giperglikemiya, glikogen sintezi susayadi, lipoliz va glyukoneogenez tezlashadi.
Ta`sir mexanizmi quyidagi zanjir bo`yicha amalga oshiriladi:
Geksokinaza → insulin → membrana retseptorlari – sial kislotasi - Na+, ATF-sintetaza, sAMF aktivatsiyasi.
13.9.2. Kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqarishda ishtirok etadigan
polipeptid gormonlar
Qalqonsimon bez oldi bezlarida sintezlanadigan 84 ta aminokislotali paratgormon qondagi Ca2+ miqdorini oshiradi, mol. massasi ~ 9500.
Kalsitonin - qalqonsimon bezning C hujayralarida hosil bo`lib, ta`siri bo`yicha gipokaltsiyemiyani keltirib chiqaradi. 32 ta aminokislota qoldiqlaridan iborat, molekulyar massasi - 3800.
Gormonlarning biosintezi va sekretsiyasi
Gormonal biogenezning ikkita turdagi genetik boshqaruv yo`llari bor: to`g`ri
– polisomalarda ko`pchilik oqsil - peptidli gormonlar o`tmishdoshlarini sintezi va vositali–steroidlar, aminokislota unumlari va rilizing-faktorlarga o`xshash katta
bo`lmagan peptidlar sintezi. Birinchi usuldagi biosintezda genetik boshqaruvning printsipial sxemasi: gen — mRNK — progormon — gormon. Ikkinchi usulda: gen
— mRNK — fermentlar — gormon
T3 va T4 biosintezi qalqonsimon bez follikulalarida kechib, quyidagi bosqichlardan iborat:
qon yodidlarini elementar yodgacha oksidlanishi;
maxsus oqsili tireoglobulin sintezi va undagi tirozin qoldiqlarini elementar yod bilan yodlanishi;
tireoglobulin molekulasida yodlangan tirozin qoldiqlaridan gormonal yodtironinlarni hosil bo`lishi:
hosil bo`lgan tireoid gormonlarini oqsildan ajralishi.
Yodidlarning qondagi normal konsentratsiyasi - 0,1-0,5 mkg %. Odamni sutkalik yodga bo`lgan minimal talabi 50-75mkg, optimal talabi 120 mkg ni tashkil etadi. Yod yetishmasa bo`qoq rivojlanadi. Qalqonsimon bez gormonini yodtironin
strukturasi
|
organospetsifik tireoglobulin oqsilining
|
ichki qismida,
|
uning
|
polipeptidi
|
asosida hosil bo`ladi.
|
Tireoglobulin -
|
katta molekulali nordon
|
(kislotali)
|
glikoproteid,
|
sedimentatsiya
|
koeffitsiyenti
|
195,
|
mol. massasi ~ 670000. Boshlang`ich bosqich;
|
tireogpobulin
|
tirozin
|
qoldiqlarini elementar yod bilan yodlanishi, monoyod tirozin (MYT) va diyodtirozinlarning (DYT) hosil bo`llshi. So`ngra tireoglobulin tarkibida MYT
DYT qoldiqarini kondensatsiyalanishi natijasida T3, ikkita DYT qoldiqlarining kondensatsiyalanishi esa T4 hosil bo`lishiga olib keladi. So`ngra TTG (tireotropin) ta`sirida tireoglobulin proteolizga uchrashi natijasida yodtironin
ajralib chiqadi. Hosil bo`lgan T3 ni T4 ga nisbati 4:1, ya`ni ularning biosintezlanish darajasiga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |