13.10. Endokrin bezlarni boshqarish yo`llari
Endokrin bezlari funktsiyasi bir nechta fiziologik mexanizmlar–nerv, neyroendokrin, endokrin, gumoral yo`llar ya`ni gipotalamus - gipofiz - periferik bez orqali nazorat qilinsa glyukoza va yog` kislotalari miqdori insulin ═ glyukagon
nisbati bilan boshqariladi. Endokrin gormonlari metabolik gomeostaz doimiyligini ta`minlashda muhim yo`l o`ynasa, Ca, prostaglandinlar boshqarishning neyrogormonal omillari hisoblanadi.
13.10.1. Gormonlar transporti, ularning periferik
metabolitlari va ekskretsiyasi
Gormonlarni boshqaruvchi ta`siri va katabolizmi periferik organ va to`qimalarda parallel holda kechadi. Katabolik jarayonlar asosan jigar, ichaklar va buyraklarda bajariladi. Organlardan, ayniqsa jigar, qondagi gormonlarni
to`qimalarga taqsimlanishini ta`minlaydi, natijada gormonlar sekretsiyasi va katabolizm jarayonlari tenglashtiriladi. Qondagi gormonlar kontsentratsiyasini saqlash ba`zi omillarga bog`liq, ular gormonlarni qondan to`qimalarga o`tishini chegaralaydi. Bun kabi omillarga gormon bilan kompleks hosil qiluvchi qon plazmasi oqsillari va shaklli elementlari kiradi. Ular oson safarbar qilinadigan gormon zahirasini hosil qiladi. Shunday ekan, organizmda gormonlar sekretsiyasi
periferik to`qimalarda taqsimlanishi zahirada to`planish darajasi o`zaro
muvozanatlashgan. Demak, gormonlarning inaktivatsiya jarayonlari – katabolizm va kompleks hosil qilishi, molekula strukturasini fermentativ va kimyoviy o`zgarishi gormonal faollikni yo`qolishida muhim ahamiyatga ega. Gormonlarning qon tarkibidagi birikmalar bilan kompleks hosil qilishi qaytar jarayon bo`lib, zahira vazifasini bajaradi.
Gormonlarning qondagi transporti
Gormonlar qonda bir nechta fnzik-kimyoviy ko`rinishda uchraydi:
plazma maxsus oqsillari bilan hosil qilgan kompleksi kontsentratsiyasi normal fiziologik sharoitda 80 % gacha yetadi; 2) plazma oqsillari bilan nospetsifik kompleksi 10 %; 3) qon shaklli elementlari hosil qilgan nospetsifik kompleksi eritrotsitlar bilan 10-20 %; leykositlar bilan 3-5 %. Gormonlarni oqsillar bilan hosil qilgan kompleksi kuchsiz bog`lar bilan bog`langan, nofermentativ qaytar
jarayondan iborat. Bog`lanish darajasi oqsil molekula-sidagi bog`lovchi qismlar kontsentratsiyasiga bog`liq. Spetsifik oqsillar biologik faol ligandlarga nisbatan yuqori tanlash xususiyatiga ega. Plazmaning transport oqsillaridan steroid va tireoid gormonlarini bog`lovchilari nisbatan yaxshi o`rganilgan.
1) Transkortinlar yoki kortikosteroid bog`lovchi globulinlar, glyukokortikoidlar bilan oson bog`lanadi. 2) seks-steroid yoki testosteron - estron bog`lovchi globulin, odam va hayvonlarning androgenlar va estradiol bilan o`zaro ta`sirlanadi; 3) tiroksin bog`lovchi globulin, ayniqsa prealbuminlar T4 bilan yuqori darajada bog`lanadi; Bog`lovchi oqsillarning barchasi glikoproteidlardir masalan insulin STG bog`lovchi globulinlar va boshqalar.
Gormon bog`lovchi maxsus oqsillar faqat tabiiy, biologik faol gormonlar bilan kompleks hosil qilib, ularning metabolitlari yoki sintetik analoglari bilan bog`lanmaydilar. Bu sifati bilan ular qonning nospetsifik oqsillari va hujayraning reseptor oqsillaridan farq qiladi, chunki nospetsifik oqsillar tabiiy va sun`iy gormonlar bilan bog`lanaoladi. Gormon bog`lovchi oqsillar asosan jigarda sintezlanadigan barqaror birikmalardir.
Gormonlarni nospetsifik bog`lovchi oqsillari qatoriga α -globulinlar, transferrin, zardob albumini kiradi. Zardob albumini har xil kimyoviy tabiatli birikmalarni bog`lash xususiyatiga ega (kationlar, anionlar, aminokislotalar, yog` kislotalari, nukleotidlar, antibiotiklar, vitaminlar, gormonlar va b.). Qonning shakliy elementlari ham gormonlarni bog`lashda ishtirok etadi. Eritrotsitlar 70-80
% gacha gormonlarni bog`lashi mumkin. Ular membranasi moddalarni
adsorbtsiya qilish xususuyatiga ega. Limfotsitlar va monositlar glyukokortikoidlarni, insulinni, SGGni, kaltsiotoninni va boshqa gormonlarni kam miqdorda bog`lashi mumkin.
Kompleks hosil qiluvchi oqsillar bilan bog`langan gormonlar fiziologik faollikka ega bo`lmay, metabolik o`zgarishlarga uchramaydi. Faqatgina erkin shakldagi gormonlar biologik faollikka ega.
T3 ni T4 ga nisbatan faolligi yuqori va ta`sir etish latent davri qisqa, chunki T3 TSG bilan juda kuchsiz va TSPA bilan deyarli bog`lanmaydi. Insulin bog`lovchi
protein gormonni biologik effektini ma`lum darajada namoyon bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Natijada bog`langan insulinning skelet mushaklariga ko`rsatadigan ta`siri yo`qoladi, lekin yog` to`qimasiga nisbatan faolligi saqlanib qoladi (homiladorlikda bog`lanish kuchayadi).
Gormonlarni transport oqsillari bilan o`ziga xos bog`lanishi ba`zi endokrin funktsiyalar patologiyasining birlamchi sabablari deb taxmin qilinmoqda. Masalan, giperkortitsizmning ba`zi shakllarida erkin glyukokortikoidlar miqdorining ortishi jigarda ularni bog`lovchi transkortin sintezi yoki kontsentratsiyasini kamligi tufayli kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |