Biologik kimyo


-rasm. α-spiralning strukturasi va o`lchamlari



Download 11,71 Mb.
bet18/307
Sana09.06.2022
Hajmi11,71 Mb.
#649288
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   307
Bog'liq
BIOKIMYO KITOB

1.4-rasm. α-spiralning strukturasi va o`lchamlari


β-struktura. Bu strukturada molekulalar polipeptid zanjirining har xil qismlari orasida o`zaro vodorod bog`lari bo`ladi, zanjirlar cho`zilib bir-biriga parallel, uzunasiga, yonma-yon yotadilar. Yon tarmoqlari qog`oz sathiga nisbatan perpendikulyar joylashadilar. β-struktura qat-qat buklangan deb ham ataladi. Ular ikki turga bo`linadi. Oqsilning 1 ta polipeptid zanjirining ma’lum qismlarining

36


buklanishidan hosil bo`lgan qatlamlar – kross-beta-shakl (qisqa β-struktura) deyiladi. Uning vodorod bog`lari polipeptid zanjirning har bir bukilgan joyidagi peptid guruhlari o`rtasida hosil bo`ladi. β -strukturaning boshqa bir turi – to`liq β - struktura butun polipeptid zanjiriga tegishli bo`lib, bu zanjir egilgan shaklga ega. U aralash parallel joylashgan polipeptid zanjirlarning o`rtasidagi peptidlararo vodorod bog`lari bilan bog`lab turiladi.


1.5-rasm. Antiparallel β-struktura va uning buklanishi.

To`liq beta-struktura ikki ko`rinishda – parallel va antiparallel bo`lishi mumkin: agar har ikkala zanjirning N-oxirgi tomonlari bir tomonga yo`nalgan bo`lsa, bunday joylanish parallel, agar zanjirning N-oxirgi tomonlari qarama-qarshi yo`nalishga ega bo`lsa, antiparallel joylashgan bo`ladi.


α-spiral ma’lum ta’sir natijasida (masalan, suvda ishqor ta’sirida isitilganda) cho`zilib, zanjir ichidagi vodorod bog`lari uzilib, beta-strukturaga o`tadi. Bunday



37


holat masalan, soch oqsili – keratinda kuzatiladi. Soch ishqoriy yuvish vositasida yuvilganda alfa-keratinning spiral strukturasi osongina buziladi va u beta-keratinga o`tadi (yuvilgan soch to`g`rilanadi).


1.6-rasm. β-strukturaning sxematik ko`rinishi. a-parallel zanjir; b-antiparallel zanjir.
Ko`pchilik oqsillarda alfa spiralli qismlar va beta –struktura bir vaqtda uchrashi mumkin. Tarkibi 100% alfa-spiral bo`lgan tabiiy oqsillar deyarli uchramaydi (tarkibining 96-100% i alfa-spiraldan tashkil topgan paramiozin – mushak oqsili istisno tariqasida uchraydi). Lekin shu bilan bir vaqtda sintetik polipeptidlar 100% spirallashgan ko`rinishga ega.

Alfa-spiral ko`proq paramiozin, mioglobin, gemoglobinda; beta-strukturali qatlam esa tripsin, ribonukleaza, keratin (soch oqsili), kollagen (pay oqsili, teri), fibroin (tabiiy shoyi oqsili) tarkibiga xos.





Download 11,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish