J IGARDA QONDA MUSHAKDA
GLYUKOZA GLYUKOZA GLYUKOZA
GLIKOGEN
SUT SUT SUT
KISLOTASI KISLOTASI KISLOTASI
Qondagi glyukoza miqdorining boshqarilish mexanizmini tushunish uchun, uning kamaytiruvchi yoki ko`paytiruvchi jarayonlarini ko`rib chiqish lozim.
Giperglikemiyaga olib keluvchi omillar:
Ichakdan glyukozani so`rilishi /oziqa giperglikemiyasi/.
Glikogenni glyukozagacha parchalanishi / jigarda/.
Glyukoneogenez –jigar va buyrakda glyukozani qaytadan sintezlanishi.
Gipoglikemiyaga olib keluvchi omillar:
Glyukozani qondan to`qimalarga tashilishi va uning oxirgi mahsulotlargacha oksidlanishi.
Jigar va skelet mushagi to`qimalarida glyukozadan glikogenni sintezlanishi
Yog` to`qimalarida glyukozadan triatsilglitserinlar hosil bo`lishi.
Qondagi qand mе`yorini saqlashda gormonlar o`zaro ma`lum munosabatda bo`lib, faqat glikogеnning qon glyukozasiga aylanishigagina ta`sir etib qolmay, bilvosita yoki bеvosita umumiy moddalar almashinuviga, jumladan, to`qimalarda uglеvodlarning oksidlanishiga, yog`lar va aminokislotalar almashinuviga ham ta`sir ko`rsatadi.
Shuningdek, vegetativ nerv sistemasining simpatik qismini ta`sirlanishi qondagi qand miqdorini oshiradi, parasimpatik qismi esa aksincha kamaytiradi.
Markaziy nerv sistemasidan kelayotgan impulslar buyrak usti bezi mag`iz
qavatida adrenalin gormonini ishlab chiqaradi va u o`z navbatida glyukoza hosil
bo`lishini stimullaydi. Faqatgina yagona gormon – insulin qand miqdorini
kamaytiradi. U glyukozani hamma uchta o`zlashtirish–transport, glikogen va
triatsilglitserinni sintezi jarayonlarini oshiradi.
Uglevodlar almashinuvining gumoral boshqarilishi juda ham murakkab
bo`lib, bir qator gormonlar ishtirokida amalga oshiriladi. Uglevodlar
metabolizmiga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy regulyator oshqozon osti bеzi gormonlari
– insulin va glyukogon, va buyrak usti bеzi mag`iz qavati gormoni – adrеnalin. Insulin glyukozaning organizm hujayralarida ishlatilishini oshirish yo`li bilan qonda glyukoza miqdorini kamaytiradi. Ushbu mexanizmda insulin hujayra membranalarining glyukozaga o`tkazuvchanligini nisbatan oshirib, qondagi miqdorini kamaytiradi (gipoglikemik effekt). Glyukoza hujayrada glyukozo – 6 – fosfatga aylanib, xil metabolik o`zgarishlarga uchraydi. Glyukoza miqdori hujayralar tarkibida ortiqcha bo`lganda insulin ta`sirida jigarda glikogen hamda yog` sintezi stimullanadi.
Qonda qand miqdori darajasi ko`tarilsa, pasaytirish mехanizmida bir qator boshqa gormonlar - oshqozon osti bеzining ikkinchi gormoni - glyukagon, buyrak usti bеzlarining po`stloq qavati gormonlari –kortikostеroidlar, gipofiz bezi oldi qismidan chiqadigan somatotrop gormon, qalqonsimon bеz gormoni - tiroksin ham ishtirok etishi aniqlangan. Shuning uchun ham ular kontrinsulin gormonlari, deb nomlanadi.
Buyrak usti bеzi miya qavatining gormoni - adrеnalinni qand miqdorini oshiruvchi ta`siri uni jigarda fosforilaza fermentini faollashtirishi bilan bog`liq. Bu vaqtda glikogenni glyukozagacha parchalanishini kuchayishi hisobiga glyukoza miqdori va uning qonga chiqarilishi ortadi. Adrenalin mushaklarda ham shunday ta`sir ko`rsatadi. Lekin mushaklar qonga glyukoza chiqara olmasligi sababli gormon mushakda glikogenini sut (laktat) kislotasigacha parchalanishini oshiradi. Shuningdek glyukagon mushaklarda emas, asosan jigarda adrenalinga o`xshash ta`sirga ega bo`lib, qonda glyukoza miqdorini ko`taradi. Gipofizning
adrenokortikotropin gormoni (AKTG) glyukokortikoidlar sekretsiyasini stimullash bilan bir qatorda qonda glyukoza miqdorini oshirishga bilvosita ta`sir ko`rsatadi. Shunday yo`l bilan ta`sir ko`rsatish somatotrop gormoni uchun ham hos.
Demak, gormonlardan adrenalin, glyukagon, tiroksin, triyodtironin va somatotropinlar qondagi qand miqdorini oshirish xususiyatiga egalar. Qonda qand miqdori ko`payishi ortiqcha ko`p shirinlik iste`mol qilinganda ham kuzatiladi. Oshqozon osti bezi kasalligida, unda ishlanadigan insulin gormoni kamayib, qondagi qandni glikogenga aylantirish jarayoni buziladi va qandli diabet kasalligi yuzaga keladi.
Ovqat bilan birga istе`mol qilingan uglеvodlar tеz o`tib kеtuvchi ( 1-3 soatdan kеyin) gipеrglikеmiya, ba`zan ortiqcha miqdorda bo`lsa, glyukozuriyani chaqirishi mumkin. Ochlik holati jigar va skеlеt muskullaridagi glikogеn zaxirasini sarflanishiga olib kеladi va bir nеcha soat davomida gipoglikеmiyani yuzaga chiqishiga yo`l bеrmaydi. Davomli ochlik holati kuzatilganda glyukoza miqdori parchalangan (proteoliz) oqsillar hisobiga aminokislotalardan glyukozaning yangidan hosil bo`lishi yo`li bilan ushlab turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |