ORGANOPREPARATLARNI OLINISH TEXNOLOGIYASI.
1.
Xom ashyoni qayta ishlash. Endokrin zavodiga kelib tushgan vaorganopreparatlarni olishga
mo‗ljallangan hom ashyo, quyidagi majburiy qaytaishlovdan o‗tishi kerak bo‗ladi:
2.
Maydalash.
Ekstraksiya jarayonini yaxshilash va keyingi ishlov berishniengillashtirish maqsadida
hayvon xom ashyosi maxsus go‗sht maydalaydigantegirmonlarda, eng mayda zarrachalar suspenziya
xolatigacha maydalaniladi
3.
Quritish.
Gomogenizatni ehtiyotlab quritish vakuum-quritish shkafida, vauumostida 40 °S dan oshmagan
holda olib boriladi.
4.
Yog‗sizlantirish.
Qutirilgan gomogenizatni yog‗sizlantirish, yog‗ni yaxshi ajratuvchi organik
erituvchilar yordamida (atseton, benzin, petroley efiri) Sokslet apparatidaolib boriladi. YOg‗sizlantirish
jarayoni tez oksidlanuvchi yog‗larni olib tashlash maqsadida va tayyor dori mahsulotini sifatini buzilishi
oldini olish maqsadida va ta‘xir mazani yuzaga kelmasligi uchun amalga oshiriladi.
5.
Organik erituvchini olib tashlash.
YOg‗sizlantirishdan so‗ng erituvchi haydash apparatlarida yoki
vakuum-quritish uskunalarida olib tashlanadi.
2.Ekstraksiyalash.
Maksimal tozalangan organopreparatlarni ishlab chiqarishda ekstraksion
preparatlar va xom ashyodan turli ajratmalarni olish uchun ekstraksiya jarayoni matseratsiya
usulida, aralashtirgichlar bilan jixozlangan apparatlarda olib boriladi.
3. Tozalash.
Organopreparatlarni olishda xom ashyodan ajratib olingan ekstrakt keyingi filtrlash va
tindirishga uchratiladi. Maksimal tozalangan preparatlarni olishda ajratma keyingi mukammal
tozalash va ajratishga uchratiladi.
4. Dori shaklini olish.
GORMONLAR OLISHNING XUSUSIY TEXNOLOGIYASI
INSULIN OLINISHI
Yirik shoxli qoramol va cho‗chqalarning oshqozon osti bezidan ekstrakt olish. 100 gr. Krisstalik
insulinni olish uchun 800-1000 gr. xom ashyo talab etiladi.Insulin sintezi (1963 va 1965 yilda AQSH,
Xitoy va Olmoniya uchta kollektiv tadiqiqotchilari tomonidan o‗tkazilgan).Insulin proinsulin bir
zanjirli o‗tmishdosh sifatida sintezlanadi, unda uchki signal peptidi (23 ta aminokislota qoldig‗idan
iborat) va 35 chi biriktiruvchi peptidni o‗zida tutadi (S-peptid).Signal peptid olib tashlanganda
hujayrada 86 ta aminokislotadan iborat proinsulin hosil bo‗lib, unda insulinning A va V-zanjirlari S-
peptidi bilan bog‗langan bo‗ladi, bu o‗z navbatida disulfid bog‗larini birikishida zarur yo‗nalishni
ta‘minlab beradi. S-peptid ajralgandan so‗ng insulin hosil bo‗ladi.
1980 yilda «Novo indastri» kompaniyasi cho‗chqa insulinini inson insuliniga o‗zgartirish usulini
ishlab chiqdi, bunda V zanjiridagi 30chi alanin aminokislota qoldig‗i treonin aminokislota qoldig‗iga
almashtiriladi. Ikkala insulin ham, faolligi va ta‘sir davomiyligi bo‗yicha farqlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |