Biolog 10 indd



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/319
Sana30.12.2021
Hajmi6,63 Mb.
#91661
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   319
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: era, davr, arxey, arxey proterozoy, paleozoy, mezozoy, kaynazoy. 
Savol  va  topshiriqlar: 
1.  Yerning  yoshini  aniqlashda  qanday  mezonga  asoslanadi? 
2.  Arxey  erasida  nima  sababdan  tirik  organizmlarning  hech  qanday  qoldiqlari 
saqlanib  qolmagan?
3.  Arxey  erasidagi  aromorfozlarni  tushuntiring.
4.  Proterozoy  erasida  o‘simliklar  evolutsiyasi  qanday  kechgan?
5.  Proterozoy  erasidagi  hayvonot  dunyosi  aromorfozlarini  aytib  bering.
Mustaqil  bajarish  uchun  topshiriqlar:  Arxey  erаsidаgi  hаyot. 
Iqlim shаrоiti
O‘simliklаr
Hаyvоnlаr
Proterozoy  erаsidаgi  hаyot.
Iqlim shаrоiti
O‘simliklаr
Hаyvоnlаr
54-§.  PALEOZOY  ERASIDAGI  HAYOT
Paleozoy  erasi  340  mln  yil  davom  etgan. 
Kembriy  davrida  iqlim  mo‘tadil  bo‘lib,  o‘simlik  va  hayvonlar  dengizda 
tarqalgan.  Ularning  ba’zilari  o‘troq,  ba’zilari  suv  oqimi  bilan  harakatlangan. 
Paleozoy  erasida  hayvonot  dunyosi  xilma-xil  bo‘lgan  va  nihoyatda  tez 
rivojlanganligi  sababli,  kembriy  davridayoq,  hayvonlarning  barcha  tiplari, 
mavjud  bo‘lgan.  Ikki  pallali,  qorinoyoqli,  boshoyoqli  molluskalar,  halqali 
chuvalchanglar,  trilobitlar  keng  tarqalgan  va  faol  harakatlangan.  Umurtqali 
hayvonlarning  dastlabki  vakillari  –  qalqondor  baliqlar  paydo  bo‘lgan,  ularda 
jag‘  bo‘lmagan.  Qalqondorlar  hozirgi  davrda  yashayotgan  to‘garakog‘izlilar, 
minogalar  va  miksinalarning  uzoq  ajdodi  hisoblanadi.
Ordovik  davrida  dengizlar  sathi  ortib,  unda  yashil,  qo‘ng‘ir,  qizil 
suvo‘tlari,  boshoyoqli,  qorinoyoqli  molluskalarning  xilma-xilligi  ortadi. 
Korall  rifl arining  hosil  bo‘lishi  avj  oladi.  Bulutlar  hamda  ba’zi  ikki  pallali 
molluskalarning  turli-tumanligi  kamayadi.
Silur  davrida  tog‘  hosil  bo‘lish  jarayonlari  kuchayib,  quruqlik  sathi 
ortadi.  Iqlim  nisbatan  quruq  bo‘lgan.  Qirg‘oq  yaqinidagi  suvlarda  tarqalgan 
ko‘p  hujayrali  yashil  suvo‘tlarining  ba’zilari  yashash  uchun  kurash,  tabiiy 
tanlanish  tufayli  quruqlikka  chiqishga  muvaff aq  bo‘lgan.  Tuproq  dastlabki 
quruqlikdagi  o‘simliklar  psilofi tlarning  tarqalishiga  imkon  bergan.  Tuproqda 
organik  birikmalarning  to‘planishi  keyinchalik  zamburug‘lar  paydo  bo‘lishi 
uchun  imkon  yaratgan.  Boshoyoqli  molluskalar  nihoyatda  ko‘paygan.  Silur 
davrida atmosfera havosi bilan nafas oladigan dastlabki quruqlikda yashovchi 
bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda kuchli vulqonli jarayonlar 
ro‘y  bergan.  Iqlim  iliq  bo‘lgan.  Zarafshon  tog‘  tizmalarida  kavakichli 
hayvonlar  bilan  past  bo‘yli  psilofi tlarning  toshga  tushgan  tasviri  topilgan.


226
227
Devon  davrida  dengizlar  sathi  kamayib,  quruqlik  ortishi,  yanada  davom 
etgan.  Iqlim  mo‘tadil  bo‘lgan.  Quruqlikning  ko‘pgina  qismi  dasht,  yarim 
dashtga  aylangan.  Dengizlarda  tog‘ayli  baliqlar  rivojlanib,  «qalqondor» 
baliqlarning  yashash  uchun  kurashda  kamaya  borishi  ro‘y  bergan.  So‘ngra 
suyakli  baliqlar  kelib  chiqqan.  Sayoz  havzalarda  ikki  yoqlama  nafas  oluvchi 
baliqlar,  panjaqanotli  baliqlar  rivojlangan.  Bu  davrda  baland  bo‘lib  o‘suvchi 
qirqquloqlar,  qirqbo‘g‘imlar,  plaunlardan  dastlabki  o‘rmonlar  hosil  bo‘lgan. 
Bo‘g‘imoyoqli hayvonlarning ayrim guruhlari havo bilan nafas olishga o‘tishi 
tufayli  ko‘poyoqlilar  va  dastlabki  hasharotlar  rivojlangan.
Devon davrining o‘rtalariga kelib suv hamda quruqlikda yashovchilarning 
dastlabki  turlari  vujudga  kelgan.
Toshko‘mir  davrida  iqlim  nam,  havoda  karbonat  angidrid  ko‘p  bo‘lgan. 
Quruqlikdagi pasttekisliklarda botqoqli yerlar ko‘p uchragan. Ularda balandligi 
40  m  ga  yetadigan  qirqquloqlar,  qirqbo‘g‘imlar,  plaunlar  o‘sgan.  Bulardan 
tashqari ochiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘lgan. Daraxtsimon o‘simliklarning 
yoppasiga  halok  bo‘lishi  o‘sha  joylarda  keyinchalik  ko‘mir  qatlami  hosil 
bo‘lishiga  olib  kelgan.  Suv  hamda  quruqlikda  yashovchilarning  dastlabki 
vakillari  hisoblangan  stegotsefallar  nihoyatda  ko‘p  va  xilma-xil  bo‘lgan. 
Uchuvchi  hasharot  –  suvaraklar,  ninachilar  rivojlangan.
Perm davrining boshlariga kelib iqlim bir muncha quruq va sovuq bo‘lgan. 
Bunday  sharoitda  suvda  hamda  quruqlikda  yashovchilarning  anchagina 
qismi  qirilib  ketgan.  Yashash  uchun  kurash,  tabiiy  tanlanish  suvda  hamda 
quruqlikda  yashovchilarning  ma’lum  guruhining  o‘zgarishiga  sabab  bo‘lgan. 
Keyin  ulardan  sudralib  yuruvchilar  sinfi ning  vakillari  kelib  chiqqan.

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish