Bog'liq biologik faol moddalar texnologiyasi oquv-uslubiy majmua
Jarayon variantlari: almashadigan, almashmaydigan, almashmaydigan davriy oziqlantirib
turiluvchi va plyonkali usullar.
Almashmaydigan usulda jarayon sporalar ekilgan vaqtdan to kislota hosil bo‗lgungacha bir
muhitda amalaga oshiriladi
Plyonkali usulda 7 sutkadan so‗ng kislota hosil bo‗lish jarayoni tugagandan so‗ng achigan
melassa eritmasi kyuvetalardan quyib olinadi, mitsella steril suv bilan yuviladi va kyuvetalarga yangi
muhit quyiladi.
Quyib turish bilan amalga oshiriladigan almashmaydigan usul kislota hosil bo‗lish bosqichida
zamburug‗li plyonka ostiga maydalangan melassa qo‗shimchasi qo‗shib turish bilan amalga oshiriladi
(boshlang‗ich materialdan 30–35 %), ya‘ni substrat bilan muhit davriy ravishda oziqlantirilib turadi.
Bu o‗z navbatida boshqa usullarga nisbatan qandlarni 10–15% sarflanishini kamaytirgan xolda yuza
birligidan limon kislotasini 15–20 % ko‗proq chiqishini ta‘minlaydi. Fermentatsiya jarayonining
birinchi bosqichda (birinchi 24–36 soatda) mitselliyning jadal o‗sishi kuzatiladi. Bu davrda muhit
harorati 32–34°C darajada ushlab turiladi, aeratsiya intensivligi mitseliyniga 3–4m
3
havo oqimini
tashkil etadi. Nisbatan jadal termogenez natijasida xaroratni 30–32° S ga pasaytiriladi. Kislota hosil
bo‗lish jarayonini pasayishiga ko‗ra aeratsiya rejimi intensivligi pasayib boradi. Jarayon nazorati muhit
ko‗rsatkichlarini kislotalik darajasi titrlanish orqali olib boriladi. Jarayon muhitda qandlar qoldiq
konsentratsiyasi 1–2 % qolganda va titrlanayotgan kislotalik darajasi 12–20 % bo‗lganda to‗xtatiladi.
Achigan eritma quyib olinadi va qayta ishlashga yo‗naltiradi; yuvib olingan mitselliy hayvonlar ozuqa
sanoatida ishlatiladi.
Qattiq fazadagi yuza qatlam fermentatsiya ham suyuqfazadagi yuza qatlam fermentatsiya
jarayoniga o‗hshash jixatlari ko‗p.
YAponiyada ishlab chiqilgan Kodji jarayoni muhit sifatida g‗ovaqsimon materialni qo‗llashni
nazarda tutadi (qartoshka, shakar lavlagi pulpasi, bug‗doy kepagi). Material avvaldan
sterilizatsiyalanadi, sovutilgandan so‗ng sporalar suspenziyasi inokulyasiyalanadi.
Fermentatsiya latoklarda 25–30°C xaroratda 6–7 kun davomida olib boriladi.
Hosil bo‗lgan limon kislotasini suv bilan ekstraksiyalanadi.
YAponiyada limon kislotasini umumiy xajmidan 20% Kodji usuli bilan ajratib olinadi.
1950 yildan boshlab limon kislotasini olinishini sanoat jarayonlarini chuqur qatlam kulturalari
olib boriladigan bo‗ldi.
Bu jarayonni turg‗unligi ta‘minlash uchun uni ikki bosqichda tashkil etish kerak bo‗ladi: birinchi
bosqichda muhitda mitselliyni o‗stirish, ikkinchi bosqichda esa (fosfor tutmagan muhitda) – limon
kislotasini ajratib olish.