89. Qondagi qand miqdorini qo‘shimcha qand berganda o‘zgarishini kuzatish.
Ovqat bilan uglevodlar iste'mol qilish qondagi glyukoza miqdorini oshiradi - " alimentar giperglikemiya " . Qondagi glyukoza miqdori ovqatdan so'ng 10-15 daqiqa o'tgach orta boshlaydi , bir soatdan keyin esa odatda 8,9 9,9 mmol / l ga etadi ; keyin ( 2-2,5 soatdan so'ng ) birlamchi ko'rsatkichlarga qaytadi yoki biroz pasayishi ham mumkin . Qisqa vaqtli jismoniy zo'riqish qondagi glyuko miqdorini oshiradi , uzoq vaqt davomida jismoniy zo'riqish esa - kamaytiradi.
Qonda va siydikda glyukoza miqdorini aniqlash me'yoriy ko'rsatkich lardan katta katta og g'ish bermasa , uglevod almashinuvini o'zgarishi bilan bog'liq kasalliklar tashxisida , glyukozaga tolerantlik testini o'tkazishadi . Bir marotabalik zo`riqish bilan sinama - nonushtadan oldin hamda 100 g uglevod qiymatiga teng nonushta qabul qilingandan so'ng 2 soat o't gach glyukoza miqdorini aniqlashga asoslangan . Uglevodlarning ushbu miq dori iste'mol qilingandan so'ng 2 soat o'tgach , qondagi glyukoza miqdori 6,7 mmol / l dan kam bo'lishi kerak . Aks xolda qandli diabetga tashxis qo'yishga asos bor .
Qondagi glyukoza miqdorini vaqtdagi ko'tarilishi va pasayishini aks et tiruvchi glikemik egri chiziqni izohlash uchun turli koeffitsientlarni hisoblab chiqish tavsiya qilingan . Bouenning glikemik koeffitsienti qondagi glyukoza ning eng yuqori ko'rsatkichini , glyukozaning nahordagi qonda bo'ladigan miqdori ko'rsatkichi nisbatiga teng ( KB / A , bunda V- qondagi glyukoza ning maksimal miqdori , A - glyukozaning birlamchi ko`rsatkichi , K - Bouen koeffitsienti , normada u 1,3-1,5 ga teng ) . Rafalskiyning postglikemik koeffi tsienti - bu glyukozaning uglevodli zo'riqishdan 2 soat o'tgandan keyin qon dagi miqdorini , uning nahorgi xolatda aniqlangan qondagi miqdoriga bo'lini shidan olingan son . Sog'lom odamlarda Rafalskiyning postglikemik koeffitsi enti 0,9-1,04 ga teng . Qandli diabetda , gipofizning oldingi bo'lagi , qalqonsimon bez , buyrak usti bezining po'stloq va mag'iz qismlari faoliyati ortganda , markaziy nerv ti zimi shikastlanganda va vegetativ nerv tizimi faoliyati buzilganda , infeksion va yallig'lanishli kasalliklarda , toksikoz xolatlarida ( xomiladorlarda ) , pankre atit va boshqalarda glikemik egrilik baland ' tarilib , birlamchi ko'rsatkich larga sekin qaytishi kuzatiladi . Subklinik , asimptomatik kechuvchi potenuial , latent qandli diabet holat larida qonda glyukoza darajasi odatda fiziologik tebranishlar chegaralaridan chiqmaydi , ammo psixik yoki jismoniy travma , intoksikatsiyalar , homilador lik va h.q. lar ta'sirida oshishi mumkin . Hozirgi kunda glyukozaga tolerantlik testi ( qandli yuklama ) , qondagi glyukoza miqdori 6,0 mmol / l ga teng bo'lgan bemorlarda ko'llash mumkin emasligi aniqlangan , u xar doim xam bemorlar uchun xavfsiz emas . Shuning uchun ularda turgun giperglikemiya xaqida dalolat beruvchi glikozlangan ge moglobinni NbA₁ . hamda glikozalangan albumin - fruktozamin miqdorini aniqlash qulayroq . Glikozlangan gemoglobin glyukoza qoldiqlarini ferment ishtirokisiz ge moglobinning oqsil qismiga birikib ( lizin aminoguruhi bo'yicha ) , ketamin mahsuloti hosil bo'lishi bilan yuzaga keladi . U turg'un qaytarilayotgan giper glikemiya haqida dalolat beradi . Normada sog'lom odamlar qon plazmasida glikozlangan oqsillarning foizi albuminlar uchun 2 % ga yaqin va gamma - globulinlar uchun 5 % ni tashkil qiladi . Glikozlangan gemoglobinning yashash davri 10-12 haftani , fruktoza minniki à 2-3 haftani tashkil qiladi . Normada eritrotsitlarda glikozlangan gemoglobinning konsentratsiyasi 5,7 % dan kamroq . Agar 5,7-9 % bo'lsa kompensatsiyalangan diabet , agar 9 % dan yuqori bo'lsa kompensatsiyalanma gan diabet tashxisi qo'yiladi . Fruktozaminning 285 gacha miqdori normal , 285-450 mkmol / l- yashirin diabet , 450 mkmol / l dan yuqori bo'lsa - kom pensatsiyalanmagan diabet hisoblanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |