Biologik kimyo


Timus yoki ayrisimon bez (buqoq bezi)



Download 11,71 Mb.
bet216/307
Sana09.06.2022
Hajmi11,71 Mb.
#649288
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   307
Bog'liq
BIOKIMYO KITOB

Timus yoki ayrisimon bez (buqoq bezi). Toq limfoid organ, to`sh suyagi orqasida joylashgan, jinsiy balog`atga etish davriga kelib, involyutsiyaga uchraydi. Timus limfoidlar kabi T-hujayralari bilan bir qatorda timozin va timopoetin gormonlarini ham ishlab chiqaradi. Ular immun va o`sish jarayonlarining kimyoviy stimulyatorlari hisoblanadi.


Gipofiz - miyaning pastki ortig`i yoki pituitar bezi. Gipofiz bosh miya asos suyagidagi turk egarida joylashgan, anatomik jihatdan oraliq miyaning uchinchi miya qorinchasi osti bilan bog`langan. Gipofiz oldi, o`rta orqa qismdan iborat bo`lib, oldi va o`rta qismlari - adenogipofiz, orqa qismi – neyrogipofiz, deb ataladi.
Gipofiz oldi qismi – boshqa endokrin bezlarini bevosita boshqaruvchi trop gormonlarini ishlab chiqaradi: AKTG – adrenokortikotrop gormoni yoki

426


kortikotropin - buyrak usti bezlarining stimulyatori; lyuteinlovchi gormon (LG) – lyutropin - gonadlarning interstitsial hujayralarini stimullaydi; gonadotropin - jinsiy gormonlar biosintezi, follikulalar yetilishi, ovulyatsiya, tuxumdondagi sariq tanachalarini hosil bo`lishi va ishlashini asosiy boshqaruvchisi hisoblanadi; FSG – follikula stimullovchi gormon yoki follitropin - LG ning ta`siriga follikulalar va Leydig hujayralari sezuvchanligi (sensibillashtirish) ni oshiradi, spermatogenezni stimullaydi; TTG (tireotrop gormon) - tireotropin - qalqonsimon bez gormonlarini sintezlanishi va sekretsiyasini boshqaradi; STG (somatotrop gormon) - somatotropin - hujayralarda oqsil sintezi, hujayralarni ko`payishi, glyukoza hosil bo`lishi, yog`lar parchalanishini stimulyatori.

Gipofiz oldi qismida trop gormonlardan tashqari mustaqil ishlaydigan gormonlar ham bor. Prolaktin yoki laktogen (lyuteotrop) gormon (LTG) - laktatsiya, to`qimalar differentsiatsiyasi, avlodga g`amxo`rlik qilish instinktini boshqaradi va lipotropinlar - yog` almashinuvida qatnashadi.




O`rta qismi – melanotsit stimullovchi gormon (MSG) yoki intermedin.

Organizmda pigment almashinuvini boshqaradi.




Orqa qismi - gipotalamusda sintezlanadigan va aksonlar orqali gipofiz orqa qismiga o`tkaziladigan gormonlarni to`plovchi va qonga chiqaruvchi organ. Neyrogivofizar gormonlaridan - vazopressin yoki antidiuretik gormon (ADG) - suv almashinuvini va arteriolalar tonusini boshqaradi. Oksitotsin bachadon mushaklarini qisqarishi, ya`ni tug`ish aktini stimullaydi, sut bezlarida sut sekretsiyasini ta`minlaydi.

Gipofiz faoliyati gipotalamik rilizing faktorlar, ya`ni gipofiz funktsiyasini boshqaruvchi gormonlar tomonidan nazorat qilinadi.




Gipotalamus – bosh miya osti oraliq miya, nerv tabiatli endokrin organ. Gipotalamusda sintezlanadigan vazopressin, oksitotsin, rilizing - faktorlar gipofiz oldi va o`rta qismlari barcha funktsiyalarini boshqaradilar. Gipofiz funktsiyasini stimullovchi gipotalamus faktorlariga liberinlar, ingibitorlik vazifasini bajaruvchilarga – statinlar deb ataladi. Hozirda gipotalamik faktorlardan kortikoliberin yoki kortikotropin rilizing faktor (KRF yoki AKTG-RF); lyuliberin

427


yoki folliliberin – lyuteinizirlovchi gormonning rilizing faktori – LG va FSGRG; tireoliberin yoki tireotropin rilizing faktor (TRF); somatoliberin (STG-RF yoki SRF), somatostatin yoki somatotropin ingibirlovchi faktor (SIF), prolaktostatin (GEIF); melanoliberin yoki melanotsit stimullovchi gormonning rilizing - faktori (MSG-RF yoki MRF), melanostatin yoki MSG ni intibirlovchi faktor (MIF). Gipotalamus -endokrin miya, Gipotalamus va gipofiz yagona struktur - funktsional kompleksni hosil qiladi.



Download 11,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish