Biologik xususiyatlari. Kanop issiqsevar o‘simliklar qatoriga kiradi. Urug‘i 10-120 C da o‘sib chiqadi. Temperatura 20-220 C bo‘lganda to‘liq maysalar hosil qiladi. Temperatura 1,0-1,50 C sovuq bo‘lsa, faqat maysalarigina emas, katta o‘simliklari ham nobud bo‘ladi. O‘sishi va rivojlanishi uchun 23-250 C yaxshi temperatura hisoblanadi. Kanop namsevar o‘simlik bo‘lganligi uchun suvni yaxshi talab qiladi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 580-700 ga teng. Tuproq namligi 80% bo‘lishi kanop uchun optimal namlik hisoblanadi. Shuning uchun u sug‘oriladigan yerlarda yoki yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan hududlarda ekiladi. Suvni 3 barg hosil qilish davrida juda ko‘p talab qiladi. Kanopning vegetatsiya davri, ekiladigan navi va qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlariga qarab 130-140 kungacha boradi.
Kanop yorug‘sevar o‘simlik. Yorug‘lik kam bo‘lgan yoki juda qalin ekilganda, poyasi kalta va nimjon bo‘lib o‘sadi.
Kanop daryo bo‘ylaridagi tuproqlarda, kulrang, bo‘z va bo‘z-botqoq tuproqlarda o‘sadi. Sho‘r tuproqlarda o‘smaydi. Kanopning O‘zbekistonda quyidagi navlari ekiladi: Uzbekskiy-1972, Uzbekskiy-2124, Kubanskiy-338, 3976.
Agrotexnikasi. Almashlab ekishda kanop kuzgi g‘alla ekinlari, don-dukkakli ekinlar va bedadan keyin ekiladi.
Oziq moddalarga talabi katta. 1 gektardan 100 ts poyasi bilan tuproqdan 120-150 kg azot, 60-80 kg fosfor, 120-160 kg kaliy olib chiqadi. Vegetatsiya davrining boshlarida kanop ko‘p miqdorda fosfor va kaliy talab qiladi. Azotga bo‘lgan talabi esa shonalash va gullash fazalarida ortib boradi.
O‘g‘itlarga juda talabchan, go‘ng bilan mineral o‘g‘itlar birga solinsa, u yaxshi o‘sadi. Kanopga o‘rtacha gektariga 90-150 kg azot, 90-150 kg fosfor va 50-70 kg kaliy beriladi. Mineral o‘g‘itlarning asosiy qismi, ya’ni 50-60% fosfor va 50% kaliy organik o‘g‘itlar bilan birgalikda kuzgi shudgorda beriladi.
Agar kanop bedadan keyin ekilsa, birinchi yili meneral o‘g‘it normasi kamaytiriladi. Go‘ng bilan fosfor va kaliy o‘g‘itlarini yarmini kuzgi shudgorlashda, ekish vaqtida 25-30 kg N va R beriladi, qolgan qismi esa 8-10 ta barg chiqarish fazalari va shonalashdan oldin beriladi. Ekishda eng sara urug‘ ekiladi, uning chiqishi 80% dan, tozaligi 94% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Kanop tuproq yaxshi qizigan vaqtda, ya’ni temperatura 12-150 C bo‘lganda ekiladi. O‘zbekistonda tola uchun ekiladigan kanop 10-12 aprelda ekiladi. Urug‘ olish uchun ertaroq 1-10 aprelgacha ekib olish kerak bo‘ladi. Agar kanop tola olish maqsadida ekilayotgan bo‘lsa, lenta usulida ekiladi. Bunda ekish normasi 35-40 kg ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |