Tolaning ingichkaligi (mkm) qurigan tolaning diametrini (enini) o‘lchab aniqlanadi. U 1,0-3,0 ko‘pincha 15-25 mkm ni tashkil etadi. Ingichka tolali g‘o‘za navlarining tolasi eng ingichka bo‘ladi.
Tolaning metrik nomeri bilan ham tolaning ingichkaligi o‘lchanadi, u 1 g tolaning umumiy uzunligini ifodalaydi. Tolalarni umumiy uzunligi qancha uzun bo‘lsa, u shuncha ingichka bo‘ladi. Metrik nomer turli navlarda 3000 dan 8000 gacha bo‘ladi.
Tolaning pishiqligi1 dona tola uzulguncha g hisobida qancha yuk ko‘tara olishini ko‘rsatadi. Tolaning pishiqligi 4 dan 7-8 g gacha va undan ortadi.
Tolaning uzilish uzunligi uning metrik nomeri bilan pishiqlik ko‘paytmasiga teng. U km bilan ifodalanadi. (masalan, 5000x525 km). Bu ko‘rsatkich qancha katta bo‘lsa, yig‘iriladigan ipning pishiqligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Tola elastikligiya’ni uning cho‘ziluvchanlik xususiyati pishiqligi va ingichkaligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Pishiq ingichka tola eng elastik bo‘ladi.
Biologik xususiyatlari.Chigit tuproq temperaturasi 10-120 C bo‘lganda una boshlaydi. 20-250 C da qiyg‘os unib chiqadi. 0,5-10 C g‘o‘za uchunsovuq nobud qiladigan darajada ta’sir qiladi. G‘o‘za issiqni (25-300 C) gullash va shonalash fazalarida ko‘p talab qiladi. Temperatura 10-120 Cpasayganda tolasi qisqa bo‘lib qoladi va to‘la yetilmaydi.
G‘o‘za yorug‘sevar qisqa kun o‘simligi. Siyrak tushgan yorug‘likda uning rivojlanishi cho‘ziladi va vegetativ massasi ko‘payadi.
Qirg‘oqchilikka chidamli o‘simlik. Ildiz sistemasi tuproqning chuqur qatlamlaridan, yer osti suvlaridan foydalanishga imkon beradi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 500-600. Sug‘orishga juda ta’sirchan. Sug‘oriladigan sharoitda hosili ortadi. Mamlakatimizda g‘o‘za faqat sug‘oriladigan sharoitda ekiladi. O‘rta Osiyoda g‘o‘za bo‘z, bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi-botqoq tuproqli yerlarga ekiladi. Tuproqning kuchsiz sho‘riga chidaydi.
G‘o‘za quyidagi tartibda rivojlanadi. Chigit ekilgandan keyin 5-6 chi kuni yer yuziga urug‘ pallasi yorib chiqadi, 8-10 kundan keyin chin barg chiqadi. Navbatdagi har qaysi barg 3-5 kunda chiqadi. 7-8 ta chin barg chiqarganda 4-5 chi barg qo‘ltig‘ida va undan balandroqda 1 chi hosil shoxi vujudga keladi. Bu shonalash davrining boshlanishi hisoblanadi. Birinchi chin barg chiqargandan to shonalash davri boshlarigacha 20-30 kun vaqt o‘tadi.
G‘o‘za tupida shonalar 2 xil yo‘nalashda: hosil shoxi bo‘ylab (gorizontal) va yuqorida joylashgan hosil shoxlarida spiral bo‘ylab paydo bo‘ladi. Birinchi shona hosil bo‘lishidan 1 chi gul ochilishigacha 25-35 kun o‘tadi, bu esa 9-10 hosil shoxining paydo bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
. Gullashdan ko‘saklarning ochilishigacha 50-65 kun o‘tadi. Chigit ekishdan to birinchi ko‘saklar ochilguncha g‘o‘za navlarida 120-140 kun, ingichka tolali g‘o‘za navlarida 145-160 kun vaqt o‘tadi.