121
Pivo olish sanoatining chiqindilari: pivo qulmoq (solod) sochmalari − pivo atalasining so‗nggi
qoldiqlari, qulmoq o‗simtalari − yangi unib chiqqan solodning po‗stlog‗i, pivo achitqilari.
Pivo qulmoq (undirib yanchilgan bug‗doy) sochmalari mikrobiologik ishlab chiqarish sanoatida
ozuqa muhit komponentlari sifatida qo‗llaniladi.
Undirib yanchilgan bug‗doy o‗simtalari vitaminlarga,
aminokislotalarga, qandlarga juda boy.
Ularning suvli ekstraktlari ferment va antibiotiklarning biosintezini rag‗batlantiruvchilari sifatida
qo‗laniladi.
Pivo achitqilari davolovchi va oziqlantiruvchi preparatlari sifatida, hamda oqsil preparatlarini va
vitamina V
2
olishada hom ashyo sifatida qo‗llaniladi.
Konservalash sanoati. Meva va sabzavotlarni qayta ishlash texnologiyasida hosil bo‗ladigan
chiqindilarni shartli ravishda quyidagi guruxlarga bo‗lish mumkin:
1.Pishmagan, mexanik zararlangan, o‗lchami bo‗yicha nostandart, mikrobiologik
zararsizlanishsiz bo‗lgan meva va sabzavotlar.
2. Qayta ishlash jarayonida hosil bo‗ladigan po‗choqlar, kunjaralari, mezgalar (kraxmal ishlab
chiqarish chiqindilari yoki uzum mevalarining ezilgan aralashmasi).
3.Urug‗lar, danaklar,
meva poyalari;
4. Suyuq chiqindilar (maydalash, ezish, blanshirovkadan so‗ng va qaynatishdan so‗ng hosil
bo‗ladigan suyuqliklar);
5. Inson organizmi uchun zararli va xavfli moddalarning (oziqlanish uchun yaroqsiz bo‗lgan)
normadan ortiq miqdorini saqlagan maxsulotlar, meva va sabzavotlar va ularning qayta ishlash
maxsulotlari;
6.Mikroorganizmlar bilan zararlangan (oziqlanish uchun yaroqsiz bo‗lgan) mevalar, sabzavotlar
va ularning qayta ishlash maxsulotlari.
YAroqsiz deb topilgan (nostandart) sabzavotlar tuzlash uchun, mevalar esa –
pyure va povidla
olish uchun ishlatilishi mumkin. Sabzi chiqindilaridan vitamin konsentratlari, karotin, lavlagi
chiqindilaridan – kisel va alkogolsiz ichimliklar tayyorlashda qo‗llaniladigan oziqa bo‗yoqlari olinadi.
Olma koldiqlaridan pektin olishda foydalaniladi. Olmalarni qayta ishlash jarayonida sharbatni qayta
ishlash sanoati chiqindilaridan etil spirti va olma kukuni olinadi.
Texnologik progressning ekologik muammolari va ularni xal qilishni texnologik usullari.
NTP ning yutuqlari, bir tomondan aholini o‗sib borayotgan extiyojlarini qondirsa, ikkinchi tomondan
esa – biosferada kechayotgan jarayonlarga ta‘sir etib uning turg‗unligiga ta‘sir etmoqda.
Butun dunyoda tashqi muhitga xo‗jalik faoliyatining zararli ta‘sirini oldini olish va ilmiy-texnik
asoslarini yaratishga qaratilgan jadal tadqiqotlar va ishlab
chiqarish texnologiyalarini
mukammallashtirishga qaratilgan kompleks tadbirlar olib borilmoqda.
Ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish – bu tabiiy resurslarni qo‗llanishini samaradorligini oshirishga
qaratilgan jarayon bo‗lib, bunda jarayon tabiiy muhitni sifatini yaxshilash yoki saqlab qolishga
qaratilgan bo‗ladi.
Texnologiyalarni ekologiyalashtirish deganda − ishlab chiqarish jarayonida, maksimal
miqdorda yuqori sifatli mahsulot olinganda ekologik va tabiatdagi
moddalarni va energiyani
almashinuvidagi muvozanatini saqab qoladigan va atrof muhitni ifloslanishiga yo‗l qo‗ymaydigan
texnologiyalar joriy etilishi tushuniladi.
Ekologiyalashtirish asosida:
kam chiqindili;
energo- va resurslarni saqlovchi texnologiyalar;
ishlatilgan havoni va suvni tozalovchi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish yotadi.
Zamonaviy ishlab chiqarish sanoati jarayoni ochiq texnologik tizimni tashkil etib, bu jarayonga
uzluksiz ravishda tabiiy resurslar kelib tushadi (ruda, neft, suv, havo va h.k.), natijada esa ikki
chiquvchi oqim hosil bo‗ladi: tayyor mahsulot va chiqindilar (chang, aerozollar, parlar, oqava suvlar,
shlaklar va h.k.) oqimi.
CHiqindi va ifloslanishlarni izolyasiyalash inson faoliyat yuritadigan soxalardan uzoqlashgan
joylarda ko‗mish orqali amalga oshiriladi: tashlandiq shaxtalarda, quvurlarda, Jaxon okeani tubida va
h.k.
Tabiatda xich nimani yashirib bo‗lmaydi. Vaqti kelib ko‗milgan chiqindilar moddalarning tabiiy
almashinuviga qo‗shilishi mumkin, faqat buning natijasi qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini aytish
qiyin.
122
SHuning uchun bu usulni sodda va qo‗llanishi oson bo‗lishiga qaramay, uni qo‗llanishini
keskin chegaralash kerak, keyinalik esa umuman to‗xtatish zarur bo‗ladi.
Zararli chiqindilarni nisbatan zararsiz yoki umuman zararsiz chiqindilarga aylanishi tabiiy
xolatda amalga oshishi ham mumkin.
Bunday yo‗l, atrof muhitni ifloslantiruvchi zararli chiqindilarni zararsizlantirishga imkon beradi,
biroq uni amalga oshirish katta mablag‗ va tabiiy resurslarni yo‗qotish
bilan amalga oshiriladi
(faqatgina xom ashyo emas, balki energetik resurslarni ham yo‗qotish kuzatiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: