuli bilan o’xshash va farqli jihat-
larini tahlil qiling.
Sintez:
Jinssiz ko’payish hosil bo’lgan avlod ona organizmining aynan nusxasi his-
oblanadi( o’simliklarda spora orqali ko’payishdan tashqari). Matnni diqqat bilan o’qing.
Aytingchi nima uchun spora orqali ko’payishda avlod ona organizmning aynan nusxasi
bo’lmaydi?
Baholash.
Qo’ziqorin yetishtirishda ,terib olish jarayonida qalpoqchali zamburug’ni
tuproqdagi qismiga zarar yetkazmaslik kerak. Buni qanday izohlaysiz?
84
Biologiya 10
Do'stlaringiz bilan baham: |