ZARDOBLARNING OLINISHI
Davolash maqsadida qo‗laniladigan spetsifik antitelolar sanoatda quyidagi turlarda ishlab
chiqariladi:
-
immunn zardoblar ;
-yoki immun jihatdan faol bo‗lgan
immunoglobulinlar fraksiyasi.
Davolovchi va profilaktik geterologik zardoblar eshak va otlarni immunizatsiyalash yo‗li orqali
olinadi, chunki bu hayvonlar boshqalarga nisbatan reaktogen bo‗lib, antitelolarni ko‗p miqdorda
chiqishiga sabab bo‗ladi.
Antitoksik zardoblarni olish uchun hayvonlar avval anatoksin bilan immunizatsiyalanadi, so‗ng
asosiy immunitet hosil qilish uchun toksinning oshib boruvchi dozlari kiritiladi.
Ular odam (gomologik) yoki hayvonlar (geterologik) qonidan tayyorlanadi.
Gomologik immun preparatlari geterologik
immun preparatlari oldida ma‘lum ustunliklarga
egadir, ular organizmda uzoq vaqt davomida aylanib yurishi (1-2 oygacha) va nojo‗ya samaralarga ega
emasligi bilan ajralib turadi. Ularni faqatgina organizmni ta‘sirchanligi tekshirilgandan so‗nggina
qo‗llash mumkin bo‗ladi, buning uchun suyultirilgan preparat teri ostiga yuborib tekshirib ko‗riladi.
Antibakterial zardoblar hayvon organizmiga o‗ldirilgan yoki tirik mikroblarni kiritish orqali olinadi.
Hayvon qonidan plazma ajratib olinadi, so‗ng undan fibrin olib tashlanadi va zardobi ajratib olinadi.
Bu hayvonlardan qon, antitelolar miqdori maksimal bo‗lgan vaqtda yig‗ib olinadi, buning uchun
doimiy ravishda qonning antitelolar titri ko‗rsatkichi tekshirib turiladi.
Zardoblar
yana, sun‘iy ozuqa muhitlarida kultivatsiyalanadigan xayvon hujayralaridan ham
olinadi.
Biroq, bu xolda asosiy muammo ularning genetik be‘qarorligi, genetik ekspressiyaning doimiy
emasligi va qariganligi uchun ularni turg‗un o‗sishini ta‘minlab berish zarur bo‗ladi.
Infeksion kasalliklarni davolash va profilaktikasi uchun sog‗lom donorlarning hamda,
kasallanib o‗tgan ba‘morlarning gomologik zardoblari yoki platsentar qon preparatlari qo‗llaniladi.
Preparat zaxarliligini pasaytirish, allergik ta‘sirni va immunoglobulinlarni konsentratsiyasini
kamaytirish maqsadida zardob ballast moddalardan tozalaniladi. Bunda 0°S haroratda spirt-suvli
aralashmalar yordamida fraksiyalash, ultratsentrifugalash, elektroforez, fermentativ gidroliz
usullaridan foydalaniladi.
Zardob oqsillaridan ajratib olingan gamma-globulinli fraksiyalarining tozalangan va konsentrlangan
preparatlari antitelolarning yuqori titrini o‗zida saqlaydi va bunday preparatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |