Kasallikni tashqi belgilari – asosiy modda almashinuvini kuchayishi, tana haroratini ortishi, vazn kamayishi, taxikardiya, asabiylanish, ko`zlarni olayib ketishi. Keltirilgan o`zgarishlar jarrohlik yo`li bilan yoki gormonlarni hosil bo`lishini pasaytiruvchi preparatlar yordamida tuzatiladi.
Gipofunktsiya – rivojlanayotgan homila, chaqaloqlar yoki yosh bolalardagi tireoid bezlari gipofunktsiyasiga kretinizm, bolalar yoki kattalarda –miksedema deyiladi.
Yosh bolalarda qalqonsimon bez gipofunktsiyasi kretinizm kasalligi rivojlanishiga sabab bo`lib, bolalarda ko`zga yaqqol tashlanib turadigan jismoniy va aqliy zaiflik, bola jismoniy rivojlanishini to`xtashi –bo`yi past, teri, soch, mushaklarda spetsifik o`zgarishlar, modda almashinuvi sekinlashib, psixikada chuqur o`zgarishlar kuzatiladi. Yodtironinlarni hujayrani o`sishi, ko`payishi va differensirovkasiga ta`sirini kamayishi sababli kasallikni gormonal davolash ijobiy natija bermaydi.
Katta odamlardagi gipofunktsiya – miksedema deyiladi. Miksedema (yunoncha myxa–shilimshiq, oedemo–shish). Katta odamlarda qalqonsimon bez faoliyati susayib, ishlab chiqaradigan gormoni miqdori kamayib ketganda ro`y beradigan kasallik.
Tashqi ko`rinishidan bemorlar sog`lardan farq qilmaydi. Lekin ularda metabolizm pasaygan, tana harorati past, xotirasi zaiflashgan, terini yangilanishi buzilgan –teri quruq, to`qimalarda uglevod va lipidlarni aerob parchalanishi va barcha energetik jarayonlar pasaygan. Bu kasallik ko`proq ayollarda uchrab, ularda suv-tuz, asosan yod almashinuvi buzilishi kuzatiladi. Bemorlarda shilimshiqli
shish, patologik semirish, modda almashinuvning pasayishi, soch va tishlarning to`kilishi, psixik o`zgarishlar, tana harorati pasayishi, qonda glyukoza miqdori ortishi kuzatiladi. Gipotireoidizm qalqonsimon bez gormonlari preparatlari bilan davolanadi.
Qalqonsimon bezning yana bir kasalligi – endemik bo`qoq. Mazkur kasallik suv va o`simliklarda yod miqdori kam bo`lgan tog`lik rayonlarda yashovchi aholida uchraydi. Yod yetishmovchiligida qalqonsimon bez to`qimalari o`ziqadan yodni ko`proq ushlab qolish maqsadida kompensator kattalashadi. Lekin bunda tireoid gormonlar sekretsiyasi ortmaydi, qalqonsimon bez kattalashib gipotireoidizmga xos belgilar paydo bo`ladi. Endemik bo`qoqni davolashda yod preparatlari, yodlangan tuz va yodga boy oziq-ovqat mahsulotlari tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |