Glyukozo-6-fosfatning almashinuv yo`llari. Jigardagi uglеvodlar almashinuvi alohida ahamiyatga ega. Qonda glyukoza miqdori yetishmov-chiligida, ya`ni gipoglikemik holatda jigar glikogenini parchalanishi kuchayishi hisobiga, qon glyukoza bilan boyitiladi yoki aksincha, qonda glyukoza ortiqcha bo`lganda jigar uni glikogenga aylantiradi.
Jigardagi uglеvodlar almashinuvini boshqarilishida bir qancha faktorlar ishtirok etadi. Ularning umumiy ta`siri hujayra sintetik jarayonlari uchun zarur bo`lgan energiya bilan ta`minlashda glyukozani qondagi miqdorini doimiyligiga erishishdir.
Glikogеn
↑
Ovqat uglеvodlari →glyukoza → glyukozo-6- qon glyukozasi fosfat
↓↑ NADFH (Pеntozofosfat)
Jigar
→ ATF
Piruvat
Xolesterin Oksidlanish yo`li
bilan fosforlanish
Yog` kislotalari Atsetil -KoA
sintеzi
→ATF
Triglitsеrollar, CO2 + H2O
fosfolipidlar,
yog`lar sintеzi.
8.14. Organizmda uglevodlar almashinuvining boshqarilishi
Organizmda uglevodlar boshqarilishidagi vaziyatlari, avvalo qondagi qand miqdorini o`zgarishida aks ettiriladi. Uglevodlar almashinuvi nerv sistemasi va gormonlar tomonidan juda nozik boshqariladi. Qonda qandning miqdor meyyori 3,55-5,55 mmol` /l ni tashkil etadi. Uning qondagi miqdorini ortishi giperglikemiya deyiladi. Giperglikemiya darajasi 9-10 mmol`/lga ko`tarilganda glyukoza siydik bilan ajraladi, ya`ni glyukozuriya boshlanadi. Qonda glyukoza darajasini kamayishiga gipoglikemiya deyiladi. Agar giporglikemiya ko`rsatkichi taxminan 1,5 mmol`/l gacha pasaysa, odamda hushdan ketish holati ro`y beradi, undan ham kamayib ketsa, nerv sistemasini ta`sirlanishi kuchayib, hatto tomir tortishi (changak) kuzatiladi. Qon tarkibidagi qand darajasini normal holatda
bo`lishini, ayrim to`qimalardagi uglevodlar almashinuvining maxsus yo`llari orqali, bir-biri bilan kelishilgan holda, kuzatilib turiladi. Masalan faol ishlayotgan mushakning energiyaga bo`lgan talabi avvalo glikogenni sut kislotasigacha parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan energiya hisobiga qondiriladi; ikkinchidan esa hosil bo`lgan sut kislotasi qon bilan yuvilib, jigar to`qimasiga
keladi va yerda undan glyukoza sintezlanadi /glyukoneogenez/. Jigarda glyukoneogenez yo`li bilan sintez qilingan glyukoza qon orqali mushak to`qimalarida yana energiya hosil bo`lishi, glikogen sintezlanishi uchun sarflanadi. To`qimalardagi mazkur oraliq sikl – Kori sikli deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |