Biologik faol moddalar texnologiyasi



Download 7,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/292
Sana01.06.2022
Hajmi7,22 Mb.
#626408
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   292
Bog'liq
biologik faol moddalar texnologiyasi oquv-uslubiy majmua

1-Rasm. 
Plazmalemma 
tuzilishi 
1 – 
fosfolipidlar; 2 
– 
membranalarning boshqa lipidlari; 3 –periferik joylashgan oqsil; 4 – yarimintegral oqsil; 5 – integral 
oqsil; 6 – glikokaliks oligosaxaridlari; 7 – politopik (glikoprotein); 8 – yarimintegral murakkab oqsil 
(glikolipoprotein). 
Glitserofosfolipidlar 
Glitserofosfolipidlar molekulasidagi fosfat kislota guruhiga murakkab efir bog‗i yordamida HO-
tutuvchi qutubli molekula birikkan bo‗ladi. Bunda X − HO-tutuvchi qutbli molekula (qutbli 
guruhlanish). Fosfolipidllarning nomlanishi ularning tarkibidagi u yoki bu qutbli guruhning bor 
yo‗qligiga qarab hosil qilinadi. 
Qutbli boshchasi sifatida etanolamin tutgan glitserofosfolipidlar:
HO-CH
2
-CH
2
-NH
2
−fosfatidiletanolaminlar, 
xolin qoldig‗ini tutsa 
– fosfatidilxolinlar, 
 
serin qoldig‗ini tutsa
 
– fosfatidilserinlar deb nomlanadi. 
Fosfatidiletanolamin formulasi quyidagicha ko‗rinishda bo‗ladi: 
 


161 
Gidrofob xususiyatidan kelib chiqqan holda moy va xolesterinlar qonda erkin holatda 
harakatlana olmaydilar. Fosfolipidlar molekulasining gidrofob qismi moy va xolesterin bilan bog‗lanib, 
gidrofil qismi esa suv yoki qon bilan bog‗lanadi. Moylar qonda xilomikronlar ko‗rinishida harakat 
qiladi. Xilomikron – bu fosfolipidlar molekulalari bilan qoplangan moy tomchisidir. Fosfolipidlarning 
yog‗ kislotalarini saqlagan qismi moy tomchisiga birikadi. Suvda eriydigan triglitserid qismi esa 
tashqariga yo‗naltirilgan bo‗ladi shu tarzda xilomikronlarning sferik moddalari suvda qisman eriydigan 
emulsiya hosil qiladi va qon oqimida harakatlanish qobiliyatini ta‘minlaydi. Moy tomchilaridan farqli 
o‗laroq xolesterin tomchilari fosfolipidlar va oqsillardan tashkil topgan qobiq bilan o‗ralgan bo‗ladi.
Ushbu qobiq lipoproteid deb atalib, uning tarkibida xolesterinlar oz miqdorda bo‗lib, 
fosfolipidlar miqdori yuqori bo‗lsa, bu lipoproteid kichik o‗lcham va yuqori zichlikka ega bo‗ladi va 
yuqori zichlikka ega lipoproteidlar deb ataladi.
Agar lipoproteid zarrachasi ko‗p miqdorda xolesterin va oz miqdorda fosfolipidlar saqlasa, ushbu 
zarrachaning o‗lchami katta bo‗lib, zichligi past bo‗ladi. Ularga quyi zichlikka ega bo‗lgan 
lipoproteidlar deb ataladi. Yuqori zichlikka ega bo‗lgan lipoproteidlar xolesterinni biriktirib, uni jigarga 
tashib beradi. Jigarda ushbu xolesterin o‗t kislotalarining hosil bo‗lishiga sarflanadi.Xolesterining asosiy 
qismi o‗t kislotalarini hosil qilishga, 3% esa jinsiy gormonlarni xosil qilishga sarflanadi. 
Quyi zichlikka ega lipoproteidlar laxtaga xolesterinni tashib beradilar. Agar laxta xali 
shakllanmagan bo‗lsa, xolesterin ushbu laxtani hosil qiladigan xujayra tuzilmalariga tashib beradi. 
Yuqori zichlikka ega bo‗lgan lipoproteidlar esa laxtalardagi xolesterinni chiqarib tashlaydi. Kundalik 
xayotda QZL (quyi zichlikdagi lipoproteidlar) «yomon» xolesterin deb ataladi, YuZL (yuqori 
zichlikdagi lipoproteidlar) esa «yaxshi» xolesterin deb ataladi.
Bundan tashqari YuZL − α-xolesterin, QZL − β-xolesterin deb xam ataladi. Organizmga 
tashqaridan fosfolipidlar kiritilganda α-xolesterin miqdori oshadi, β-xolesterin miqdori miqdori esa 
kamayadi. Bunda laxtadan qancha xolesterining o‗tish oqimi, qondan laxtaga xolesterinning o‗tishi 
oqimidan ortib boradi. Bunga sabab nafaqat fosfolipidlarning xolesterinni emulsiya ko‗rinishiga 
keltirishi, balki fosfolipidlarning antioksidant ta‘sir ko‗rsata olishidir. Fosfolipidlar erkin radikallarining 
oksidlanishiga yo‗l qo‗ymaydi. SHuning uchun QZL lar agressiv erkin radikallar tomonidan 
parchalanmaguncha QZL dagi xolesterin laxtaga (yoki laxtani hosil qiladigan hujayraga) tashib 
berilmaydi. 
Lipidlar geterogen birikmalar guruhini tashkil etib, o‗ziga xos xususiyatlaridan biri ularning 
xloroform, dietil efiri, petroley efiri, benzol kabi organik erituvchilarda erish xususiyatidir. Pishib 
etilgan dukkakli o‗simliklarning lipidlari, asosan, hujayra sferosomalarida va vezikulalarida to‗planadi. 
Lipidlarning miqdori dukkakli o‗simliklarning naviga, kelib chiqishiga, atrof muhit sharoitiga, o‗simlik 
etishtirilgan tuproqning turiga bevosita bog‗liq bo‗ladi. Dukkakli o‗simliklar tarkibidagi lipidlarda 
almashinmaydigan yog‗ kislotalari yuqori miqdorda mavjud bo‗lib, ular inson organizmi uchun muhim 
fiziologik funksiyalarini bajaradilar. Dukkakli o‗simliklarning tarkibida neytral lipidlar, fosfolipidlar va 
glikolipidlar mavjud. 
Inson organizmida lipidlar biosintezi etarli miqdorda sintez bo‗lmaganligi sababli ushbu 
lipidlar oziq−ovqat yoki dori vositalari ko‗rinishida qabul qilinadi. Dukkakli o‗simliklar to‗yingan va 
to‗yinmagan yog‗ kislotalariga boy bo‗lganligi uchun ulardan lipidlarni ekstraksiyalash maqsadga 
muvofiq.
Yong‗oq, no‗xot, nut, mosh tarkibida olein va linol kislotalari, soya va loviyada esa bundan 
tashqari linolen va palmitin kislotalar ham mavjud. Linol va linolen kislotalarning metobolitik 
parchalanish natijasida araxidon va dokozageksagen kislota kabi to‗yinmagan yog‗ kislotalari hosil 
bo‗ladi. Ushbu 2 ta yog‗ kislotasi hujayra strukturasining shakillanishi, normal o‗sishi, barcha 


162 
to‗qimalarning normal faoliyat ko‗rsatishini, shuningdek prostaglandin sintezini ta‘minlaydi. Morxauer 
va Xolmanning kalamushlarda o‗tkazgan tadqiqot natijalariga ko‗ra to‗yinmagan yog‗ kislotalari 
xolesterin bilan bog‗lanib efir hosil qiladi va natijada jigar hamda qon tarkibidagi xolesterin miqdori 
kamayadi. 
Linol va linolen kabi almashmaydigan yog‗ kislotalarining tanqisligida xolesterin to‗yingan 
yog‗ kislotalari bilan efir hosil qilib, natijada xolesterining metabolik faolligi pasayadi, xolesterining 
miqdori ortib boradi, qon tomirlarining ichki
devorlarida to‗planadi va aterosklerozning kelib chiqishiga olib keladi. Hozirgi kunda hayvon tabiatga 
ega bo‗lgan moylar o‗rniga eryong‗oq, soya kabi o‗simliklardan olingan moylar ishlatilib, qondagi 
xolesterining miqdorini kamayishiga erishilmoqda.Ko‗pgina dukkaklilar urug‗idabitta to‗yinmagan yog‗ 
kislotalaridan biri mavjud bo‗ladi bu linol yoki linolen yog‗ kislotasidir. Masalan, soya va yong‗oqda 
asosiy yog‗ kislotalari olein va linolen kislotasi tarzida taqdim etilgandir. 
Dukkaklilar urug‗i tarkibidagi lipidlar bir necha sinfga bo‗lingandir, bular neytral lipidlar, 
fosfolipidlar va glikolipidlardir. Urug‗ tarkibidagi ushbu sinf yog‗larining miqdori o‗simlik navi va 
turiga bog‗liq bo‗ladi. Ko‗pgina dukkaklilar urug‗i tarkibida neytral lipidlar miqdori ko‗p bo‗lib, fosfo- 
va glikolipidlar ham ma‘lum miqdorda uchrab turadi. Soya urug‗i tarkibida 89% neytral lipidlar, 10% 
fosfolipidlar va 2% glikolipidlarni tashkil etadi. Soya urug‗i tarkibidagi fosfolipidlar – sotuvga kelib 
tushadigan letsitin preparatlarining asosiy miqdorini tashkil etadi. Fosfolipidlar va glikkolipidlar – urug‗ 
membranasining asosiy komponentlaridan biridir. Neytral lipidlar asosan triglitseridlardan va oz 
miqdorda yog‗ kislotalari – sterin va sterin efirlaridan tashkil topgan. No‗xot urug‗ tarkibida o‗nta 
turdagi neytral lipidlar mavjud bo‗lib, ulardan asosiylari triatsilglitseridlar, erkin sterinlar va sterin 
efirlari, minor komponentlariga monoglitseridlar, diglitseridlar, erkin yog‗ kislotalari, mum va ba‘zi 
pigmentlar kiradi. Ko‗pgina tarkibi o‗rganilgan dukkaklilarning neytral lipidlar fraksiyasidagi yog‗ 
kislotalari, fosfolipidlar va glikolipidlar palmitin, olein, linolen va linol kislotalari tarzida taqdim 
etilgandir.

Download 7,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish